Shahrisabz shahri
Qashqadaryo viloyati
148,000
Aholi
11
Universitetlar
4
Muzeylar
2
Kutubxonalar
1
Aeroportlar
1
Temir yo'l vokzallari
Shahrisabz - O‘zbekistonning eng go‘zal va so‘lim shaharlaridan biridir. Uning nomi fors tilidan tarjima qilinganda “yashil shahar” degan ma’noni anglatadi va bu ta’rif Shahrisabzga juda mos keladi, chunki shahar haqiqatan ham bog‘u-rog‘lar va daryolarning Zumrad yashilliklariga ko‘milgan go‘shadir.
Shahrisabzning diqqatga sazovor joylari Shahrisabz o‘zining boy tarixiga mos ravishda mehmonlar qiziqishiga sabab bo‘ladigan o‘zining bir qator madaniy-meros va arxitektura yodgorliklariga ega. Ko‘hna Keshning diqqatga sazvor arxitektura obyektlari 20 tani shulardan 3 tasi YUNESKOning umuminsoniy qadriyatlari kitobiga kiritilgan. Bundan tashqari shaharning ona-tabiat in’omlari bilan insonlarning madaniy hordiq chiqarishini ta’minlaydigan obyektlarga boy go‘shadir.
Shahirsabzning me’moriy yodgorliklari
Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi
Ko‘k gumbaz masjidi
Gumbazi Sayyidon maqbarasi
Jahongir Mirzo maqbarasi
Amir Temur yer osti dahmasi
Hazrati Imom masjidi
Oq saroy majmuasi
Chorsu majmuasi
Koba karvon saroyi
Chubin madrasasi
Shayx Arslonbobo ziyoratgohi
Shahrisabzdagi dam olish maskanlari
Miraki turistik zonasi
Miraki sanatoriyasi
Lochin oromgohi
Suv tushar sharsharasi
G‘yelon etno qishlog‘i
Hisorak dam olish maskani
Mingchinor dam olish markazi
Mingchinor sanatoriyasi
Yosh-alangachi oromgohi
Zamonaviy bilimlar olish uchun maskanlar
Shahrisabz kasb-hunar o‘qitish markazi (KOICA)
IT park
Shahrisabz davlat universiteti
Toshkent kimyo-texnologiya instituti filiali
Bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdagi maskanlar
Shahrisabz davlat muzey qo‘riqxonasi
Navro‘z parki
Rayhon bog‘i
Hayvonot bog‘i
Iqlim. Shahrisabzning tabiat iqlimi yumshoq ob-havosi bilan e’tiborga loyiq. Mintaqadan oqib o‘tuvchi daryolar, kanallar hamda yer osti suvlari shahar atmosferasini namlab huzurbaxsh iqlimni taqdim etadi. Ammo issiq kunlarda ko‘chada chiqqanda albatta ko‘zoynak, soyabon yoki bosh kiyim bilan chiqish tavsiya etiladi.
Shahrisabzda Sovg‘alar va suvenirlar hamda hunarmandchiligi haqida-Shahrisabz o‘zining boy tarixidan bugungi kunga qadar yetib kelgan urf-odatlar, an’analar bugungi kun shahar hunarmandlarini ijod qilishga tarixiy buyumlarni va asbob-uskunalarini yasashga undab kelayotgani mubolag‘a emas. Shahrisabz davlat muzey qo‘riqxonasida faoliyat olib borayotgan usta-duradgorlar, kulolchilar, gilamdo‘zlar, yog‘och o‘ymakorlari, beshikdo‘z, temirchi, kashtachilar, popopchilar, rassomlar, musiqachilar, haykaltaroshlar va boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar o‘z ijod na’munalarini horijdan tashrif buyurgan turistlaru, mehmonlarga Shahrisabzdan suvenirlar va esdalik sovg‘alari taqdim etib kelishmoqda. Shuningdek yuqorida keltirilgan hunarmandlar “Ustoz-shogird” an’anasiga xos ravishda o‘z hunarlarini sir-sanoatini o‘rgatish maqsadida shogirdlar olib o‘rgatib kelishmoqda. Agarda siz shahrisabzga kelsangiz albatta Shahrisabz davlat muzey qo‘riqxonasiga tashrif buyuring va dunyoning boshqa go‘shalaridan topolmaydigan taasurotlarga hamda yoru-do‘stlaringiz uchun Ko‘hna Keshdan sovg‘alar va suvenirlarni toping.
Oshxona (gastronomiya)-Shahrisabz ham boshqa dunyo shahalari singari milliy va chet-el taomlariga moslashgan restoran, kafe, bar, tamaddixona va oshxonalar tarmoqlariga boydir. Hisor tog‘ tizmasidan shifobaxsh giyohlar bilan yetilgan chorvachilik mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarning mazzasi kelgan turist va mehmonlarning e’tirofiga sabab bo‘ladi. Agarda siz Shahrisabzga tashrif buyursangiz albatta Chorsu restoraniga tashrif buyuring. Restoranning arxitekturasidan taomigacha va xodimlarning iltifotidan biroz hijolat bo‘lasiz. Qashqadaryo viloyatining boshqa shaharlaridan ajralib turadigan Shahrisabz taomlaridan palov, somsa, tandir kabob, yaxna go‘sht, go‘ja, qizilcha yozning issig‘ida kishining chanqog‘ini bosadigan chalop, turli xil meva sharbatlari alohida etirofga loyiq. Shuningdek shahar markazida joylashgan Shahrisabz dehqon bozori va Yangi Kesh bozorlariga hamda Arabon majmuasiga tashrif buyuring va sarxil mevalar va donaklar, poliz mahsulotlaridan bahramand oling.
Fotosurat zonalari
Esdalik fotosuratlar bugungi zamon kishilarining hamrohi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shahrisabzda bo‘lganingizda albatta qadimiy qadamjolaru, tabiiat manzaralariga boy bo‘lgan go‘shalarini sizga tanishtiramiz.
Shahrisabz davlat muzey qo‘riqxonasi siz bu yerga qadimiy qadamjoylardan iborat arxitektura yodgorliklaridan ochiq osmon ostidagi muzeyga kirib qolgandek bo‘lasiz va har bir obyekt bilan fotosuratlar olishingiz mumkin.
Shahar markazida joylashgan parklar: “Navruz” bog‘i siz bu yerda yoshlar bop ko‘ngil ochar atraksionlardan va bog‘ o‘rtasidagi ko‘lda sol, eshkakli qayiqlardan zavqlanib ta’surotlaringizni suratlarda muhrlashingiz mumkin.Shahrisabz shahridan 30 daqiqalik masofada joylashgan Miraki shaharchasiga tashrif buyurishingiz va Hisorak suvombori yelkasida hamda katerda sayohatlaringizni suratlar bilan ifodalashingiz mumkin.
- Shahrisabzdan 40 daqiqalik masofada joylashgan Taxtaqoracha dovoniga tog‘ sayohatiga chiqishingiz va olam-olam taasurotlaringizni fotosuratlarda izohlashingiz mumkin bo‘ladi.
- Qashqadaryoda yagona hisoblangan Hayvonot bog‘iga tashrif buyurishingiz va Hisor tog‘ tizmasida uchraydigan hamda dunyoning boshqa davlatlaridan keltirilgan hayvonot dunyo bilan tanishishingiz, ozuqlantirishingiz va asosiysi foto galereyangizni boyitishingiz mumkin.
Shahrisabz ta’lim sohasida ham o‘zini rivojlantirayotgan shahardir. Universitetlar, akademiyalar va ilmiy markazlar shahar taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Bu, ta’limning sifatini oshirish, yangi sohalarda innovatsiyalarni rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda katta ro‘lini o‘ynaydi. Shahar, atrof-muhitni saqlash, tabiiy resurslarni sarmoya qilish, energiya samaradorligini oshirish va ekologik qonunlar bilan mustahkamroq bo‘lishga intiladi. Bu, shahar fuqarolarining hayot sifatini oshirish, yangi imkoniyatlarni yaratish va ekologik turmush tarzini mustahkam qilishga yo‘l qo‘ymoqda
Universitetlar
Osiyo texnologiyalar universiteti
Turon universiteti
Qarshi xalqaro universiteti
Qarshi davlat universiteti
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Qarshi shahridagi Turon universiteti
Qarshi davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Shahrisabz davlat pedagogika instituti