WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali

Surxondaryo viloyati Filial Veb-sayt

5,634

Talabalar

306

Xorijiy talabalar

462

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

22

Kafedralar

2018

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifida bergan topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi 172-sonli Qarori asosida tashkil etilgan. 
OTM asosiy o‘quv binolari 1 ta hududda joylashgan, bundan tashqari filialning 20 ga yaqin klinik kafedralari Termiz shahri va unga yaqin bo‘lgan hududda davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalarida joylashgan. Talabalarning tahsil olishi ikki smenada amalga oshiriladi va talabalar sig‘imini to‘liq qamrab oladi. Filial hududida joylashgan 2 ta o‘quv binolar quvvati 3500 o‘rinni tashkil qiladi.
2025-2026 o‘quv yilida filialda 4 ta fakultet hamda 19 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 11 tasi klinik (mutaxassislik) kafedralari hisoblanadi. Filialda 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida va 34 ta klinik ordinatura mutaxassisliklari mavjud, klinik ordinaturada  412 nafar talaba mavjud bo‘lib, ulardan kunduzgi ta’lim shaklining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida  tahsil olmoqda. 2025-2026 o‘quv yilida 1-kurslar 230 ta, 2-kursda 175 ta, 3 -kurslarda 7 ta talaba o‘qitilmoqda.
Davolash ishi – 60910200
Pediatriya ishi -60910300
Fundamental tibbiyot – 60910700
Stomatologiya– 60910100
Tibbiy profilaktika ishi – 60910400
Farmatsiya – 60910700
Xalq tabobati – 60911100
2025-2026 o‘quv yili uchun Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv rejalar, fan dasturlari (sillabus) asosida filialning 2025-yil 31-avgustdagi 1-son Kengashida ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari (sillabuslar) muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Shuningdek, 2021-2022 yilda Rossiya Federatsiyasining Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti hamda TDTU Termiz filiali bilan “3+3” shaklida qo‘shma ta’lim dasturi shartnomasi imzolandi. Bugungi kunda ushbu qo‘shma ta’lim dasturi doirasida davolash ishi va pediatriya yo‘nalishlari tashkil etildi va ularda 75 nafar talaba tahsil olmoqda.
Filialda asosiy shtatda 671 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ulardan 40 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar, shundan 8 nafari professor. Hozirgi kunda filialda ilmiy salohiyat 38,5 % ni tashkil qiladi.
O‘quv jarayonini Davlat ta’lim standartlarida ko‘rsatilgan talablar asosida olib borish maqsadida fundamental fanlar o‘quv laboratoriyalari (jumladan, tibbiy kimyo, biokimyo, gistologiya, fiziologiya, mikrobiologiya) tashkil  etilgan.  Axborot resurs markazi (ARM)da bepul internet xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, videokonferensiya qurilmalari mavjud bo‘lib, o‘quv jarayonlarida samarali foydalanilmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyasi va yangi pedogogik texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun 50 ta elektron doska, 4 ta videoproektor o‘rnatilgan. O‘quv jarayoniga 200 dona kompyuter, kafedralar, dekanatlar hamda bo‘limlarda 274 ta kompyuterlardan foydalanilmoqda. Filialda 474 dona kompyuter korporativ tarmoq hamda Internet tarmog‘iga ulangan. Hozirda Filialda internet tezligi 700 Mb/sek tashkil qilmoqda.
Asosiy o‘quv binosida 3500 o‘rin bo‘lib, uning 2500 ta auditoriyasi maxsus audio va video qurilmalar va jihozlar bilan ta’minlangan.
Filial Axborot-resurs markazida umumiy adabiyotlar fondi 20534 nomdagi 1310 nusxada kitoblar va umumiy elektron fondda 1100 nomda kitoblar elektron shakliga keltirilgan.
Fililal ARM o‘quv zallari 205 o‘rinli bo‘lib, qamrov o‘rtacha 15 % ni tashkil qiladi.
ARMda 2 smenada (1-smena 09.00 dan 17.00 gacha, 2-smena 17.00 dan 21.00 gacha) faoliyat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yilgan.  Talabalar uchun zaruriy asosiy o‘quv adabiyotlari QR kodli kitob javoni ishga tushirilgan. Hozirda o‘quv reja bo‘yicha barcha adabiyotlarni ushbu shaklga keltirish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari o‘quv adabiyotlardan foydalanish uchun library.ttatf.uz portali ham ishga tushirildi.
Oliy taʼlim muassasasida taʼlim jarayonini o‘quv adabiyotlari va oʼquv uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasi. Surxordaryo viloyatida yagona Аxborot-resurs markazimizda zamonaviy axborot kutubxona tizim AKBT texnologiyalari taʼminlangan hamda  hozirda kitoblarga shtrix kodlar berish ishlari samarali olib borilmoqda, shuningdek, internet (WI-FI) tarmog‘iga ulangan va tezligi 100 mbt/s tezlikda ishlaydi hamda talabalar ishlaydigan kompyuterlar internet kabeli bilan bog‘langan qo‘shimcha tarzida WI-FI zonasi tashkil etilgan.
Filial talabalari, professor- o‘qituvchilar va xodimlarning axborot resurs markazidan foydalanish kunlik holati tahlil qilinganda o‘rtacha kunlik 350 nafar talabalar, professor-o‘qituvchilar qatnovini tashkil qiladi.
Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni taʼminlaydigan elektron xizmat ko‘rsatilyapti. Markaz o‘zining http:// library. ttatf. uz, https:// t.me/ TDTUTF elektron kutubxona va elektron kutubxona telegram ijtimoy tarmog‘i orqali foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot – kutubxona xizmat ko‘rsatishga ega. Hozirda markazda 1100 nomdagi kitoblarni elektronlari qilindi hamda o‘zining http:// library. ttatf.uz, https:// t.me/ TDTUTF elektron kutubxona saytlariga joylashtirilmoqda. Xorijiy davlatlardan 39 nomda chet elda nashr etilgan adabiyotlar xarid qilindi. GEOTАR – MEDIА malumotlar bazasidan professor-o‘qituvchilar va talabalar foydalanmoqda.
2020-2023 yillar davomida markazga filial tomonidan fanlar kesimida 39 nomda va 195 nusxada OOO “Grand inter media” MCHJ ALFA PRESS tomonidan 248798540 so‘mlik xorijiy o‘quv adabiyotlar xarid qilindi.
Markazda 110 o‘rinli o‘quv zali, 2 ta kitob saqlash xonalari kamera jihozlari bilan taʼminlangan hamda yong‘in havsizligi qoidalariga amal qilingan. Elektron bo‘limi uchun 20 dona va xodimlar uchun 7 dona kompyuter, 1 dona printer va zamonaviy skaner apparatlari, yangi va yumshoq mebellar bilan taʼminlangan, stol-stul, kitob va katalog javonlari, 2 dona sovutish vositalari (konditsioner) hamda boshqa jihozlar bilan taʼminlangan. Zamon talablariga mos holatda jihozlangan.
Аxborot-resurs markazi bo‘limlarning holati yaxshi, adabiyotlar bilan taʼminlanganlik darajasi 76 % tashkil etadi. АRM kiraverishida hamda 2- talabalar turar joylari elektron (QR – kod) doskalar pano qilingan hozirda talabalar foydalanmoqda.
2020-2023-yillar davomida filialning o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr etish bo‘yicha “Nashr reja”si bo‘yicha 26 nafar professor-o‘qituvchilar tomonidan 16 ta nomdagi darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya chop etilgan.
Fanlarning o‘quv dasturlaridagi (sillabus) asosiy o‘quv adabiyotlar bilan taʼminlanganlik holati, taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj sababli markazga 2023-2024 o‘quv yili uchun 2270 nusxada o‘quv adabiyotlar keltirilgan.

 

Xorijiy talabalar uchun

Chet el talabalari turar joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

    Filialda jami 580 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta talabalar turar joylari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

  Bugungi kunga kelib Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Hindiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Afg‘oniston Respublikasidan talabalar tahsil olib kelmoqda.

   Hozirda ularning soni 200 ta bo‘lib shulardan 187 tasi filialida Hindiston Respublikasidan, 8 tasi Tojikiston Respublikasidan va 5tasi Afg‘oniston Respublikasidan.
         Ushbu talabalar filialning 1-son talabalar turar joylarida joylashtirilgan.
   1-son talabalar turar joyi I.Karimov ko‘chasi 64-uyda joylashgan.
   Talabalar turar joyida xorijiy talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, mazkur TTJ zamon talablari darajasiga keltirilgan.
  Filial talabalar turar joylaridagi «Maʼnaviyat va maʼrifat» xonalari yuqori saviyada jihozlangan, qattiq va yumshoq mebellar qo‘yilgan, gilamlar to‘shalgan.
  Talabalar turar joylarida filial kutubxonasi filiallari tashkil qilingan bo‘lib 1000 dan ortiq tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan. Talabalar turar joylarida yashayotgan barcha talabalar mazkur kutubxonalarga aʼzo bo‘lishgan.
  Turar joylarda talabalarning madaniy dam olishlari uchun barcha qavatlarga televizorlar qo‘yilgan va barcha xonalar yangi yumshoq mebellar bilan taʼminlangan. Talabalar uchun barcha qavatlarda yuvinish xonalari mavjud va ular issiq suv bilan taʼminlangan. Muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimlari o‘rnatilgan. Talabalar turar joylarida dars tayyorlashlari uchun so‘nggi modeldagi kompyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lib, yuqori tezlikdagi WI-FI orqali internet tarmog‘iga ulangan.

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik va akademik mobillik faoliyati toʼgʼrisida maʼlumot
2026 yilning bugungi kuniga qadar filialda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, professor-oʼqituvchilar va talabalarning akademik mobilligini kengaytirish, shuningdek, nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yoʼlga qoʼyish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Filialning xalqaro aloqalarini kengaytirish maqsadida bugungi kunga qadar jahonning yetakchi va nufuzli universitetlari hamda xalqaro tashkilotlari bilan jami 55 ta memorandum va hamkorlik shartnomalari imzolangan. Mazkur hamkorliklar taʼlim, ilm-fan, innovatsiya, akademik almashinuv, qoʼshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqot yoʼnalishlarini qamrab olgan boʼlib, filialning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda.
Hisobot davrida filialga jami 26 nafar xorijiy professor-oʼqituvchilar tashrif buyurdi. Ular ishtirokida talabalar va professor-oʼqituvchilar uchun ochiq maʼruzalar, amaliy mashgʼulotlar, mahorat darslari, seminar va treninglar tashkil etildi. Xorijiy mutaxassislarning taʼlim jarayonidagi ishtiroki talabalarning zamonaviy tibbiy bilim va amaliy koʼnikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, filialning 22 nafar professor-oʼqituvchilari xorijiy davlatlarga xizmat safarlariga yuborilib, ular xalqaro konferentsiyalar, malaka oshirish kurslari, stajirovka va ilmiy tadqiqot dasturlarida ishtirok etdilar. Bu esa professor-oʼqituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik va tibbiy texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etish imkoniyatini yaratmoqda.
Аkademik mobillik dasturlari doirasida 26 nafar talabalar xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olish, stajirovka va qisqa muddatli akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun yuborildi. Talabalarning xalqaro taʼlim muhitida tahsil olishi ularning nazariy bilimlari va amaliy koʼnikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Аyni paytda filialda doimiy faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy professor-oʼqituvchilar soni 7 nafarni tashkil etadi. Ular taʼlim jarayonida bevosita ishtirok etib, talabalarga xalqaro standartlar asosida bilim berish, zamonaviy klinik yondashuvlar va innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etishga oʼz hissalarini qoʼshmoqda.
2026 yil sentyabrь oyida filialning 5 nafar iqtidorli talabasini Rossiya Federatsiyasining nufuzli Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) universitetiga 1 semestrlik akademik mobillik dasturi asosida yuborish rejalashtirilgan. Mazkur dastur talabalarning xalqaro taʼlim muhitida bilim olishlari, xorijiy tajriba orttirishlari va til koʼnikmalarini rivojlantirishlariga xizmat qiladi.
Shuningdek, filialning 3 nafar professor-oʼqituvchilari Yaponiya davlatining Juntendo University universitetida doktorant sifatida qoʼshma ilmiy loyihalar ustida tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu hamkorlik ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
2024 yildan buyon filial professor-oʼqituvchilari hamda texnikum oʼqituvchilari Germaniya Federativ Respublikasining Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan simulyatsion markaz dasturi doirasida muntazam ravishda malaka oshirib kelmoqda. Mazkur dastur tibbiy taʼlimda simulyatsion texnologiyalarni joriy qilish, amaliy koʼnikmalarni rivojlantirish hamda taʼlim jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, Germaniyaning Ludwigshafen University of Business and Society universiteti bilan hamkorlikda “Oliy hamshiralik ishi” va “Аkusherlik ishi” yoʼnalishlari boʼyicha zamonaviy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish boʼyicha hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur hamkorlik tibbiy taʼlim dasturlarini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilishga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, Privolzhsky Research Medical University (PIMU) universiteti bilan tashkil etilgan qoʼshma taʼlim dasturi asosida ayni vaqtda jami 109 nafar talabalar tahsil olmoqda. Ularning 41 nafari hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasidagi PIMU universitetida taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirmoqda. Mazkur qoʼshma dastur talabalarga ikki tomonlama diplom olish, xalqaro taʼlim standartlari asosida bilim olish va zamonaviy klinik tajribalarni oʼzlashtirish imkonini bermoqda.
2025 yilning IV choragida Rossiya Federatsiyasining Kazan (Volga Region) Federal University (QS TOP-400) universiteti bilan hamkorlikda yangi qoʼshma taʼlim dasturlari yoʼlga qoʼyildi. Xususan, bakalavriat bosqichining “Davolash ishi” yoʼnalishi boʼyicha 3+3 shaklidagi (kvota — 30 nafar) hamda ordinatura bosqichida “Yuz-jagʼ jarrohligi” va “Otorinolaringologiya” yoʼnalishlari boʼyicha 1+1 shaklidagi (har biri uchun 5 nafardan kvota) qoʼshma taʼlim dasturlari tashkil etildi. Ushbu dasturlar boʼyicha 2026 yil sentyabrь oyidan talabalarni qabul qilish rejalashtirilgan.
Umuman olganda, filialda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, professor-oʼqituvchilar va talabalarning xalqaro akademik mobilligini kengaytirish, qoʼshma taʼlim dasturlarini yoʼlga qoʼyish hamda ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash boʼyicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Til kurslari

Xorijiy talabalar diqqatiga!

Filialimiz hududiga yaqin joylashgan zamonaviy o‘quv markazlarida turli xorijiy tillarni o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu ta’lim maskanlarida ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, turk va boshqa ko‘plab tillar bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan sifatli ta’lim beriladi.

Zamonaviy o‘quv xonalari, ilg‘or o‘qitish metodikalari hamda qulay ta’lim muhiti sizga tanlagan tilingizni mukammal darajada o‘zlashtirish imkonini yaratadi.

📚 Kelajagingiz sari dadil qadam tashlang va yangi tillarni o‘rganish orqali bilim hamda imkoniyatlaringiz ufqini kengaytiring!

Talabalar uchun imkoniyatlar

OTM asosiy o‘quv binolari 1 ta hududda joylashgan, bundan tashqari filialning 30 ga yaqin klinik kafedralari Termiz shahri va unga yaqin bo‘lgan hududda davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalarida joylashgan. Talabalarning tahsil olishi ikki smenada amalga oshiriladi va talabalar sig‘imini to‘liq qamrab oladi. Filial hududida joylashgan 2 ta o‘quv binolar quvvati 950 o‘rinni tashkil qiladi.
2023-2024 o‘quv yilida filialda 4 ta fakultet hamda 19 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 11 tasi klinik (mutaxassislik) kafedralari hisoblanadi. Filialda 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida va 20 ta klinik ordinatura mutaxassisliklarida 3760 nafar talaba mavjud bo‘lib, ulardan kunduzgi ta’lim shaklining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 3629 nafar talaba va klinik ordinatura mutaxassisliklarida 131 nafar talaba tahsil olmoqda.

2023-2024 o‘quv yili filialda 1-kurslar 5 ta, 2-3-4 kurslarda 3 ta va 5-6 kurslarda 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bor. 2023-2024 o‘quv yilida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘qitiladi:

  1. Davolash ishi – 60910200
  2. Pediatriya ishi -60910300
  3. Xalq tabobati – 60911100
  4. Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) – 60910100
  5. Tibbiy profilaktika ishi – 60910400

Fakultetlar

1-son Davolash fakulteti

Berdiyev Abdusamat Xudoyqulovich

Dekan

Telefon raqam:

+998-88-843-05-65

Email:

xudoyqulovabdusamat@gmail.ru

Usanov Shuxrat Musurmonovich

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari.

Telefon raqam:

+998915860204

Email:

usanovshuxrat@gmail.ru

Sottorov Bobur Boxodirovich

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Telefon raqam:

+998917918999

Email:

sottorovbobur@gmail.ru

                                                                              Dekanatning funksiyalari:

      O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish;

    Oliy ta’lim muassasa Kengashi, O‘quv-uslubiy Kengashi hamda fakultet Kengashi, O‘quv-uslubiy qarorlarining fakultet doirasida bajarilishini nazorat etish va ta’minlash;

      O‘quv-tarbiyaviy jarayon, talabalarning malakaviy ishi va amaliyoti ustidan  nazoratni amalga oshirish;

  • Dars jadvalini tuzishga rahbarlik qilish va uning bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
  • Talabalar davomatini muntazam nazorat qilish;
  • Talabalarning fanlardan mustaqil ishlashi, shuningdek, ularning bilimini reyting asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;
  • Talabalarni Davlat attestatsiyasiga va bituruv malakaviy ishlarini hamda magistrlik dissertasiyalarini himoya qilishga ruxsat berish;
  • Iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyalari tanlovida talabalar ishtirokini ta’minlash;
  • Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarda talabalar ishtirokini ta’minlash;
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
  • Fakultet tarkibidagi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;
  • Ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni toppish va ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanish; 
  • Fakultetda va talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish;
  • Fakultetni bituruvchi talabalarning monitoringini olib borish, ular bilan aloqa o‘rnatish;

                                                    Dekanatning asosiy vazifalari:

  • Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash ;
  • Ta’limning barcha masalalari bo‘yicha talabalarga axborot xizmati ko‘rsatish tushuntirish ishlarini olib borish;
  • Fakultet bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash va farmoyishlar chiqarish;
  • Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
  • Talabalar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Talabalar kontingenti monitoringini olib borish;
  • Talabalik guvohnomalarini rasmiylashtirish va talabalarga yetkazish;
  • Reyting daftarchalarini rasmiylashtirish, talabalar o‘zlashtirish natijalarini qayd etib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va ularni saqlash;
  • Reyting qaydnomalarini rasmiylashtirish ularning o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini nazorat qilish va saqlash;
  • Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Oliy ta’lim muassasa o‘quv-uslubiy boshqarmasi (bo‘limi)ga taqdim etish;
  • Semestr natijalari va stipendiya komissiyasi qaroriga asosan talabalariga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan kursaga o‘tkazish xususidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;
  • Bituruvchi talabalarning talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv va shaxsiy varaqalarini OTM talabalar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirish;
  • Bituruvchi talabalarga tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash.
 

Sagirayev Nodir Jumaqulovich

Dekan

Email:

nodirsagirayev@gmail.ru

Telefon raqam:

+998-90-316-22-23

Erdanayev
Ro‘ziboy
Xolmuxamedovich

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Email:

erdanayevruziboy@gmail.ru

Telefon raqam:

+998902959992

Xaitov
Farxod
Nasriddin o'g'li

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Email:

xayitovfarhod661@gmail.com

Telefon raqam:

+998937907073

                                                                Dekanatning funksiyalari:

     O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish;

     Oliy ta’lim muassasa Kengashi, O‘quv-uslubiy Kengashi hamda fakultet Kengashi, O‘quv-uslubiy qarorlarining fakultet doirasida bajarilishini nazorat etish va ta’minlash;

    O‘quv-tarbiyaviy jarayon, talabalarning malakaviy ishi va amaliyoti ustidan  nazoratni amalga oshirish;

    Dars jadvalini tuzishga rahbarlik qilish va uning bajarilishi ustidan nazorat olib borish;

    Talabalar davomatini muntazam nazorat qilish;

   Talabalarning fanlardan mustaqil ishlashi, shuningdek, ularning bilimini reyting asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;

    Talabalarni Davlat attestatsiyasiga va bituruv malakaviy ishlarini hamda magistrlik dissertasiyalarini himoya qilishga ruxsat berish;

    Iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyalari tanlovida talabalar ishtirokini ta’minlash;

     Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarda talabalar ishtirokini ta’minlash;

     Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

     Fakultet tarkibidagi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;

     Ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish, budjetdan tashqari mablag‘larni topish va ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanish;

      Fakultetda va talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish;

      Fakultetni bituruvchi talabalarning monitoringini olib borish, ular bilan aloqa o‘rnatish;

                                                                  Dekanatning asosiy vazifalari:

       Fakultetda o‘quv jarayoninitashkil etish va ta’minlash ;

       Ta’limning barcha masalalari bo‘yicha talabalarga axborot xizmati ko‘rsatish tushuntirish ishlarini olib borish;

        Fakultet bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash va farmoyishlar chiqarish;

        Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;

        Talabalar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

        Talabalar kontingenti monitoringini olib borish;

        Talabalik guvohnomalarini rasmiylashtirish va talabalarga yetkazish;

        Reyting daftarchalarini rasmiylashtirish, talabalar o‘zlashtirish natijalarini qayd etib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va ularni saqlash;

        Reyting qaydnomalarini rasmiylashtirish ularning o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini nazorat qilish va saqlash;

        Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Oliy ta’lim muassasa o‘quv-uslubiy bo‘limiga taqdim etish;

        Semestr natijalari va stipendiya komissiyasi qaroriga asosan talabalariga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan kursga o‘tkazish xususidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;

        Bituruvchi talabalarning talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv va shaxsiy varaqalarini OTM talabalar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirish;

        Bituruvchi talabalarga tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash.    

Mustanov Javoxir Abdusamat o‘g‘li

Dekan

Email:

javoxir@gmail.com

Telefon raqam:

+998-91-966-64-64

Qahharov
Navro'zbek
Ziyoqulovich

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Email:

qaxxarovnavro'zbek5@gmail.com

Telefon raqam:

+998-97-807-91-91

Abdumalikov
Ibodulla
Ibragimovich

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Email:

ibodulloabdumalikov17@gmail.com

Telefon raqam:

+998-91-579-00-59

                                                     Dekanatning funksiyalari:

 

        O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish;

        Oliy ta’lim muassasa Kengashi, O‘quv-uslubiy Kengashi hamda fakultet Kengashi, O‘quv-uslubiy qarorlarining fakultet doirasida bajarilishini nazorat etish va ta’minlash;

        O‘quv-tarbiyaviy jarayon, talabalarning malakaviy ishi va amaliyoti ustidan  nazoratni amalga oshirish;

  • Dars jadvalini tuzishga rahbarlik qilish va uning bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
  • Talabalar davomatini muntazam nazorat qilish;
  • Talabalarning fanlardan mustaqil ishlashi, shuningdek, ularning bilimini reyting asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;
  • Talabalarni Davlat attestatsiyasiga va bituruv malakaviy ishlarini hamda magistrlik dissertasiyalarini himoya qilishga ruxsat berish;
  • Iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyalari tanlovida talabalar ishtirokini ta’minlash;
  • Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarda talabalar ishtirokini ta’minlash;
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
  • Fakultet tarkibidagi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;
  • Ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni topish va ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanish; 
  • Fakultetda va talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish;
  • Fakultetni bituruvchi talabalarning monitoringini olib borish, ular bilan aloqa o‘rnatish;

                                                    Dekanatning asosiy vazifalari:

 

  • Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash ;
  • Ta’limning barcha masalalari bo‘yicha talabalarga axborot ximati ko‘rsatish tushuntirish ishlarini olib borish;
  • Fakultet bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash va farmoyishlar chiqarish;
  • Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
  • Talabalar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Talabalar kontingenti monitoringini olib borish;
  • Talabalik guvohnomalarini rasmiylashtirish va talabalarga yetkazish;
  • Reyting daftarchalarini rasmiylashtirish, talabalar o‘zlashtirish natijalarini qayd etib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va ularni saqlash;
  • Reyting qaydnomalarini rasmiylashtirish ularning o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini nazorat qilish va saqlash;
  • Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Oliy ta’lim muassasa o‘quv-uslubiy boshqarmasi (bo‘limi)ga taqdim etish;
  • Semestr natijalari va stipendiya komissiyasi qaroriga asosan talabalariga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan kursaga o‘tkazish xususidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;
  • Bituruvchi talabalarning talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv va shaxsiy varaqalarini OTM talabalar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirish;
  • Bituruvchi talabalarga tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash.

 

 

Narzullayeva Gulchehra Qudratovna

Dekan

e-mail:

Narzullayevagulchehra@gmail.com

Telefon raqam:

+998-97-850-20-10

                                                             Fakultet tarixi 

         Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Qo‘shma ta’lim fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyul “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 421-sonli qarori ilovasi bilan tasdiqlangan nizomiga muvofiq    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyatini tashkil ettirish bo‘limi” negizida “Qo‘shma ta’lim fakulteti” tashkil qilindi. Qo‘shma ta’lim fakulteti filial fakultetlari ichidagi eng yosh fakultet bo‘lib Qo‘shma dasturlar asosida faoliyat yurituvchi yagona fakultetdir. O‘zbekistonni Janubiy va Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bilan bog‘laydigan Qo‘shma ta’lim fakulteti talabalarga mintaqadagi eng yuqori darajadagi oliy ta’lim muassasida o‘qish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. 

         Biz o‘z ta’lim tizimimiz orqali bilimlarni, chuqur tadqiqotlar va akademik mahoratni butun mintaqaga yoyishga intilamiz. Asosiy binosi Termiz shahrida joylashgan Qo‘shma ta’lim fakulteti negizida 26 ta akademik bo‘limlar – fundamental fanlar va kasalxonalardagi klinik bazalar bilan shartnomalari mavjud. Bundan tashqari, biz talabalarimizni qo‘shma dastur asosida sifatli ta’lim va amaliy ko‘nikmalarni to‘liq olishini ta’minlaymiz.

                                                     Fakultet klassifikatsiyasi

 

 

  1.  Ta’lim turi: Bakalavriat,
  2. Mutaxassisliklar(bakalavr

 

 

6091020  – Davolash ishi

6091030  Pediatriya ishi

 

 

  1. Malaka:Umumiy amaliyot shifokori, tor doiradagi mutaxasiss
  2. Ta’lim shakli: kunduzgi
  3. Ta’lim tili: Rus tili,
  4. Fakultet kvalifikatsiyasi:                                                                                                      
    Davolash ishi, Pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

 

 

  • Profilaktika va epidemiyaga qarshi kurashish yo‘li bilan aholi o‘rtasida kasalliklarning paydo bo‘lishining oldini olish;
  • Bemorlarning kasalliklari va patologik holatlarining diagnostikasi;
  • Favqulotda tashxis; 
  • Aholi orasida keng tarqalgan o‘tkir va surunkali kasalliklar bo‘yicha barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
  • Sog‘liqni saqlashni birlamchi tizimida tibbiy faoliyatni tashkil etish;
  • Aholi orasida keng tarqalgan o‘tkir va surunkali kasalliklar bo‘yicha barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
  • Shoshilinch yordam ko‘lami bo‘yicha zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish hamda amaliyotda qo‘llash; 
  • Tibbiyot sohasida dolzarb bo‘lgan kasalliklar hamda muommolar bo‘yicha zamonaviy ma’lumot, bilimlarga ega bo‘lish va faoliyati davomida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish;
  • Aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar bo‘yicha zamonaviy tashxislash va davolash standartlarini maqsadga yo‘naltirilgan holda amaliyotda qo‘llash;
  • Reabilitatsiya choralari talab qilinadigan holatlarda, ularni aholiga zarur bo‘lgan darajada qo‘llash chora-tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish;
  • Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda uning uchun ma’sul bo‘lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud resurslardan unumli foydalanish;
  • Sog‘liqni saqlash birlamchi tizimining mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarishda ishtrok etish;
  • Tibbiyot sohasida dolzarb bo‘lgan muommolar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishda ishtrok etish. Kasb ta’limi (Davolash ishi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
  1. tibbiy profilaktik;
  2. tezkor va shoshilinch tibbiy yordam;
  3. tashhislash va davolash;
  4. reabilitatsiya;
  5. tibbiy-ijtimoiy;
  6. tashkiliy- boshkaruv;
  7. ilmiy-tadqiqot. 

Ta'lim yo'nalishlari

Davolash ishi 60910200 Bakalavr
Fundamentalni tibbiyot 60911100 Bakalavr
Pediatriya ishi 60910300 Bakalavr
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) 60910800 Bakalavr
Stomatologiya 60910100 Bakalavr
Tibbiy profilaktika ishi 60910400 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Aminova Moxinur Normurod qizi

2024 yil 5-iyun kuni Tojikiston tibbiyot instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” olimpiadasida gʻolib boʻlib, 1-o‘rin bilan taqdirlangan. 2024 yil 8-13-avgust kunlari xalqaro “Yoshlar kelajak bunyodkorlari” III Ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi doirasida oʻtkazilgan “Toza yurt – obod yurt” Plogging aksiyasida gʻolib boʻlib, 1-o‘rin bilan taqdirlangan. 2024 yil 8-13-avgust kunlari “Yoshlar kelajak bunyodkorlari” III Ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi doirasida oʻtkazilgan “Sport musobaqalari”da umum-jamoa hisobida gʻolib boʻlib, 2-o‘rin bilan taqdirlangan. 2024 yil 25-noyabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Astana shahridagi xalqaro Astana tibbiyot universitetida oʻtkazilgan “Anatomiya olami” nomli xalqaro olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni qoʻlga kiritganligi uchun diplom bilan taqdirlangan. 2024 yil 5-6-dekabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida oʻtkazilgan “Umumiy xirurgiya va xirurgik kasalliklarning dolzarb masalalari” nomli ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtiroki uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlangan 2024-yil «Yilning eng faol talabasi » tanlovining filial bosqichida «Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi » nominatsiyasi bo’yicha faxrli 1-o‘rinni egallaganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 2024-yil 13-14-dekabr kunlari Samarqand Davlat Tibbiyot universitetida o’tkazilgan V xalqaro olimpiadasida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan 2024-yil 2-sentabr kuni O’z Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik» shiori ostida tashkil etilgan loyihava tadbirlarda faol ishtirok etganligi hamda taraqqiyotiga qo’shayotgan samarali hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan. 2024-yil 6-sentabr kuni xotin-qizlarni huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida viloyat OTM lari o‘rtasida tashkil etilgan «Siz qonunni bilasizmi? » viktorinasida faxrli 1-o‘rinni egallaganligi uchun diplom bilan taqdirlangan. 2024-yil 10-oktabr kuni «Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun » shiori ostida o‘tkazilgan «Yetti go‘zal » milliy liboslar ko’rgazmasida faol ishtirok etganligi uchun 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.

Urazova Zarina Urmanovna

“Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” yo‘nalishi stipendiyati; 2021- yil 14-15 dekabrdagi Samarqand tibbiyot instituti xalqaro tibbiyot talabalar o’rtasidagi “Samarqand 2020’’ nomli olimpiadada mantiqli talaba naminatsiya g‘olibi; 2021-2022-yil madaniyat va ma’naviyat yo‘nalishida “Yilning eng yaxshi fortopianinachi” nomli ko‘rik tanlovida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va sertifikat bilan taqdirlangan.

Talabalar fikri

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali

https://www.youtube.com/shorts/tmnYvaL1k5s

Filial talabalari xalqaro olimpiada g'oliblari!

Joriy yilning 10-aprel kuni Almata shahridagi S.J. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universitetida “Ortopedik stomatologiya” yo‘nalishida xalqaro talabalar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. ✅ Mazkur olimpiadada filialning stomatologiya yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar hamda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar: 🥈 Nabiyev Shaxboz Shoxrux o‘g‘li – 2-o‘rin (stomatologiya yo'nalishi 3-kurs talabasi) 🥈 Yoqubov Nuriddinxon Mexmonxon o‘g‘li – 2-o‘rin (stomatologiya yo'nalishi 3-kurs talabasi) 🥉Norjumayev Sardor Shavkatovich – 3-o‘rin (stomatologiya yo'nalishi 2-kurs talabasi) 🏆Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Sadaan Sayyed

Sadaan Sayyed Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 3-kurs talabasiman men chet el fuqarosiman . Bu yerda bizga juda ham sharoitlar yaratilgan.

Sadaan Sayyed

Sadaan Sayyed Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 3-kurs talabasiman men chet el fuqarosiman . Bu yerda bizga juda ham sharoitlar yaratilgan.