WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
AFRASIAB UNIVERSITY

Kiberxavfsizlik injiniringi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Kiberxavfsizlik injiniringi ta’lim yo‘nalishi — axborot tizimlari, kompyuter tarmoqlari va raqamli infratuzilmani turli kiberxavflardan himoya qilish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan yo‘nalishdir.

Ushbu yo‘nalishda talabalar axborot xavfsizligi, kompyuter tarmoqlari, kriptografiya, operatsion tizimlar, dasturlash, kiberhujumlarni aniqlash va oldini olish, raqamli kriminalistika hamda xavfsizlik tizimlarini boshqarish fanlarini o‘rganadilar. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarda axborot resurslarini himoya qilish va zamonaviy xavfsizlik yechimlarini ishlab chiqish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Bitiruvchilar davlat va xususiy tashkilotlar, banklar, telekommunikatsiya kompaniyalari, IT korxonalari hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi markazlarda faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar