Dastur haqida
70411001 - Inson resurslarini boshqarish
Bilim sohasi: Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi: Inson resurslarini boshqarish
ECTS kreditlari: 120
Qisqacha tavsif:
Inson resurslarini boshqarish magistratura mutaxassisligi tashkilot va korxonalarda inson kapitalini strategik boshqarish, xodimlarni tanlash, joylashtirish, baholash, rivojlantirish va rag‘batlantirish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ta'lim jarayonida zamonaviy HR menejmenti, mehnat munosabatlari, tashkilot xulq-atvori, iste’dodlarni boshqarish, kompensatsiya va motivatsiya tizimlari, HR-analitika, raqamli HR texnologiyalari, mehnat qonunchiligi hamda ilmiy tadqiqot metodologiyasi chuqur o‘rganiladi. Dastur bitiruvchilarda strategik fikrlash, inson resurslarini samarali boshqarish va ilmiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish kompetensiyalarini shakllantiradi.
Amaliyot:
Magistratura talabalari quyidagi tashkilot va muassasalarda amaliyot o‘tashlari mumkin: Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari; idoralar va mahalliy davlat boshqaruvi organlari; Davlat va xususiy korxonalar; Aksiyadorlik jamiyatlari va yirik korporatsiyalar; Kadrlar (HR) departamentlari va personalni boshqarish bo‘limlari; Bandlik va mehnat munosabatlari sohasidagi tashkilotlar; Xalqaro kompaniyalar va qo‘shma korxonalar; Biznes inkubatorlari hamda inson kapitalini rivojlantirish markazlari.
Karyera istiqbollari:
Mazkur mutaxassislik bitiruvchilari quyidagi lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin: HR menejeri (Inson resurslari menejeri); Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish menejeri; HR-analitik; Tashkiliy rivojlanish bo‘yicha menejer; Korporativ treninglar bo‘yicha mutaxassis; Davlat boshqaruvi organlarida kadrlar bo‘yicha rahbar va bosh mutaxassis; Konsalting kompaniyalarida HR eksperti; Oliy ta'lim muassasalarida o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchi; Doktorantura (PhD) bosqichida ilmiy faoliyatni davom ettirish.
O'xshash dasturlar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Marketing
17 999 999 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Iqtisodiyot
—
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Iqtisodiyot
25 420 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
—