Andijon davlat texnika instituti
10,745
Talabalar
6
Xorijiy talabalar
502
O'qituvchilar
5
Fakultetlar
18
Kafedralar
2025
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Andijon davlat texnika instituti - Andijon viloyatida joylashgan oliy oʻquv yurtlaridan biri. Institut 1976 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. Institut mustaqil institut sifatida 1992 yildan buyon (dastlab Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti nomi, keyinchalik boshqa nomlar bilan) faoliyat yuritib kelmoqda.
- Oliy oʻquv yurti 1976 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 iyundagi farmoni bilan Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti etib qayta tashkil etilgan.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi 217-son farmoniga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Andijon filiali negizida Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti tashkil etilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi 211-son "O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori bilan havola, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti hamda Andijon eksperimental o‘quv-ishlab chiqarish markazi negizida Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi "Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi № PP-1533-son Qarori (havola) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-iyuldagi "Andijon муҳандислик-иқтисодиёт институтини Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish to‘g‘risida"gi qarori (havola 1, havola 2) asosida Andijon муҳандислик-иқтисодиёт институти Andijon mashinasozlik institutiga aylantirildi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi «Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PP-396-sonli qarori bilan (havolag) Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etildi.
2025 yilga kelib institutda 33 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi.
Institutda ta’lim jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 30 iyundagi 357-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan 2020/2021 o‘quv yilidan kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan.
Institutning rasmiy manzili: 170019, O‘zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahri, Bobura shoh ko‘chasi, 56-uy.
E-mail: info@astiedu.uz
Xorijiy talabalar uchun
Andijon davlat texnika institutida chet ellik talabalar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Institut quyidagi imkoniyatlarni taklif etadi:
Talabalar turar joyi: Chet ellik talabalar uchun qulay va zamonaviy yotoqxonalar mavjud bo'lib, ular talabalarning xavfsiz va qulay yashashlarini ta'minlaydi.
Ta'lim dasturlari: Turli tillarda, jumladan, ingliz tilida o'qitiladigan kurslar va dasturlar mavjud bo'lib, chet ellik talabalarning o'qishini qulay qiladi.
Moslashuv dasturlari: Institut chet ellik talabalar uchun moslashuv dasturlarini taklif etadi, bunda til kurslari, madaniyat va urf-odatlar bilan tanishtiruvchi mashg'ulotlar mavjud.
Qo'llab-quvvatlash xizmatlari: Talabalar uchun akademik va psixologik yordam ko'rsatish xizmatlari mavjud bo'lib, ular yangi muhitga moslashishda yordam beradi.
Kutubxona va resurs markazlari: Institutda zamonaviy kutubxonalar va o'quv resurslari markazlari mavjud bo'lib, talabalar o'z o'qish jarayonlarini qulay tarzda davom ettirishlari mumkin.
Texnologik imkoniyatlar: Internetga ulanish, kompyuter xonalari va boshqa texnologik imkoniyatlar chet ellik talabalar uchun ochiq.
Madaniy va ijtimoiy tadbirlar: Institut turli xalqaro festival va madaniy tadbirlarni o'tkazadi, bu esa talabalarga yangi do'stlar topish va madaniy almashinuvni kuchaytirishga yordam beradi.
Sport va sog'liqni saqlash imkoniyatlari: Talabalar uchun sport zallari, fitnes markazlari va sog'liqni saqlash muassasalari mavjud.
Andijon davlat texnika institutida chet ellik talabalar uchun yaratilgan bu sharoitlar ularning akademik va ijtimoiy hayotini yanada boyitishga yo'naltirilgan.
Xalqaro hamkorlik
Andijon davlat texnika instituti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratadi. Institut dunyoning bir qator yetakchi ta'lim muassasalari, sanoat tashkilotlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi. Xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan asosiy faoliyatlar quyidagilardan iborat:
Xalqaro ta'lim dasturlari: Institutda chet el universitetlari bilan hamkorlikda ta'lim dasturlari ishlab chiqiladi. O'qitish tilida ingliz, rus va boshqa tillar qo'llaniladi, shuningdek, chet ellik talabalar uchun bir qator o'quv kurslari taklif etiladi.
Ikki tomonlama almashinuv dasturlari: Andijon davlat texnika instituti, xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan ikki tomonlama almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Bu dasturlar talabalar va o'qituvchilar uchun qisqa muddatli yoki uzoq muddatli tajriba almashish imkoniyatini yaratadi.
Ilmiy va texnik hamkorlik: Institutning ilmiy va texnik markazlari jahonning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari va texnologik kompaniyalari bilan birga ishlaydi. Bu hamkorlik ilmiy konferensiyalar, seminarlar, va seminarlar tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
O'qituvchilar va talabalarning malakasini oshirish: Institut, xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan malaka oshirish kurslari, o'qituvchilar va talabalar uchun treninglar va seminarlar tashkil qiladi. Bu o'qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish va talabalarni zamonaviy ilmiy va texnologik yutuqlardan xabardor qilishga qaratilgan.
Xalqaro grantlar va loyihalar: Institut xalqaro grantlar va loyiha moliyalashtirish dasturlarida ishtirok etadi. Bu xalqaro ilmiy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash, yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va ilmiy izlanishlar olib borishda muhim rol o'ynaydi.
Kultural almashinuv: Andijon davlat texnika instituti xalqaro madaniyatlar bilan tanishish uchun turli xil madaniy tadbirlar, ko'rgazmalar, xalqaro festival va dasturlarni tashkil etadi. Bu talabalarga va o'qituvchilarga turli madaniyatlar bilan tanishish imkoniyatini beradi va global hamjamiyatda faol ishtirok etishga yordam beradi.
Xalqaro sertifikatlash: Institutda talabalar va mutaxassislar uchun xalqaro sertifikatlar olish imkoniyati mavjud. Bu talabalarning professional malakalarini oshirish va dunyo bo'ylab tan olinishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Andijon davlat texnika instituti xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga va global ta'lim, ilmiy va texnik sohalarda yangi imkoniyatlar yaratishga harakat qilmoqda.
Til kurslari
🌍 INGLIZ TILI KURSLARI
📚 Kelajagingiz sari ishonchli qadam qo‘ying!
Institutimiz tomonidan ingliz tilini o‘rganishni istagan talabalar, bitiruvchilar va barcha qiziquvchilar uchun bepul ingliz tili kurslari tashkil etilmoqda.
Kurs davomida:
✅ Zamonaviy o‘qitish metodikasi;
✅ Tajribali professor-o‘qituvchilar;
✅ Grammatika, Speaking, Listening, Reading va Writing ko‘nikmalarini rivojlantirish;
✅ Kichik guruhlarda samarali mashg‘ulotlar;
✅ Individual yondashuv;
✅ Til darajasini oshirish va xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik.
📅 Dars jadvali
1. Qurilish muhandisligi va elektroenergetika fakulteti
📅 Dushanba, Chorshanba
🕑 Soat 14:00
👩🏫 Mirzaabdullayeva Maxliyoxon
📞 +998 91 482-87-29
2. Mexanika va kimyo muhandisligi fakulteti
📅 Seshanba, Payshanba
🕑 Soat 14:00
👩🏫 Maqsudova Xolisxon
📞 +998 91 460-61-04
3. Avtomobilsozlik va transport fakulteti
📅 Chorshanba, Juma
🕑 Soat 14:00
👩🏫 Mamatkodirova Gulnigor
📞 +998 93 435-38-53
4. Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti
📅 Payshanba, Shanba
🕛 Soat 12:00
👩🏫 Urunova Shaxlo
📞 +998 99 117-45-19
5. Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti
📅 Dushanba, Juma
🕑 Soat 14:00
👩🏫 Nizamova Umida
📞 +998 98 897-11-07
🎁 Kurslar mutlaqo bepul!
📍 Ingliz tilini puxta o‘rganish va bilimlaringizni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun jadvalda ko‘rsatilgan professor-o‘qituvchilarga murojaat qilishingiz mumkin.
✨ Bugun ingliz tilini o‘rganishni boshlang — ertaga dunyo bilan erkin muloqot qiling!
Talabalar uchun imkoniyatlar
Test
Fakultetlar
Avtomobilsozlik va transport fakulteti zamonaviy avtomobil sanoati, transport tizimlari va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida yuqori malakali muhandis va mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar asosida avtomobilsozlik, transport logistikasi, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish sohalarida chuqur bilim va ko‘nikmalar berishni maqsad qilgan.
Fakultet tarkibida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi:
1 Dizayn
2 Yo‘l harakatini tashkil etish
3 Logistika
4 Transport vositalari muhandisligi
5 Avtomobilsozlik va traktorsozlik
6 Energiya mashinasozligi
7 Transport logistikasi
8 Avtomobil servisi
Talabalarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter sinflari va maxsus texnik baza yaratilgan. Fakultet respublika va xalqaro miqyosdagi sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi.
Fakultet bitiruvchilari avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar, transport kompaniyalari, xizmat ko‘rsatish markazlari, muhandislik byurolari va boshqa ko‘plab sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin.
Yengil sanoat va kimyo muhandisligi fakulteti to‘qimachilik, tikuvchilik, charm-poyabzal ishlab chiqarishi, oziq-ovqat texnologiyalari, kimyo texnologiyasi va ekologik muhandislik kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet zamonaviy ilmiy-texnik yondashuvlar asosida talabalarni innovatsion ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik uskunalarni loyihalash, mahsulot sifatini nazorat qilish va sanoat muhitida ekologik xavfsizlikni ta'minlash sohalarida bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassis sifatida shakllantiradi. Fakultetda zamonaviy laboratoriyalar, texnologik uskunalar, tajriba sexlari va interaktiv sinflar mavjud bo‘lib, talabalar amaliyotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish sharoitlariga yaqin muhitda bajarish imkoniyatiga ega. Bitiruvchilar yengil sanoat korxonalari, oziq-ovqat ishlab chiqarish kompaniyalari, ekologik muhandislik tashkilotlari, kimyo sanoati zavodlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida samarali faoliyat olib borishmoqda.
Elektr va energetika fakulteti zamonaviy sanoat, energetika tizimlari hamda raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Fakultetda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar beriladi.
Fakultet tarkibida quyidagi yo‘nalishlar faoliyat yuritadi:
1.Elektr energetikasi
2.Elektr muhandisligi
3.Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari
4.Energetika muhandisligi
5.Muqobil energiya manbalari
6.Gidroenergetika
7.Energiya tejamkorligi va energoaudit
Fakultetda tajribali professor-o‘qituvchilar dars berishadi, talabalar esa zamonaviy laboratoriyalar va simulyatsion dasturlar yordamida amaliy ko‘nikmalarni egallashadi. Bitiruvchilar sanoat korxonalari, elektr stansiyalari, energiya tizimlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega.
Fakultet tarkibida 2 ta ya’ni "Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish" va "Axborot texnologiyalari" kafedralari faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda fakultetda talabalar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olmoqdalar.
1.Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish yo‘nalishi
2.Intellektual muhandislik tizimlari yo‘nalishi
3.Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi
4.Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi
5.Sun’iy intellekt yo‘nalishi
Qurilish muhandisligi va arxitektura fakulteti zamonaviy qurilish sanoati, arxitektura dizayni, qurilish materiallari ishlab chiqarish, bino va inshootlarni loyihalash, ularning seysmik barqarorligini ta'minlash hamda urbanistik muhitni barpo etish yo‘nalishlarida yuqori malakali muhandis va arxitektor kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultetda zamonaviy ilmiy-texnik asosda ta’lim beriladi. Talabalarga bino va inshootlar konstruksiyasi, qurilish texnologiyalari, arxitektura loyihalash, landshaft dizayni, shaharsozlik, qurilish muhandisligining ekologik, iqtisodiy va texnik jihatlari bo‘yicha chuqur bilimlar beriladi. Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi: 1.Arxitektura yo‘nalishi 2. Yo'l muhandisligi 3. Qurilish muxandisligi: Bino inshoatlari va qurilish yo‘nalishi 4. Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 5.Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi yo‘nalishi 6. Muhandislik komunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi yo‘nalishi 7.Materialshunoslik yo‘nalishi Fakultet tarkibida zamonaviy laboratoriyalar, loyihalash va grafik dizayn studiyalari, kompyuter sinflari va qurilish materiallari sinov markazlari mavjud. Talabalar qurilish obyektlarida amaliyotlar o‘tab, real loyiha jarayonlarida ishtirok etishadi. Fakultet bitiruvchilari qurilish kompaniyalari, arxitektura byurolari, loyiha institutlari, davlat qurilish nazorat tashkilotlari va xususiy sektor korxonalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqdalar.
Ta'lim yo'nalishlari
| Arxitektura 60730100 | Bakalavr |
| Atrof-muhit muhandisligi 60711800 | Bakalavr |
| Atrof-muhit muhandisligi 70711801 | Magistr |
| Axborot tizimlari 70610103 | Magistr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Axborot xavfsizligi 60610200 | Bakalavr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr |
| Barqaror transport 60711900 | Bakalavr |
| Bino va inshootlar arxitekturasi 70730101 | Magistr |
| Biotibbiyot muhandisligi 60711100 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 70410201 | Magistr |
| Dizayn avtomobilsozlik dizayni 60210400 | Bakalavr |
| Elektr muhandisligi 60710500 | Bakalavr |
| Elektr ta’minoti 70710407 | Magistr |
| Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar boʻyicha) 60710700 | Bakalavr |
| Elektronika va asbobsozlik 60710700 | Bakalavr |
| Elektrotexnik majmualar va tizimlar 70710503 | Magistr |
| Energetika muhandisligi. 60710400 | Bakalavr |
| Energiya tejamkorligi va energoaudit 70710410 | Magistr |
| Geodeziya va geoinformatika 60721500 | Bakalavr |
| Gidroenergetika 60710600 | Bakalavr |
| Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi 60730600 | Bakalavr |
| Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish 71040201 | Magistr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 70410102 | Magistr |
| Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha 70310102 | Magistr |
| Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari 70410104 | Magistr |
| Kadastr 60721700 | Bakalavr |
| Kimyo muhandisligi. 70710101 | Bakalavr |
| Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish 60730200 | Bakalavr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr |
| Marketing 60411200 | Bakalavr |
| Mashinasozlik texnologiyasi 70712301 | Magistr |
| Materialshunoslik 60720300 | Bakalavr |
| Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi 70720301 | Magistr |
| Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 | Bakalavr |
| Mehnat muhofazasi va texnika xavsizligi 71020201 | Magistr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Menejment 70410801 | Magistr |
| Metallar texnologiyalari 60711300 | Bakalavr |
| Metallurgiya mashinalari va jihozlari 70711202 | Magistr |
| Metallurgiya muhandisligi 60711200 | Bakalavr |
| Metrologiya va standartlashtirish 60710800 | Bakalavr |
| Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish 70710802 | Magistr |
| Mexanika muhandisligi 60712300 | Bakalavr |
| Mexatronika va robototexnika 60711000 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 | Bakalavr |
| Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi. 60730400 | Bakalavr |
| Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) 70710411 | Magistr |
| Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600 | Bakalavr |
| Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari 70720410 | Magistr |
| Oziq-ovqat texnologiyasi. 60720100 | Bakalavr |
| Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari 70720407 | Magistr |
| Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100 | Bakalavr |
| Qiymat injiniringi va ko‘chmas mulkni boshqarish 60730700 | Bakalavr |
| Qurilish materiallari texnologiyalari 70730308 | Magistr |
| Qurilish muhandisligi 70730301 | Magistr |
| Qurilish muhandisligi 60730300 | Bakalavr |
| Robototexnika 70711002 | Magistr |
| Sanoat menejmenti 60712200 | Bakalavr |
| Sanoat muhandisligi 60712200 | Bakalavr |
| Shahar qurilishi va loyihalash 60731500 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari) 60710900 | Bakalavr |
| Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 70710901 | Magistr |
| Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 | Bakalavr |
| Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo‘llanish sohasi bo‘yicha) 70711801 | Magistr |
| Transport logistikasi 71010402 | Magistr |
| Transport vositalari muhandisligi. 70711401 | Bakalavr Magistr |
| Yengil sanoat muhandisligi 60720700 | Bakalavr |
| Yo‘l harakatini tashkil etish 61040200 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Andijon davlat texnika instituti
Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari
8 968 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Mashinasozlik texnologiyasi
8 968 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo‘llanish sohasi bo‘yicha)
8 968 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
8 968 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
8 968 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
8 968 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Menejment
12 000 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari
12 000 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish
8 968 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Mehnat muhofazasi va texnika xavsizligi
8 968 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Transport logistikasi
9 700 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Qurilish muhandisligi
9 700 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Muzaffarjon Nizamidinov
Aliyev Murod