WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
AFRASIAB UNIVERSITY

Sun'iy intellekt

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Sun’iy intellekt ta’lim yo‘nalishi — aqlli tizimlar, mashinali o‘qitish, ma’lumotlarni tahlil qilish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan yo‘nalishdir.

Ushbu yo‘nalishda talabalar dasturlash, ma’lumotlar bazasi, sun’iy intellekt algoritmlari, mashinali o‘qitish (Machine Learning), chuqur o‘rganish (Deep Learning), kompyuter ko‘rishi, tabiiy tilni qayta ishlash va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish fanlarini o‘rganadilar. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy loyihalar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarda aqlli dasturiy tizimlarni yaratish va joriy etish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Bitiruvchilar IT kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, banklar, telekommunikatsiya tashkilotlari, sanoat korxonalari hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan turli tashkilotlarda faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar