Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
7,988
Talabalar
15
Xorijiy talabalar
330
O'qituvchilar
4
Fakultetlar
16
Kafedralar
2020
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) — O‘zbekistonning janubiy hududida joylashgan zamonaviy va jadal rivojlanayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, respublikada tadbirkorlik yo‘nalishidagi ilk institutlardan biri hisoblanadi. Muassasa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4681-son qarori asosida tashkil etilgan. Bugungi kunda DTPI o‘zining kengayib borayotgan infratuzilmasi, yuqori ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlik aloqalari bilan ajralib turadi.
Institut tarkibida 4 ta fakultet va 16 ta kafedra faoliyat yuritadi. Unda 32 ta bakalavriat yo‘nalishi va 16 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 7 988 nafar talaba tahsil olmoqda. Professor-o‘qituvchilar tarkibi 330 nafarni tashkil etib, ulardan 10 nafari fan doktori (DSc), 104 nafari falsafa doktori (PhD) bo‘lib, umumiy ilmiy salohiyat 35 foizni tashkil etadi.
DTPI o‘zining nashriyot bazasiga ega bo‘lib, har yili 100 ga yaqin ilmiy va o‘quv-metodik nashrlar chop etiladi. Institut tomonidan “Tadbirkorlik va pedagogika” ilmiy-uslubiy jurnali (2023) nashr etilmoqda.
Talabalarning zamonaviy ilm olishi, intellektual va jismoniy rivojlanishi, ilmiy tadqiqot faoliyati bilan muntazam ravishda shug‘ullanib borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish borasida institutda izchil ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2023-yilda davlat investitsiya dasturi doirasida 1 200 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi, 750 o‘rinli talabalar turar joyi va barcha zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Raqamli iqtisodiyot markazi hamda zamonaviy Axborot-resurs markazi binosi foydalanishga topshirildi. 2025-yilda esa “Karera markazi” binosidan iborat yangi o‘quv kompusi qurib bitkazilib, talabalar va bitiruvchilarning kasbiy yo‘nalishlarini belgilashda, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda va ishga joylashish jarayonlarida ko‘mak beruvchi zamonaviy markaz faoliyat boshladi. Mazkur barcha inshootlar talabalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
2026-yil yanvar oyida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Umumiy fizika va qurilish muhandisligi kafedrasi huzurida "Fizik jarayonlarni modellashtirish" ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriya zamonaviy hisoblash texnologiyalari asosida fizik jarayonlarni modellashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan. Laboratoriya uchun umumiy qiymati taxminan 230 million so‘mlik yuqori unumdor kompyuter texnikalari xarid qilinib, zamonaviy ilmiy infratuzilma yaratildi. Natijada murakkab matematik modellarni yaratish va katta hajmdagi ilmiy ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
Axborot-resurs markazi (ARM) yangi binosida 350 o‘rinli o‘quv zali mavjud bo‘lib, ulardan 105 tasi zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan. ARM fondi 36 954 nomdagi bosma nashrlarni o‘z ichiga oladi (14 725 nusxa). Shuningdek, fondda 98 779 nomdagi elektron va 910 nomdagi audio resurslar saqlanmoqda. O‘quv adabiyotlarining 100 foizi elektron shaklga o‘tkazilgan va platformaga joylashtirilgan. Foydalanuvchilarga https://library.dtpi.uz/ sayti hamda @dtpiarm4242 Telegram kanallari orqali masofaviy xizmat ko‘rsatilmoqda. Institut, shuningdek, “Yagona elektron kutubxona” platformasiga (http://unilibrary.uz) ulangan bo‘lib, unda 552 759 nomdagi elektron resurslar, jumladan 89 950 ta maqola, 83 089 ta dissertatsiya va 25 457 ta monografiya mavjud.
Institut xalqaro hamkorlik sohasida ham faol. DTPI Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston, AQSh, Janubiy Koreya, Hindiston, Belarus, Indoneziya, Qirg‘iziston va Xitoy kabi davlatlarning 50 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan aloqalar o‘rnatgan. Xususan, Rossiyaning Adigey, Oltoy, Novosibirsk, Tomsk, Qozon federal va boshqa yetakchi universitetlari, Tojikistonning milliy va sohaviy universitetlari, Turkiyaning Anadolu, Hacettepe, Istanbul texnika universiteti, AQShning Kaliforniya shtat universiteti (San-Bernardino), Janubiy Koreyaning Hanshin va Jungwon universitetlari, Hindistonning Indira Gandi qishloq xo‘jaligi universiteti, Belarus davlat va Brest universitetlari, Xitoyning Pekin grafika kommunikatsiyasi instituti bilan hamkorlik qiladi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zining zamonaviy moddiy-texnik bazasi, yetuk professor-o‘qituvchilar salohiyati, raqamli resurslarga boy kutubxonasi va xalqaro aloqalari orqali O‘zbekistonning janubiy mintaqasidagi ta’lim va tadbirkorlik markaziga aylanib bormoqda. Institut nafaqat pedagogik va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha, balki ko‘plab fan sohalarida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan
Xorijiy talabalar uchun
Hozirgi kunda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida turli millat vakillari ta’lim olib kelmoqda. Jumladan, Afg‘oniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar shular jumlasidandir. Ushbu xorijiy talabalar uchun universitetda ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bularga:
1. Barcha sharoitlarga ega yotoqxonalar;
2. Internet tarmog‘i;
3. Kutubxona;
4. Sport zallari;
5. Talabalar uchun barcha sharoitlarga ega oshxonalar;
6. Talabalarni dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish uchun har hafta shanba va yakshanba kunlari turli xil madaniy tadbirlar;
7. Xorijiy til kurslari;
8. Talabalar duch keladigan turli xil qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun universitet tomonidan alohida tyutor va professor-o‘qituvchilar biriktirilgan.
9. Bitiruvchilarni O‘zbekistonda ish bilan ta’minlash yoki keyingi ta’limga tayyorgarlik ko‘rish yoki kirish uchun universitet tomonidan amaliy yordam berish ham yo‘lga qo‘yilgan.
VIZA OLISH TARTIBI
|
Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
|
O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
Xalqaro hamkorlik
|
Universitet |
Veb sahifa |
Mamlakat |
Logotip |
|
Tojikiston milliy universiteti |
|
Tojikiston |
|
|
Tojikiston xalqaro turizm, tadbirkorlik va servis universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
Sadriddin Ayniy nomli Tojikiston davlat pedagogika universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
Dang`ara davlat universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
Nosir Xusrav nomidagi Boxtar davlat universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Dushanbe filiali |
Tojikiston |
|
|
|
Beijing grafika va aloqa universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
Minsk davlat lingvistika universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
Ulyanovsk davlat texnika universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
M. Osimiy nomidagi Tojikiston davlat texnika universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
Tojikiston davlat moliya-iqtisod universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
Sakarya universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Anadolu universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Isparta tabiiy fanlar universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Kayseri universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Barten universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Ege universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Ege universiteti, tabiiy va amaliy fanlar aspiranturasi |
Turkiya |
|
|
|
A.S. Pushkin nomidagi Brest davlat universiteti |
Belorussiya |
|
|
|
A. S. Pushkin nomidagi rus tili davlat universiteti |
https://www.pushkin.institute/ |
Rossiya |
|
|
Qozon federal universiteti |
https://kpfu.ru/ |
Rossiya |
|
|
Oltoy davlat pedagogika universiteti |
Rossiya |
|
|
|
Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
Youngsan universiteti |
Koreya |
|
|
|
Jungvon universiteti |
Koreya |
|
|
|
Hanshin universiteti |
Koreya |
|
|
|
Kelkar Education Trust ilmiy tadqiqot markazi |
Hindiston |
|
|
|
Batken davlat universiteti |
Qirg`iziston |
|
|
|
L. N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti |
Qozog`iston |
|
|
|
Olmota menejment universiteti |
Qozog`iston |
|
|
|
S. Amanjolov nomidagi Sharqiy Qozog`iston universiteti |
Qozog`iston |
|
|
|
Shadrinsk davlat pedagogika universiteti |
Rossiya |
|
|
|
Chexiyaning Yevropa tabiiy fanlar va boshqaruv universiteti |
https://bestschool.cz/cheshskij-universitet-estestvennyh-nauk/ |
Chexiya |
|
|
N. A. Dobrolyubova nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universiteti |
Rossiya |
|
|
|
Rossiya-tojik slavyan universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
Adigey davlat universiteti |
Rossiya |
|
Til kurslari
- GB Ingliz tili
- RU Rus tili chet tili sifatida
- UZ Oʻzbek tili
- TR Turk tili
- DE Nemis tili
Talabalar uchun imkoniyatlar
dfgdfg
Fakultetlar
Filologiya fakulteti muassasa tashkil etilgan 2020 yilda dastlab ijtimoiy-iqtisodiy fakultet sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Talabalar kontingenti hamda ta’lim yo‘nalishlari soni ortishi munosabati bilan 2022 yildan filologiya fakulteti sifatida qayta tashkil etilgan. Fakultetning ilk dekani Z.H.Raxmatullayev hisoblanadi.
2023/2024-o‘quv yilida fakultetda 3 ta ta’lim yo‘nalishi (“Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili”, “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili”, “O‘zga tilli guruhlarda rus tili”) va 3 ta mutaxassislik bo‘yicha 1500 nafar talabalar tahsil olmoqda.
FAKULTET KAFEDRALARI
- O‘zbek tili va adabiyoti
- Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar
- Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar
- Rus tili va adabiyoti
BAKALAVRIAT MUTAXASISLIKLARI
- 60111700-O‘zga tilli guruhlarda rus tili
- 60111800-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
- 60220100-Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
MAGISTRARTURA MUTAXASISLIKLARI
- 70111401-Oʻzbek tili va adabiyoti
- 70111501-Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
- 70111801-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
PROFESSOR-O‘QITUVChILAR TARKIBI
Fakultetda 75 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ulardan:
- 3 nafari fan doktori (DcS), professor;
- 5 nafari falsafa doktori (PhD), dotsent;
- 7 nafari katta o‘qituvchi;
- 12 nafari doktorant (PhD);
- 15 nafari mustaqil izlanuvchi;
- 33 nafari assistent hisoblanadi.
2023/2024-o‘quv yilida ilmiy salohiyat 20%ni tashkil etdi.
Ushbu o‘quv yilida 3 nafar professor-o‘qituvchi (PhD) himoya qildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan 2023/2024- o‘quv yilida:
- 1 ta darslik
- 3 ta o‘quv qo‘llanma
- 3 ta monografiya
- Xorijiy ilmiy jurnallarda 17 ta maqola
- DTPI ilmiy jurnalida 15 ta maqola
nashr qilindi.
Fakultetda 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 1300 nafar talabalar tahsil olmoqda. Ulardan Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari–2 nafar, Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari–4 nafar, viloyat hokimi stipendiyasi stipendiatlari–5 nafar, “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchisi–1 nafar, boks bo‘yicha Respublika turnirlari g’olibi–1 nafar, karate bo‘yicha Respublika va xalqaro turnirlar g’olibi–1 nafarni tashkil etadi.
Fakultet va fakultet kafedralari tomonidan TOP-1000 tarkibidagi nufuzli xalqaro OTMlar, jumladan, Oltoy davlat universiteti, Minsk davlat universiteti, Qozon federal universiteti, shuningdek, Adigey davlat universiteti, Nijegorod lingvistika instituti, Tojik-slavyan universiteti, Tojikiston Milliy universiteti, Batken davlat universiteti kabi xorijiy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik natijasi o‘laroq, yuqorida qayd etilgan OTMlarning yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilari tomonidan (L.L.Burkova, R.D.Salimov, T.V.Taburova, N.S.Azimova va b.) mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida mahorat darslari doimiy o‘tkazib kelinmoqda.
Fakultet ilmiy salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2024-yilda 14 nafar mustaqil izlanuvchi o‘z ilmiy faoliyatini boshladi. Yil yakuniga qadar 2 ta falsafa doktorligi dissertatsiyasini himoya qilish rejalashtirilgan.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Besh tashabbus” doirasida ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari munatazam tashkil qilinadi, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tarixiy qadamjo va maskanlarga doimiy tashriflar uyushtiriladi.
Fakultet 2020 yili Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibida tashkil etilgan. Shu yili Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetiga “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” , Bank ishi, Buxgalteriya hisobi va audit(tarmoqlar bo’yicha), Moliya va molyaviy texnologiyalar, Biznesni boshqarish(tarmoqlar bo‘yicha), Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marta kunduzgi bo‘limga talabalar qabul qilingan.Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Denov tumani “Totuvlik” mahallasi Gulira’no ko‘chasi 1-A uyda joylashgan . Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetining birinchi dekani sifatida 2020-2023 yillarda t.f.n. dots.Iraliyev Baymurza Xolmirzayevich faoliyat olib borgan.
2023-yili yanvar oyidan boshlab Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti yangi loyiha asosida barpo etilgan Gulira’no ko‘chasi 1-A uydagi joylashgan zamonaviy va qulay o‘quv xonalari, laboratoriyalarga ega bo‘lgan ko‘rkam binoda faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetiga falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) Toshboboyev Maksud Jalilovich fakultet dekani lavozimida, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari: Xurramov Xolbek Xurramovich, Oqboyev Shavkat Mamarajabovich, Jabborov Anvar Egamberdiyevich, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ibragimov Abdulla Abdurayimovich faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari fakultetda kasaba uyushma qo’mitasi, fakultet xotin-qizlar maslahati kengashi tashkil qilingan.
FAKULTETDA QUYIDAGI KAFEDRALAR MAVJUD
- Raqamli iqtisodiyot
- Moliya va bank ishi
- Axborot texnologiyalari
- Tarix va falsafa
BAKALAVRIAT TA'LIM YO‘NALISHLARI
- 60310100 – Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- 60411300 – Biznesni boshqarish(tarmoqlar bo’yicha)
- 60410100 – Bugalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
- 60410400 –Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- 60410500 –Bank ishi va audit
- 61010400 –Turizm(faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)
- 60610500– Kompyuter injiniringi
- 60110600–Matematika va informatika
- 60220300–Tarix(mamlakatlar va yo’nalishlar bo’yicha)
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
- 70411302 – Biznesni boshqarish(MBA)
- 70310102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- 70220301 – Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)
PROFESSOR-O'QITUVCHILAR TARKIBI
Fakultetda 122 nafar professor-o‘qituvchi mehnat qilmoqda. Ulardan:
- 2 nafar professor
- 11 nafar fan nomzodi
- 15 nafar falsafa doktori (PhD)
- 6 nafar dotsenti
- 11 nafar katta o‘qituvchi
- 40 nafar assistent
- 17 nafar doktorant (PhD)
- 20 nafar mustaqil izlanuvchi
faoliyat yuritmoqda hamda fakultetning ilmiy salohiyati 22.91 % ni tashkil etadi. 2022-2023 yil davomida fakultetda: 1 nafar professor-o‘qituvchi (DSc) himoya, 7 nafar professor-o‘qituvchi (PhD) himoya qildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan 2022- 2023 o‘quv yilida:
- 5 ta darslik
- 14 ta o‘quv qo‘llanma
- 11 ta monografiya
- Xorijiy ilmiy jurnallarda 60 ta maqola
- DTPI ilmiy jurnalida 13 ta maqola
- Boshqa jurnallarda 102 ta maqola
- Ilmiy konferensiyalarda 162 ta
maqola nashr etildi va 6 ta patent, 78 ta DGU olindi.
Fakultetda jami 2589 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 1129 nafar, magistratura mutaxassisliklarida 19 nafar magistrantlar hamda 1441 ta talabalar sirtqi ta’lim shaklida ta’lim olmoqda. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalariga muvofiq fakultet talabalariga 240 dan ortiq fanlar bo‘yicha bilim berib kelinmoqda. Fakultetda 122 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. O‘quv mashg‘ulotlari ilg‘or, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullar, axborot kommunikatsion yutuqlardan samarali foydalangan holda tashkil etilmoqda.
Fakultet ta’lim jarayonini o‘quv-uslubiy ta’minotini yaxshilash maqsadida O’zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat unversiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston davlar jahon tillari universiteti, Termiz davlat universiteti, Oltoy davlat universiteti, Adigey davlat universiteti,Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti va Tojikiston moliya va iqtisodiyot universitetlari bilan hamkorlik qilinmoqda. Jumladan: Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti kafedralarining etakchi xorijiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Joriy yilning aprel oyida Tojikiston Davlat moliya va iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda qatnashdi. “Industrial-innovatsion iqtisodiyotga o’tish sharoitida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik ustuvor yo’nalishlari” mavzusida ma’ruza qildi. Amaliy mashg‘ulotlar, shuningdek yosh professor-o‘qituvchilar, magistrlar uchun master-klasslar o‘tkazishdi.
Oxirgi yillarda fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan 20 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanma va monografiyalardan institutda va kasb-hunar kollejlarida keng foydalanilmoqda. Fakultet tarkibida ilmiy salohiyatni ko‘tarish maqsadida “Tarix va falsafa” kafedrasida 6 nafar, “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasida 4 nafar, “Moliya va bank ishi” kafedrasida 2 nafar, “Axborot texnologiyalari” kafedrasida 3 nafar o‘qituvchilar Falsafa doktori (PhD) hamda (DSc) doktorlik dissertatsiyasi himoyasi rejalashtirilgan.
Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi me’yoriy hujjatlari doirasida amalga oshiriladi. Fakultetdagi barcha guruhlarga malakali, tajribali va salohiyatli tyutorlar tayinlangan.
Aniq va tabiiy fanlar 2022 yili Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Tadbirkorlik fakulteti bazasida tashkil etilgan .Denov tadbirkorlik va pedagogika Aniq va tabiiy fanlar fakulteti sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Shu yili Aniq va tabiiy fanlar fakultetiga “Qurilish muhandisligi” mutaxassisligi bo‘yicha birinchi marta kunduzgi bo‘limga talabalar qabul qilingan.
2022 yildan boshlab “Qurilish muhandisligi” , “Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi”va Kimyoviy texnologiya mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi bo‘limga talabalar qabul qilindi. 2022-2023 yillarda fakultet Denov shahri Sh .Rashidov 360-uyda joylashgan edi.
Aniq va tabiiy fanlar fakultetining birinchi dekani sifatida Primqulov Begali .
2022 yili sentabrda mustaqil Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tashkil etilib unga Primqulov Begali dekan etib tayinlandi. Fakultet o‘quv binosi Sh .Rashidov 360 uyga joylashgan
2022 yili Aniq va tabiiy fanlar fakulteti boshqa fakultetlar qatori yangi loyiha asosida barpo etilgan zamonaviy va qulay o‘quv xonalari, kabinetlar, laboratoriyalarga ega bo‘lgan ko‘rkam Sh.Rashidobv ko‘chasi 360-uydagi 2-binoga ko‘chib o‘tdi. Primqulov B dekan lavozimida ishlagan 2022-2023 yillarda o‘quv jarayonlari sifat jihatidan yaxshilash yangi o‘quv binosi auditoriyalarini tegishlicha jihozlash, takomillashtirish, yangi mutaxassisliklar ochish kabi salmoqli ishlar amalga oshirilgan.
2022 yilda Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti bazasida - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tashkil etilib, uning tarkibiga “‘‘Umumiy kimyo va biologiya’’ kafedrasi” (kafedra mudiri Xamrayeva M) hamda “Oliy matematika va fizika ” (kafedra mudiri Sobirova M ) kafedralari kiritilgan. Bu fakultetning dekani lavozimiga B.Primqulov tayinlangan.. Kunduzgi ta’lim yo‘nalishlarida jami 1073 nafar nafar talaba hamda sirtqi (biologiya yo‘nalishlari) da 139 nafar, magistraturada 28 nafar– 1212 nafar talaba tahsil olmoqda.
Bundan tashqari fakultetimizga 2023-yil Osiyo taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan talabalarga sifatli ta’lim berish maqsadida fizika, kimyo, biologiya laboratoriyalarini zamonaviy jihozlash maqsadida 270ming dollardan ortiq jihozlar bilan ta’minlangan.
Sifatli ta’limga berilgan e’tibor, talabalarning o‘zi ustida shug‘ullanishi natijasida 4-kurs fizika ta’lim yo‘nalishi talabasi Normurodova Aqida Prizedent stipendiyasiga, 4-kurs biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi Jumayeva Dilnoza Ulug‘bek stipendiyasiga sazovor bo‘lishdi.
1-kurs qishloq xo‘jaligi talabasi Sanaqulova Nodirabegim sportning kurash turi bo‘yicha Xalqaro va Respublikada qizlar o‘rtasida sportning kursh turi bo‘yicha sovrinli 2-o‘rinni egalladi.
Hozirgi kunda Aniq va tabiiy fanlar fakultetiga kimyo fanlari bo‘yicha (PhD) Iraliyiv B fakultet dekani lavozimida, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Mamajonov Ulug`bek va Bolliyev Shamsiddin Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Jo`rayev Baxtiyor faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari fakultetda kasaba uyushma qomitasi, fakultet xotin-qizlar maslahati kengashi tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi joriy yil 17-apreldagi PQ-4681-son qarori asosida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalari ichida eng yosh ta’lim maskanidir. Institutning ochilishidam maqsad, institut o‘z faoliyati davomida 3 mingdan ortiq malakali mutaxassislarni tayyorlash orqali xalq xo‘jaligini etuk kadrlar bilan ta’minlash hamda ilm-fanning turli sohalarida jahon e’tirof etgan muvaffaqiyatlarga erishish ko‘zda tutilgan. Institut kengashining joriy yil 21-iyundagi 11-sonli yig‘ilishi qarori bilan 2023-2024 o’quv yilida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tuzilmasida yangi kafedralar ochish va mavjudlarini muvofiqlashtirish to’g’risidagi 11-son qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida 03.07.2023 yil № 108-PO‘ buyrug’i asosida “Biologiya va qishloq xo‘jalik maxsulotlari texnologiyalari” kafedrasi tashkil etildi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti «Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyalari» kafedrasi
5140100-Biologiya (turlar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Jumaeva Dilnoza 2024 yilda «Ulug‘bek» nomli Respublika
nomdor stipendiant sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari kafedramiz professor-o‘qituvchilari Tojikiston respublikasi Dangara davlat universitetida semiran trening darslarni o‘tkazib tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, bo‘lajak biologlarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minot bo‘yicha virtual laboratoriya, bosma adabiyotlar va dasturiy ta’minot olib kelinishi hisobiga o‘quv jarayoni sifatini va samaradorligini oshirishga xizmat
qilmoqda.
Kafedra tashkil topgan sanadan boshlab har yili kafedra qoshida Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘tkazib kelinadi. Kafedrada 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta patent, 6 ta o’quv qo’llanma va 6 ta darslik hamda 10 ta monografiya chop ettirilgan. 1 nafar Biologiya yo‘nalishi talabasi nomdor stipendiya sohibiga aylangan.
Umumiy fizika va qurilish muhandisligi kafedrasi Rektorning 2023-yildagi 3-iyundagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining asosiy o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2021 yildagi 5032son qarori. Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yich qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida 05.06.2014 yildagi PQ-3775-son qarori asosida
5140200 — fizika
60530900 – fizika
60730300 – Qurilish muhandisligi: Bino va inshootlarni loyihalash va qurish
ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlanib kelinmoqda.
70530901 — Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida talabalar o‘qib tahsil olishmoqda.
Institut talabalarini bakalavriyat hamda magistrantlarini o‘qitish sifatini oshirish va mutaxassislar tayyorlashning uslubiy ta‘minotini takomillashtirishdir.
Ta’lim standartlariga muvofiq chuqur nazariy va amaliy bilim va vakolatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli darajada tashkil etish va amalga oshirish, kafedra profilidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishdan iborat. Kafedrada ta’lim o‘zbek, tojik va rus tillarida olib boriladigan guruhlarda o‘qitiladi. Mutaxassislik fanlari malakali professor – o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek, tojik va rus tillarida olib boriladi. Darslar bakalavriyat va magistratura bosqichlarida ish dasturi (sillabus) asosida tasdiqlangan jadval bo‘yicha ma‘ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar shaklida amalga oshiriladi.
Oliy matematika kafedrasi 2018 yil Termiz davlat universitetining Denov filialida tashkil etilgan. Prezidentimizning 2020 yil 17 apreldagi 4681-sonli qarori bilan Denov tumanida Termiz davlat universitetining Denov filiali negizida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi va kafedra Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi deb nomlandi.2021 yilda Tabiiy fanlar kafedra tarkibidan ajralib chiqqanligi sababli kafedra yana Oliy matematika deya nom oldi.
— Talabalarning intellektini rivojlantirish, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
— talabalarga mustahkam fundamental bilim berish, olgan bilimlarini zamonaviy amaliy masalalarini yechishga tadbiq qilishga oʼrgatish;
— tajriba oʼtkazish yoʼli bilan olingan natijalarning, turli tabiiy jarayonlar, hodisalar va qurilmalarni matematik modellarini tuzishda, asosli tahlil qilishda, texnik va iqtisodiy
masalalarning optimal yechimlarini qidirishda, ularni amalga oshirishning eng yaxshi yoʼllarini tanlashda zarur boʼladigan asosiy matematik usullarni talabalarga oʼrgatish;
— talabalarda matematika falari boʼyicha oʼquv rejalaridagi ixtisoslik va umumkasbiy fanlari masalalarida matematik uslublarni tadbiq eta bilish koʼnikmalarini rivojlantirishdan iboratdir;
Institut kengashining joriy yil 21-iyundagi 11-sonli yig‘ilishi qarori bilan 2023-2024 o’quv yilida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tuzilmasida yangi kafedralar ochish va mavjudlarini muvofiqlashtirish to’g’risidagi 11-son qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida 03.07.2023 yil № 108-PO‘ buyrug’i asosida “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi tashkil etildi.
Aniq va tabiiy fanlar fakultet tuzilmasida “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi tashkil qilinsin,uning tarkibiga
- 60710100 — Kimyoviy texnologiya (organik moddalar),
- 60530100 — Kimyo (turlari bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi hamda
- 70530101– Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi biriktirilsin
Barcha ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha o’quv rejalardagi kimyo va kimyoviy texnologiyaga oid fanlarning o’quv soatlari fondi ushbu kafedraning o’quv soati fondiga o’tkazilsin;
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi 2023-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 1 nafar fan doktori akademik professor, 1 nafar texnika fanlari nomzodi dotsent, , 1 nafar texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar o’qituvchi va 7 nafar stajyor o’qituvchilardan iborat.
FAKULTETDA QUYIDAGI KAFEDRALAR MAVJUD
- Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar
- Biologiya va qishloq xo‘jalik maxsulotlari texnologiyalari
- Oliy matematika
- Umumiy fizika va qurilish muhandisligi
BAKALAVRIAT TA'LIM YO‘NALISHLARI BO’YICHA
- 60540100– Matematika
- 60730300– Qurilish muhandisligi:bino va inshoatlar qurilishi
- 60530900 – Fizika
- 60510100 – Bilogiya (turlari bo'yicha)
- 60510100 – Bilogiya (turlari bo'yicha)( Rus)
- 60510100 – Bilogiya (turlari bo'yicha)(Tojik)
- 60530100 – Kimyo (turlar bo'yicha)
- 60710100 – Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo'yicha)
- 60811300 –Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo'yicha)
SIRTQI TA’LIM SHAKLI BO’YICHA
- 60510100– Bilogiya (turlari bo'yicha
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI BO’YICHA
- 70540101– Matematika
- 70530901 – Fizika
- 70510101 – Bilogiya (turlari bo'yicha)
- 70530101 – Kimyo (turlar bo'yicha)
PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI
- Fakultetda 96 nafar professor-o‘qituvchi mehnat qilmoqda. Ulardan:
- 6 nafar professor
- 9 nafar fan doktori (DcS)
- 7 nafar falsafa doktori (PhD)
- 8 nafar dotsenti
- 18 nafar katta o‘qituvchi
- 48 nafar assistent
Fakultet 2020 yili 17-aprel kuni Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida pedagogika va aniq fanlar fakulteti sifatida o‘z faoliyatini bashladi. Shu yilning o‘zida kunduzgi ta’lim hamda sirtqi ta’lim shaklida birinchi marta talabalar qabul qilindi.
2020 yildan fakultet Sariosiyo tumanidagi Gulobod mahallasi, istiqlol ko‘chasi 49 - uyda joylashgan binoda o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. 2021 yildan Pedagogika va aniq fanlar fakulteti nomi pedagogika fakultetiga o‘zgartirildi. Fakultetining birinchi dekani sifatida Naimov Muzaffar O‘rinovich ishlagan va 2021 yil aprel oyidan boshlab Pedagogika fakultetiga Mahmudov Sherali Komilovich dekan etib tayinlandi.
Bugungi kunda Pedagogika fakulteti o‘quv va ilmiy bazasi zamon talablariga javob beradigan o‘quv jarayonida texnik vositalar, kompyuter texnikasidan foydalanish ko‘lami kengaydi, pedagog kadrlar tarkibi yangi ilmiy darajali mutaxassislar hisobiga boyitildi.
Hozirgi kunda Pedagogika fakultetiga Mahmudov Sherali Komilovich fakultet dekani lavozimida, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Kibriyev Farrux Muzaffarovich, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ravshanqulova Risolat Abdujabborovna ishlab kelmoqdalar. Bundan tashqari fakultetda kasaba uyushma qo‘mitasi, fakultet xotin-qizlar maslahati kengashi tashkil qilingan va faoliyat olib bormoqda.
FAKULTETDA QUYIDAGI KAFEDRALAR MAVJUD
- Boshlang‘ich ta’lim metodikasi
- Maktabgacha ta’lim
- Pedagogika va psixologiya
- Jismoniy tarbiya va sport
BAKALAVRIAT TA'LIM YO‘NALISHLARI
- 60110100 – Pedagogika
- 60110200 – Maktabgacha ta’lim
- 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim
- 60111300 - Musiqa ta’limi
- 60112200 - Jismoniy madaniyat
PROFESSOR – O‘QITUVCHILAR TARKIBI
Bugungi kunda fakultetdagi mavjud kafedralarda jami 61 nafar professor-o‘qituvchilar mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. Ulardan:
- 1 nafar fan nomzodi
- 5 nafar (PHD) dotsent
- 6 nafar katta o‘qituvchi
- 24 nafar o‘qituvchi
- 25 nafar stajyor-o‘qituvchi
Bundan tashqari pedagogika va psixologiya kafedrasi tarkibida 7 nafar doktorant tahsil olmoqda;
Ilmiy salohiyat 10 % ni tashkil etadi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan 2021 - 2023 o‘quv yillaridagi ilimiy faoliyatlarida 4 ta darslik, 25 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta monografiya, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etilgan. Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi me’yoriy hujjatlari doirasida amalga oshiriladi. Fakultetdagi barcha guruhlarga malakali, tajribali va salohiyatli tyutorlar tayinlangan.
Ta'lim yo'nalishlari
| BA(Hons) Business Management 60410900 | Bakalavr Magistr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr |
| Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 | Magistr |
| Biologiya (turlari bo‘yicha) 60510100 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr Magistr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr Magistr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr Magistr |
| Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha 70310102 | Magistr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 | Magistr |
| Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 | Bakalavr |
| Kimyo muhandisligi 60710100 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70540101 | Magistr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 | Bakalavr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| Ona tili va adabiyoti: rus tili 7010801 | Magistr |
| O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili 70111601 | Bakalavr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Pedagogika va psixologiya 70110102 | Magistr |
| Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 60810700 | Bakalavr |
| Qo'shma ta'lim dasturi 60610500 | Bakalavr |
| Qurilish muhandisligi 60730300 | Bakalavr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 | Magistr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
14 700 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Sun'iy intellekt
12 710 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Ona tili va adabiyoti: rus tili
14 700 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
14 700 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
14 700 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
14 700 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Tarix
14 700 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
14 700 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
BA(Hons) Business Management
14 700 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha
14 700 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Pedagogika va psixologiya
14 700 000 so'm
yiliga
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Iqtisodiyot
12 710 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Hojiakbarova Maftuna Rustambek qizi
Axrorqulov Akrom Sherali o'g'li
Sayfullayeva Nigora Fayzulla qizi
TOSHTEMIROVA MUXLISA DAVRONBEK QIZI
Iskandarova Zuhra Ikrom qizi
Qalandarova Madina Jo'rabek qizi
Tursunova Durdona Ikromjon qizi
Talabalar fikri
Xolboyeva Sharofatxon
Xolova Ma’mura
Do'stova Dilnoza



































