WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
AFRASIAB UNIVERSITY

Menejment

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Menejment (bakalavriat ta’lim yo‘nalishi) — tashkilotlar va korxonalarni samarali boshqarish, strategik rejalashtirish hamda biznes jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta’lim yo‘nalishidir.

Ushbu yo‘nalishda talabalar menejment nazariyasi, marketing, iqtisodiyot, moliya, inson resurslarini boshqarish, loyiha boshqaruvi, tadbirkorlik asoslari va biznes tahlili fanlarini o‘rganadilar. Ta’lim jarayonida talabalarda rahbarlik, jamoa bilan ishlash, qaror qabul qilish va tashkilot faoliyatini samarali boshqarish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarda zamonaviy boshqaruv texnologiyalaridan foydalanish, biznes jarayonlarini tahlil qilish va tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish kompetensiyalari rivojlantiriladi.

Bitiruvchilar davlat va xususiy korxonalar, banklar, moliya tashkilotlari, xalqaro kompaniyalar, ta’lim muassasalari hamda tadbirkorlik subyektlarida faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar