Termiz shahri
Surxondaryo viloyati
182,801
Aholi
6
Universitetlar
4
Muzeylar
5
Kutubxonalar
1
Aeroportlar
1
Temir yo'l vokzallari
O'zbekistonning eng Janubiy shahrida ko'plab noyob yodgorliklar va qiziqarli joylar saqlanib qolgan. Termiz shahrida, albatta, tashrif buyuring:
Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan maʼlumotlar Termizning Sharqdagi qad. shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga molik joyda boʻlganligi, sharqni gʻarb, jan.ni shimol bilan bogʻlovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yoʻlining muhim bir tarmogʻi ham Termiz orqali oʻtgan.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻxna Termizning qalʼa qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga mil. av. 1ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. T. Sugʻdiyona, Xorazm, Margʻiyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy boʻlgan.
Mil. av. 4-3-asrlarda 10 ga maydonni egallagan Termizning qad. qalʼasi oʻrnida aholi manzili boʻlgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi „Taramastxa“ (baqtriycha „narigi sohildagi manzil“) soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), 10-asrdan Termiz deb atala boshlagan.
Termiz mil. av. 3-2-asrlarga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga koʻra bu davrlarda shaharda meʼmorlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi.
Termizda 6 ta OTM, akademik litsey, 2 ta musiqa maktabi, fizika-matematika fanlariga ixtisoslashgan maktab-internat bor. Shaharda 21 ta umumiy taʼlim maktablari va bir qancha bolalar bogʻchalari faoliyat yuritadi.
Oʻquvchilar saroyi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Hakim at Termiziy meʼmoriy majmuasidagi „Meros“ tarmoq muzeyi bor. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning loyihasi va tashabbusi bilan Termizning 2500-yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. Hayvonot bogʻi bor.
Universitetlar
Termiz davlat universiteti
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
Termiz davlat pedagogika instituti