Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
Dastur haqida
INSON RESURSLARI VA MAHALLA TARAQQIYOTINI BOSHQARISH INSTITUTI
70411401 – Inson resurslarini boshqarish
Bu yo‘nalishda tahsil olgan magistr talabalar iqtisodiy va boshqaruvga oid fanlarni mukammal o‘rganadi.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy amaliyot |
Mustaqil ta’lim |
Ilmiy –tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash |
Ilmiy –pedagogik ishi |
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) |
Magistrlik dissertatsiyasini himoyasi |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
Amaliy |
Laboratoriya |
Seminar |
|||||||||
|
120 |
4020 |
650 |
322 |
312 |
|
16 |
|
420 |
2950 |
720 |
180 |
420 |
180 |
1-bosqichda Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanlari hamda mutaxassislik bo`yicha maxsus fanlarni o`qitish metodikasi, zamonaviy iqtisodiy nazariya, inson resurslarini boshqarish, raqamli iqtisodiyot, personalni strategik boshqarish, korxonada kadrlar siyosati, demografiya, mehnat bozori infratuzilmasi, kadrlar konsaltingi va auditi fanlari o`tiladi.
2-bosqichdan boshlab tanlov fanlari o`tiladi hamda belgilangan joylarda ilmiy amaliyot olib boriladi.
2 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng talabalarga inson resurslarini boshqarish bo`yicha mutaxassislik beriladi.
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10% gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Nazariy va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat |
45 |
1-4 |
|
Attestatsiyalar |
12 |
1-4 |
|
Ta’til |
11 |
1,2,3 |
|
Davlat attestatsiyasi |
2 |
4 |
|
Qayta topshirish |
11 |
1,2,3 |
|
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash |
9 |
1-4 |
|
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) |
6 |
4 |
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish, tanlov fanlarini tanlash |
4 |
1,2 |
|
Jami |
100 |
|
TA’TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)
- 2-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan iyul oyi oxirigacha.
FANLAR
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
- Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar
- Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi
- Zamonaviy iqtisodiy nazariya
- Inson resurslarini boshqarish
- Raqamli iqtisodiyot
- Personalni strategik boshqarish
- Korxonada kadrlar siyosati
- Demografiya
- Mehnat bozori infratuzilmasi
- Kadrlar konsaltingi va auditi
- Aholi turmush tarzi va daromadlari
- Demografik tahlil
- Zamonaviy mehnat iqtisodiyoti
- Korporativ ijtimoiy mas’uliyat
O'xshash dasturlar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Marketing
17 999 999 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Iqtisodiyot
—
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Iqtisodiyot
25 420 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
—