WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Inson resurslarini boshqarish

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60411000 - Inson resurslarini boshqarish
Bilim sohasi: Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi: Inson resurslarini boshqarish

ECTS kreditlari: 240
Qisqacha tavsif:
Dasturning maqsadi - talabalarda tashkilot va korxonalarda inson resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, xodimlarni rejalashtirish, tanlash, joylashtirish, rag‘batlantirish, baholash, rivojlantirish va mehnat munosabatlarini boshqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha kompetensiyalarni rivojlantirishdan iborat.

Amaliyot: Talabalar o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarni o‘taydilar. Amaliyot davlat tashkilotlari, xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, banklar, konsalting kompaniyalari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarida tashkil etiladi. Amaliyot davomida talabalar boshqaruv faoliyati, biznes jarayonlari va korxona faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttiradilar.

Karyera istiqbollari: “Inson resurslarini boshqarish” yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislar davlat tashkilotlari, xususiy korxonalar, banklar, ta’lim muassasalari va xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritishlari mumkin. Dastur magistratura va keyinchalik doktorantura (PhD) bosqichlarida o‘qishni davom ettirish uchun zarur nazariy asosni beradi.

O'xshash dasturlar