WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

AFRASIAB UNIVERSITY

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

1,074

Talabalar

4

Xorijiy talabalar

30

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

12

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Afrasiab University 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida akademik mukammallik, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik tamoyillariga asoslangan zamonaviy oliy ta'lim muassasasiga aylandi. Dastlab Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti sifatida tashkil etilgan universitet o‘zining kengayib borayotgan akademik yo‘nalishlari, ta'lim missiyasi va xalqaro hamkorliklarini aks ettirish maqsadida strategik transformatsiyani amalga oshirdi.

Afrasiab University nomiga o‘tish universitetning kengaytirilgan akademik missiyasi, rivojlanib borayotgan xalqaro hamkorliklari hamda global miqyosda faoliyat yurituvchi zamonaviy universitetga aylanish yo‘lidagi uzoq muddatli strategiyasini ifodalaydi. Bugungi kunda universitet 18 ta bakalavriat va 7 ta magistratura ta'lim dasturini taklif etib, nazariy bilimlarni amaliy va kasbiy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtiradi.

Universitet talabalarga yo‘naltirilgan ta'lim muhitini yaratish, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali bitiruvchilarni zamonaviy global jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlaydi. Afrasiab University O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi.

Xorijiy talabalar uchun

Xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida xorijiy talabalar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Institutda chet ellik talabalarni qabul qilish, o‘qishga qabul jarayonlarini tashkil etish, hujjatlarni rasmiylashtirish va moslashuv davrida ko‘maklashish bo‘yicha maxsus xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Talabalar zamonaviy auditoriyalar, axborot-resurs markazi, elektron ta’lim platformalari va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega. Shuningdek, xorijiy talabalarning akademik va ijtimoiy hayotga tez moslashishlari uchun mentorlik tizimi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, madaniy uchrashuvlar hamda turli ilmiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratilgan.

Institut xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, xorijiy talabalar uchun qulay, xavfsiz va sifatli ta’lim muhitini ta’minlashga intiladi. Bu esa talabalarning nafaqat kasbiy bilimlarini, balki xalqaro tajriba va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xalqaro hamkorlik

Hozirgi kunda Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti ko'plab xalqaro universitetlar bilan muvafaqqiyatli shartnomlaar imzolagan. Jumladan Malayziya, AQSH, Xitoy, Indoneziya, Qozog'iston kabi davlatlar bilan aloqalar o'rnatilgan.

Til kurslari

{}

Fakultetlar

Raqamli texnologiyalar kafedrasi — IT va raqamli tizimlarni amaliy va nazariy jihatdan o‘rgatadi.

Natija:

  • IT infratuzilma bilan ishlaydi

  • tizimlarni sozlaydi va qo‘llab-quvvatlaydi

  • real raqamli loyihalarda qatnashadi

Iqtisodiyot va turizm kafedrasi zamonaviy iqtisodiyot, menejment, biznes, turizm va mehmondo‘stlik sohalari uchun raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.

Kafedrada talabalar iqtisodiyot, menejment, marketing, moliya, turizm, mehmondo‘stlik, biznesni boshqarish hamda xizmatlar sohasiga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallaydilar. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalari va amaliy mashg‘ulotlardan keng foydalaniladi.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi jamiyat taraqqiyoti, inson omili va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy asosda o‘rganishga qaratilgan mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutuvchi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.

Kafedrada talabalar tarix, psixologiya, xalqaro munosabatlar, pedagogika, falsafa, siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion o‘qitish usullari va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan integratsiyalashgan yondashuvlardan foydalaniladi.

Pedagogika va tillar kafedrasi ta’lim-tarbiya jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, xorijiy va ona tillarini puxta o‘rgatish hamda raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.

Kafedrada talabalar pedagogika, o‘zbek tili va adabiyoti, ingliz tili, rus tili hamda ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion o‘qitish metodlari, raqamli ta’lim vositalari va interaktiv yondashuvlardan keng foydalaniladi.

Ta'lim yo'nalishlari

Arxitektura 60730100 Bakalavr
Boshlang'ich ta'lim 60110400 Magistr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Dizayn 60210400 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Magistr
Iqtisodiyot 70410102 Magistr
Iqtisodiyot va yo'nalishlari 60410100 Bakalavr
Kadastr 60721700 Bakalavr
Kiberxavfsizlik injiniringi 60612100 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr Magistr
Kompyuter injiniringi 70610301 Magistr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Mehnat huquqi 70420113 Magistr
Menejment 60410800 Bakalavr
O'zbek tili va adabiyoti (magistratura) 70110701 Magistr
O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700 Bakalavr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Sun'iy intellekt 60610500 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr
Tarix 70220301 Magistr
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 Magistr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr
Xalqaro munosabatlar 60310200 Bakalavr
Yurisprudensiya 60420100 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Yusufjanova Aziza

Bakalavriat bosqichi bo‘yicha Prezident va nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari tasdiqlandi! Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti, Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Yusufjanova Aziza Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi. Talabamizni, shuningdek, uning ilmiy rahbari — Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent v.b. Sarsenbaeva Zoya Jangabay qizini universitet rahbariyati nomidan ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.