Dastur haqida
"Davolash ishi" yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotli shifokor boʻlishni maqsad qilgan boʻlsangiz, kirish imtihonlarida asosan Biologiya va Kimyo fanlaridan test topshirishingiz kerak boʻladi. Oʻzbekiston tibbiyot oliygohlarida ushbu yoʻnalishda bakalavriat bosqichi 6 yil davom etadi va bitiruvchilarga "Umumiy amaliyot shifokori" malakasi beriladi. Bu yoʻnalish eng yuqori raqobat va yuqori oʻtish ballari bilan ajralib turadi, shuning uchun poydevor fanlarni mukammal oʻzlashtirish va imtihonga jiddiy tayyorgarlik koʻrish talab etiladi.
60910200 - Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 6 yil. 1.1. Qo‘llanish sohasi 1.1.1. Malaka talabining qo‘llanishi. Malaka talabi 60910200- Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlovchi barcha tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuyini ifodalaydi. 1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari: Mazkur taʼlim yoʻnalishi boʻyicha malaka talablari, oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida oʻquv jarayonini samarali amalga oshirish uchun masʼul hamda oʻz vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, oʻquv boʻlimi boshligʻi, dekanlar va kafedra mudirlari) va professoroʻqituvchilari; taʼlim yoʻnalishining oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini oʻzlashtiruvchi oliy taʼlim muassasasining talabalari; bakalavriat bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari; taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari; oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirishni taʼminlovchi organlar; oliy taʼlim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari; kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar; oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirayotgan abituriyentlar, ularning otaonalari va boshqa manfaatdor shaxslar. 1.2. Kasbiy faoliyatlarining tavsifi. 1.2.1. Kasbiy faoliyatining sohalari: Fan va sog‘liqni saqlashga tegishli ta’lim yo‘nalish bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, o‘tkir va surunkali kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish, yuqumli kasalliklarni oldini olish doirasida epidemiya va pandemiyaga qarshi chora - tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullaridan keng foydalangan holda bemorlarning tibbiy muammolari bo‘yicha asosiy vazifalarni hal qilish, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida tibbiy-ijtimoiy vazifalarni bajarish bo‘yicha kompleks masalalarni yechishni o‘z ichiga oladi. 1.2.2. Kasbiy faoliyatlarining obyektlari: Davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasaalari, sog‘liqni saqlash sohasiga doir barcha tashkilot va muassasasalar, jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari (tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlari) va b. 60910200- Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtgan taqdirda, professional taʼlim muassasalarida taʼlimning vakolatli “60910200 – Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 5 boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini oʻqitish boʻyicha pedagogik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi. 1.2.3. Kasbiy faoliyatlarining turlari: ilmiy-tadqiqot tibbiy-profilaktik; tashxislash va davolash; tashkiliy-boshqaruv; axborot-tahliliy. 1.2.4. Kasbiy vazifalari 60910200-Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq, bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni samarali bajarishga qodir boʻlishi lozim: Ilmiy-tadqiqot faoliyatida: ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarda tarmoqlar va sohalarni zamonaviy boshqarish usullari bo‘yicha ilmiy- tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish; sog‘liqni saqlash sohalarining barcha bo‘g‘inlari subyektlarni zamonaviy boshqarish tizimini ta’minlashga bag‘ishlangan mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi fan-texnika yutuqlari, maxsus adabiyotlar va boshqa ilmiy-texnik axborotlarni o‘rganish va tizimlashtirish; tarmoqlar va sohalarni zamonaviy boshqarish tizimini ta’minlash borasidagi muammoli mavzular bo‘yicha iqtisodiy axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish ishlarini amalga oshirish; ilmiy- tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish; Tadqiqot natijalari va ishlanmalarni tatbiq etish. Tibbiy-profilaktik faoliyatda: sog‘lomlashtirish, sanitar-gigiyenik va profilaktik chora-tadbirlar kompleksini mustaqil tarzda ishlab chiqish, muvofiqlashtirishi va o‘tkazishi; aholi va bemorlar orasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shaklantirish, ularning jismoniy, tibbiy faolligini oshirishi; tibbiy-profilaktika yo‘nalishida qo‘llanilayotgan ilg‘or profilaktik tadbirlarni o‘rganishi va amaliyotga tadbiq etishi; tibbiy-profilaktika yo‘nalishida profilaktik chora-tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha to‘liq hajmdagi zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis sifatida mustaqil amaliy faoliyatni amalga oshirishni egallash va baholash qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. Tashxislash va davolash faoliyatda: bolalar va katta yoshdagi bemorlar salomatligini saqlash va mustahkamlashda, shu jumladan sog‘lom turmush tarzini shakllanirishda, kasalliklar paydo bo‘lishi va (yoki) tarqalishining oldini olishda, ularni erta tashxislashga, sabablari va sharoitlarini aniqlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek atrof-muhit omillarining bolalar va kattalar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini bartaraf etishga tayyor bo‘lishi; “60910200 – Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 6 profilaktik tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lom bolalar va kattalar surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni dispanser kuzatuvidan o‘tkazishga tayyor bo‘lishi; epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish, radiatsiya holati yomolashgan, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarda, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar markazlarida aholini himoya qilishni tashkil etishi; bolalar va kattalar salomatligi ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va tibbiy-statistik tahlil qilish uchun ijtimoiy va gigiyenik usullardan foydalanishi; holatni aniqlash yoki kasallikning mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlash uchun bemorlarning shikoyatlarini, anamnezidagi ma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini, laboratoriya, instrumental, patologik va boshqa tadqiqotlarni yig‘ish va tahlil qilishi; bemorlarda Xalqaro statistik tasnifi (43-Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan qabul qilingan, X-qayta ko‘rish, Jeneva, 1989) va tegishli sog‘liq muammolariga muvofiq asosiy patologik holatlarni, kasallik belgilarini, sindromlarini, nozologik shakllarini aniqlashi; shoshilinch tibbiy aralashuvni talab qiladigan sharoitda bo‘lgan bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etishi; fiziologik homiladorlikni tug‘ruq jarayonini o‘tkazishi; favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko‘rsatishda, shu jumladan tibbiy evakuatsiya qilishda ishtirok etishi; tibbiy reabilitatsiya va sanitor-kurort davolanishga muhtoj bemorlarda tabiiy davolovchi omillar, dori-darmon, dorivor bo‘lmagan terapiya va boshqa usullardan foydalanish zarurligini aniqlashi. Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari (tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlari) bo‘lim mudirlari, bosh vrachlari yordamchilari, tuman va shahar markaziy shifoxonalarida bosh shifokor birinchi o‘rinbosalarining yordamchilari; shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda ularning hududiy fililallari bosh shifokor o‘rinbosarlari yordamchilari; sog‘liqni saqlashda birlamchi bo‘g‘in ishini tashkil qilish va uni boshqarish; bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlari natijalarini baholash; kasbga oid muammolar yechimlarini amaliyotga tadbiq etish, ishlab chiqarish jarayonida sifatni boshqarish; Axborot-tahliliy faoliyatida: loyihalar samaradorligini baholash; axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash; boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash. 2. Kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar keng dunyoqarashga, zamonaviy hamda tizimli bilimlarga ega bo‘lishi; sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. “60910200 – Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 7 gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi; ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi; tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi; insonning boshqa insonga, jamiyatga va atrof-muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy hamda ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi; axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi; tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobotbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi; yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi lozim; ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga; tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga; kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadilar; kasbiy faoliyatida axloqiy va deontologik tamoyillarni amalga oshirishni bilish; tibbiy xujjatlarni yuritish qoidalarini bilish; kasbiy muammolarni hal etish uchun inson organizmidagi morfofunksional, fiziologik holatlarni va patologik jarayonlarni baholashni bilish; tibbiy yordam ko‘rsatishda ko‘zda tutilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; bolalar va katta yoshdagi bemorlar salomatligini saqlash va mustahkamlashda, shu jumladan sog‘lom turmush tarzini shakllanirishda, kasalliklar paydo bo‘lishi va (yoki) tarqalishining oldini olishda, ularni erta tashxislashga, sabablari va sharoitlarini aniqlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek atrof-muhit omillarining bolalar va kattalar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini bartaraf etishga tayyor bo‘lish; profilaktik tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lom bolalar va kattalar surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni dispanser kuzatuvidan o‘tkazishga tayyor bo‘lish; epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish, radiatsiya holati yomolashgan, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarda, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar markazlarida aholini himoya qilishni tashkil etish; bolalar va kattalar salomatligi ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va tibbiy-statistik tahlil qilish uchun ijtimoiy va gigiyenik usullardan foydalanish; holatni aniqlash yoki kasallikning mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlash uchun bemorlarning shikoyatlarini, anamnezidagi ma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini, laboratoriya, instrumental, patologik va boshqa tadqiqotlarni yig‘ish va tahlil qilish; “60910200 – Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 8 bemorlarda Xalqaro statistik tasnifi (43-Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan qabul qilingan, X-qayta ko‘rish, Jeneva, 1989) va tegishli sog‘liq muammolariga muvofiq asosiy patologik holatlarni, kasallik belgilarini, sindromlarini, nozologik shakllarini aniqlash; vaqtincha mehnatga layoqatsizlik tekshiruvini o‘tkazishda, tibbiy-ijtimoiy ekspertizani o‘tkazishda ishtirok etish, odamning biologik o‘limini aniqlash; turli nozologik shakllari bo‘lgan bemorlarni boshqarish taktikasini aniqlash; ambulatoriya sharoitida va kunduzgi statsionarda turli nozologik shakllari bo‘lgan bemorlarni boshqarish va davolash; to‘satdan o‘tkir kasalliklarga chalingan, bemorning hayotiga tahdid bilan birga kelmaydigan va shoshilinch tibbiy yordam talab etmaydigan surunkali kasalliklarning kuchaygan holatlarida birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish; shoshilinch tibbiy aralashuvni talab qiladigan sharoitda bo‘lgan bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etish; fiziologik homiladorlikni tug‘ruq jarayonini o‘tkazish; favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko‘rsatishda, shu jumladan tibbiy evakuatsiya qilishda ishtirok etish; tibbiy reabilitatsiya va sanitor-kurort davolanishga muhtoj bemorlarda tabiiy davolovchi omillar, dori-darmon, dorivor bo‘lmagan terapiya va boshqa usullardan foydalanish zarurligini aniqlash; bolalar va ularning ota-onalariga (qonuniy vakillariga), kattalarga sog‘liqni saqlashning asosiy gigiyenik tadbirlarini, sog‘liqni saqlash va mustahkamlashga, kasallikning oldini olishga hissa qo‘shadigan asosiy fiziologik ko‘rsatkichlarni o‘zo‘zini boshqarish ko‘nikmalarini o‘rgatish; asosiy tibbiy–statistik ko‘rsatkichlardan foydalangan holda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini baholashda ishtirok etish; tibbiy ma’lumotlarni tahlil qilish va ommaviy dalillarga asoslangan tibbiyotga asoslangan ravishda namoyish etish; ilmiy-tadqiqotlarda ishtirok etish; fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan yangi usul va uslublarni amalga oshirishda ishtirok etish. 3. Amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar. Malakaviy amaliyot – umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uygʻunlashtirish, tegishli amaliy koʻnikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Taʼlim yoʻnalishi boʻyicha quyidagi amaliyotlar oʻtkaziladi: 1. Oʻquv tanishuv amaliyoti; 2. Ishlab chiqarish amaliyoti; 3. Bitiruv oldi amaliyoti.
O'xshash dasturlar
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Davolash ishi
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali
Farmatsiya
30 000 000 so'm
yiliga
Zarmed universiteti (Buxoro kompusi)
Davolash ishi
28 000 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Biotibbiyot muhandisligi
14 400 000 so'm
yiliga