WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Amerika texnologiyalar universiteti

Biznes va texnologiyalar

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Qo'shma dastur

Dastur haqida

Ushbu AUT dasturi Arizona State University (ASU) tomonidan taklif etiladigan va nufuzli W. P. Carey School of Business tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida yaratilgan. Dastur talabalarga biznes tahlili, axborot tizimlari, loyiha boshqaruvi hamda raqamli transformatsiya sohalarida muhim bilim va ko‘nikmalarni beradi.

Amaliy mashg‘ulotlar, real biznes loyihalari va amaliyot (internship) orqali talabalar olgan bilimlarini bevosita ish faoliyatida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Asosiy o‘quv natijalari

  • Strategik biznes qarorlarini qabul qilishda ma’lumotlar tahlilidan foydalanish.
  • Tashkilot jarayonlarini optimallashtirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
  • Texnologiyalarga asoslangan loyihalarni samarali boshqarish.
  • Texnologiyalarni joriy etishda axloqiy tamoyillar va mas’uliyatli yondashuvni qo‘llash.
  • Turli jamoalar bilan hamkorlik qilib, biznes yechimlarini ishlab chiqish.

Bitta emas, ikkita diplom: 3+1 dasturi

4 yil ichida ikkita bakalavr diplomi

Business and Technology dasturi ASUning W. P. Carey School of Business bilan hamkorlikda tashkil etilgan 3+1 Dual Degree Pathway dasturini taklif etadi.

Talabalar dastlabki uch yilni AUTda tahsil olib, so‘nggi yilni esa ASUda (Arizona shtatida kampusda yoki onlayn shaklda) yakunlaydilar. Natijada ular atigi to‘rt yil ichida ikkita bakalavr diplomiga ega bo‘ladilar.*

ASU kampusida tahsil olishni tanlagan talabalar OPT (Optional Practical Training) dasturiga ariza topshirishlari mumkin. Dastur talablari bajarilgan taqdirda, bitiruvchilar AQShda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha uch yilgacha qonuniy ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar (dastur talablariga qarab).

Siz quyidagi diplomlarga ega bo‘lasiz:

  • Business and Technology yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomi — American University of Technology (AUT), O‘zbekiston
  • Applied Business and Technology Solutions yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomi — W. P. Carey School of Business, Arizona State University (ASU), AQSh

O'xshash dasturlar