Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
3,316
Talabalar
618
Xorijiy talabalar
195
O'qituvchilar
10
Fakultetlar
7
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti (oldingi Buxoro innovatsion tibbiyot instituti) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) tomonidan berilgan 2022-yil 28-iyuldagi nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya (reyestr raqami L-4409219) raqami №222841 bo‘lgan hujjat asosida 2022-yildan buyon o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti O‘zbekistondagi tibbiyotga ixtisoslashtirilgan 20 ta oliy ta’lim tashkilotlari ichida TOP-10 talikda joylashgan bo‘lib, yuqori darajadagi kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan rasmiy tibbiyot oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Universitetda 6 ta bakalavr, 11 ta magistratura hamda 28 ta ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha yo‘nalishlar memnuniyat bilan taqdim etilgan bo‘lib, abituriyentlar kunduzgi ta’lim yo‘nalishida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universitetida 4 ta kafedra mavjud bo‘lib, 60 nafar ilmiy salohiyatli dotsentlar va professorlar, shuningdek, 120 dan ortiq o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
Universitet infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasi, simulyatsion markazi, stomatologiya markazi hamda tibbiy klinikasi “Inson umrini uzaytirish” maqsadi yo‘lida “Shifokorlik abadiyat kasbi” shiori ostida xizmat qilib kelmoqda.
Universitet talabalari o‘qishga qabul qilingan kunidanoq nazariy dars mashg‘ulotlari bilan bir vaqtda amaliyot o‘tab borish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan kasbiy ilmlarni viloyatning barcha sog‘liqni saqlashga ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida shakllantirish, rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Universitet o‘zining kampusida joylashgan 1000 o‘rinli talabalar turar joyiga ega bo‘lib, bu talabalarimizga qulay imkoniyat va yengillik yaratadi.
Shuningdek, talabalarga amaliy ko‘nikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladigan 10 qavatli Jahon JCI akkreditatsiyasi talablari asosida qurilayotgan klinikasi ham mavjud bo‘lib, bu talabalar amaliyoti va kelajakda ish bilan ta‘minlanishi uchun asos bo‘lik hisoblanadi.
Universitetimiz talabalari orasida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, jamoatchilik ishlarida faol bo‘lgan, namunali xulqi, ilmu odobi bilan ajralib turgan talabalar har o‘quv yili yakunida “Yilning eng yaxshi yigit/qiz talabasi”, “Yilning eng yaxshi guruhi”, “Yilning eng yaxshi volontyori”, “Yilning eng yaxshi zakovatchisi”, “Yilning eng yaxshi sportchi talabasi” kabi nominatsiyalari bo‘yicha munosib taqdirlanadilar.
Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti orzularingiz ro‘yobidir.
Kelajagingizni biz bilan birgalikda quring!
Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti MCHJ tarkibida Buxoro innovatsion tibbiyot texnikumi, BITU kids bolalar bog‘chasi, BITU maktab, LaBITI beauty salon, BITI flower’s, BITU story, BITU stomatologiya, BITU Talant, BITU BITU Robot kabi 20 ga yaqin yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini olib borib, 500 dan ortiq yoshlarni ish bilan ta‘minlab kelmoqda. Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Xorijiy talabalar uchun
Talabalar turar joyi va qoidalar
Qulayliklar va xizmatlar
- Zamonaviy qulayliklarga ega xonalar
- 24/7 xavfsizlik va qo'llab-quvvatlash xizmati
- Umumiy oshxonalar va dam olish hududlari
- Yuqori tezlikdagi internet tarmog'i
- Kampus binolariga yaqinlik
- Bir kishilik va ko'p kishilik xonalar mavjud
- O'g'il va qiz bolalar uchun yotoqxonalar alohida
Qat'iy qoidalar
- Soat 22:00 dan keyin tashqariga chiqish taqiqlanadi
- Yotoqxonada uy hayvonlarini saqlashga ruxsat etilmaydi
- Chekish va spirtli ichimliklar iste'mol qilish qat'iyan man etiladi
Oziq-ovqat va oshxona xizmatlari
Xorijiy talabalar vatan sog'inchini his qilmasliklari uchun universitet turli xil taomlarni taqdim etadi. Universitetning o'ziga tegishli katta oshxonasi bo'lib, u yerdan talabalar o'zlari uchun taom xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, o'zlari bilan olib ketish (take-away) xizmatlari ham mavjud. Yotoqxonaning o'zida talabalar talabiga binoan xalqaro taomlar tayyorlanishi yo'lga qo'yilgan. Universitet dasturlarida talabalar uchun maxsus ovqatlanish paketlari va kampus kafeteriysida moslashuvchan ovqatlanish rejalari mavjud.
Buxoro milliy taomlari
Buxoro O'zbekistonning pazandachilik markazlaridan biri bo'lib, o'zining takrorlanmas taomlari bilan mashhur.
- Buxoro oshi (Oshi-Sofi): Mis qozonda qavatma-qavat qilib pishiriladigan, ko'pincha mayiz qo'shiladigan o'ziga xos palov.
- Buxoro somsasi: Tandirda pishiriladigan, go'sht va piyozli uchburchak shaklidagi somsa.
- Shashlik: Yupqa to'g'ralgan piyoz va sirka bilan tortiladigan turli xil go'shtli kaboblar.
- Qozon kabob: Qovurilgan go'sht va kartoshkadan iborat to'yimli taom.
- Manti: Ziravorlangan go'sht va piyoz solib, bug'da pishiriladigan milliy taom.
- Laghmon: Qo'lda cho'zilgan xamir, go'sht va sabzavotli sho'rva yoki qovurma ko'rinishida.
- Chalop: Yozning issiq kunlarida ichiladigan, bodring va ko'katlar qo'shilgan muzdek qatiqli sho'rva.
Buxoroda hayot va madaniy meros
Buxoroda hayot Buyuk Ipak yo'lining qadimiy an'analari va zamonaviy o'zbek madaniyatining uyg'unligidan iborat. 2500 yillik tarixga ega bu voha shahrining aholisi YuNESKO ro'yxatiga kiritilgan me'moriy obidalar yonida, osoyishta va boy islomiy meros muhitida istiqomat qiladi.
Kundalik hayotning asosiy jihatlari
- Muhit: "Ochiq osmon ostidagi muzey"ni eslatuvchi osoyishta va jozibador shahar.
- Madaniy uyg'unlik: O'zbek, tojik va tarixiy fors an'analarining qorishuvi.
- Kundalik turmush: Labi Hovuz atrofidagi sayrlar va qadimiy savdo gumbazlaridagi xaridlar.
- An'analarga hurmat: Muqaddas qadamjolarga hurmat va kiyinish madaniyatiga e'tibor qaratiladi.
- Zamonaviylik: Tarixiylik bilan bir qatorda zamonaviy ta'lim, tibbiyot va qulayliklar mavjudligi.
Tarixiy va madaniy meros
- Minorai Kalon (1127): Chingizxon hujumidan omon qolgan shaharning ulkan ramzi.
- Ark qal'asi: Qadimda podshohlar qarorgohi bo'lgan mahobatli qal'a.
- Ismoil Somoniy maqbarasi: X asrga oid islom me'morchiligining nodir namunasi.
- Savdo gumbazlari: Toqi Sarrofon kabi Ipak yo'li savdosi markazlari.
- Ilmiy meros: Abu Ali ibn Sino va Imom al-Buxoriy kabi buyuk allomalar yurti.
Xalqaro hamkorlik
BUXORO INNOVATSION TA'LIM VA TIBBIYOT UNIVERSITETI — XALQARO HAMKORLIK
Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti (BITU) xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan, asosan tibbiyot yo'nalishlari bo'yicha, hamkorlik va akademik almashinuv dasturlarini faol rivojlantirib bormoqda. Bu yo'nalishdagi bosh maqsad — universitet xodimlarining ilmiy salohiyatini jahon standartlari darajasiga ko'tarish, jahonning yetakchi universitetlari ta'lim tizimidan namuna olib uni o'quv jarayoniga tatbiq etish, hamda professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalar o'rtasida xalqaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yishdir.
Hamkorlik doirasida universitet xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy ishlar va innovatsion g'oyalar ustida ishlash, dars berish usullarini takomillashtirish, xorijda amaliyot o'tash va xorijiy hamkorlarni universitetga jalb etish, shuningdek xalqaro dastur va grantlarda ishtirok etish yo'nalishlarida faoliyat olib boradi.
HAMKOR UNIVERSITETLAR
Wenzhou tibbiyot universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi).
2024-yil dekabrda imzolangan o'zaro anglashuv memorandumi (MOU) asosida hamkorlik yo'lga qo'yilgan: onlayn tibbiyot darsliklari bilan ta'minlash va ilmiy ishlar bo'yicha hamkorlik. Kelajakda an'anaviy xitoy tabobati — igna terapiyasi va issiqlik bilan davolash yo'nalishlari bo'yicha fakultet yoki qisqa kurslar tashkil etish rejalashtirilgan. Universitetning xalqaro reytinglardagi o'rinlari: QS Osiyo universitetlari reytingida #486, THE jahon reytingida 801–1000, ARWU (ShanghaiRanking) reytingida 501–600 (2026-yil); fanlar bo'yicha biznes va iqtisodda 401–500, tibbiyot fanlarida 501–600 o'rinda.
Ozarbayjon tibbiyot universiteti (AMU, Ozarbayjon).
2024-yil dekabrdagi MOU asosida professor-o'qituvchilar va talabalar uchun amaliyot dasturi yo'lga qo'yilgan, kelgusida ilmiy ishlar bo'yicha hamkorlik kengaytiriladi. AMU Boku shahridagi eng yirik tibbiyot muassasasi bo'lib, mamlakatda 5-o'rinni egallaydi va tibbiyot sohasida dunyo miqyosida 1001–1500 oraliqda joylashgan. Universitet umumiy tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika yo'nalishlari bo'yicha xalqaro akkreditatsiyaga (IAAR/WFME) ega va SDG 3 ("Sog'lom turmush va farovonlik") bo'yicha yuqori milliy reytinglarni ko'rsatadi.
Korea Aerospace University (Janubiy Koreya).
2025-yil oktabrda imzolangan shartnoma asosida universitetlararo qo'shma dastur yo'lga qo'yilmoqda; dastur doirasida talabalar Koreya va O'zbekistonda o'qib, dunyo tan oladigan diplom olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
2026-YIL REJALARI
2026-yil sentabr oyidan boshlab Wenzhou universiteti bilan bir qator ilmiy ishlar boshlanadi. 2026-yil yozida Ozarbayjon tibbiyot universitetida amaliyot dasturi o'tkaziladi — unda 10 nafar talaba va 2 nafar professor-o'qituvchi ishtirok etadi. Bundan tashqari, 2026-yilda xalqaro oliy ta'lim muassasalari bilan tibbiyot yo'nalishlari bo'yicha hamkorlik va almashinuv dasturlarining keng rejasi amalga oshiriladi.
2026-YILDAGI YANGI LOYIHALAR (IQTISOD VA XORIJIY TILLAR YO'NALISHLARI)
Universitet 2026-yilda iqtisod va xorijiy tillar yo'nalishlari bo'yicha ikkita yangi xalqaro hamkorlikni rejalashtirmoqda.
Staffordshire University (Buyuk Britaniya) — QS jahon reytingida 825-o'rin (2024), THE jahon reytingida 1201–1500 (2026), QS Barqarorlik reytingida 814-o'rin (2026), ijtimoiy inklyuziya bo'yicha Buyuk Britaniyaning eng yaxshi besh universiteti qatorida (Times va Sunday Times, 2025).
Asia Pacific University (APU, Malayziya) — QS jahon reytingida #597 (2026), QS Osiyo reytingida #147 (2026), ASEAN bo'yicha Top-4 va Malayziya bo'yicha Top-2 (2025); xalqaro talabalar xilma-xilligi bo'yicha dunyoda #10, xalqaro talabalar soni bo'yicha #16 o'rinda va 5-Stars Plus reytingiga erishgan birinchi Malayziya universiteti.
HAMKORLIKDA ISHTIROK ETISH TALABLARI
Xalqaro hamkorlik jarayonlarida ishtirok etish uchun xodim va talabalardan xorijiy tillarni (rus, ingliz, turk va b.) bilish, ilmiy ish olib borishda tajribaga ega bo'lish va o'z tajribasini boshqalar bilan bo'lishish talab etiladi.
Til kurslari
Til kurslari
Zamonaviy ta'lim tizimida xorijiy tillarni puxta o'zlashtirish va davlat tilida mukammal savodxonlikka ega bo'lish har bir mutaxassisning muhim kompetensiyalaridan biridir. Shu maqsadda universitetimizda talabalar, professor-o'qituvchilar hamda til o'rganishga qiziquvchi barcha tinglovchilar uchun o'zbek tili, koreys tili, rus tili va ingliz tili bo'yicha maxsus o'quv kurslari tashkil etilgan.
Mazkur kurslar zamonaviy o'quv dasturlari asosida, malakali va tajribali pedagoglar tomonidan olib boriladi. Mashg'ulotlar tinglovchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, boshlang'ich, o'rta hamda yuqori bosqichlarda tashkil etiladi.
Kurslar davomida tinglovchilarning quyidagi ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi:
- Og'zaki va yozma nutqni rivojlantirish;
- Grammatika bilimlari va lug'at boyligini oshirish;
- Tinglab tushunish hamda erkin muloqot qilish ko'nikmalarini shakllantirish;
- Xalqaro va milliy til sertifikatlari uchun samarali tayyorgarlik ko'rish.
Universitetimizning til kurslari nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishga ham qaratilgan. Interaktiv mashg'ulotlar, zamonaviy o'qitish metodlari va innovatsion ta'lim texnologiyalari yordamida tinglovchilar qisqa muddat ichida yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Talabalar uchun imkoniyatlar
0
Fakultetlar
Universitetimiz tibbiy ta’limning eng yuqori standartlariga javob beradigan bir qator bakalavriat dasturlarini taklif etadi. 2025–2026 o‘quv yili uchun mavjud bo‘lgan asosiy yo‘nalishlardan biri bu:
- Yo‘nalish kodi: 60910200
- Dastur nomi: Davolash ishi
- Semestr to‘lovi: 2900USD
- O‘qish muddati: 6 yil
Mazkur dastur kelajakdagi shifokorlar uchun chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni beradi. Bitiruvchilar sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritishlari yoki sohalar bo‘yicha o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
2025–2026 o‘quv yili uchun universitetimiz tomonidan taklif etilayotgan asosiy bakalavriat dasturlaridan biri bu:
- Yo‘nalish kodi: 60910100
- Yo‘nalish nomi: Stomatologiya (yo‘nalishlari bo‘yicha)
- Semestr to‘lovi: 2900 USD
- O‘qish muddati: 5 yil
Mazkur dastur bo‘lajak stomatologlar uchun keng qamrovli nazariy va amaliy ta’limni ta’minlaydi. Bitiruvchilar stomatologik muassasalarda ishlashlari yoki ixtisoslashgan yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limlarini davom ettirishlari mumkin.
2025–2026 o‘quv yili uchun universitetimiz quyidagi yo‘nalishni taklif etadi:
- Yo‘nalish kodi: 60310100
- Yo‘nalish nomi: Iqtisodiyot (kunduzgi)
- Semestr to‘lovi: 1500 USD
- O‘qish muddati: 4 yil
- Qabul davri: Mart–Sentyabr
Mazkur dastur talabalarni iqtisodiy nazariya, moliya va biznes tahlili bo‘yicha chuqur bilimlar bilan ta’minlaydi. Bitiruvchilar bank, davlat idoralari, korporativ moliya va ilmiy tadqiqot sohalarida ishlashlari mumkin.
Ta’lim yo‘nalishi: 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
Dastur muddati: 4 yil
Yillik kontrakt summasi: 2 000 AQSh dollari
Qabul davri: mart – sentyabr
Ushbu dastur ingliz filologiyasi, tilshunoslik va ta’lim sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Bitiruvchilar o‘qituvchi, tarjimon yoki tadqiqotchi sifatida ishlashlari mumkin.
Ta’lim yo‘nalishi: 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german tili)
Dastur muddati: 4 yil
Yillik kontrakt summasi: 2 000 AQSh dollari
Qabul davri: mart – sentyabr
Ushbu dastur roman-german filologiyasi, tilshunoslik va ta’lim yo‘nalishida malakali mutaxassislar tayyorlashga mo‘ljallangan. Bitiruvchilar o‘qituvchi, tarjimon yoki tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
Field of Study: 60230100 – Philology and Language Teaching (Uzbek Language)
Program Duration: 4 years
Annual Tuition Fee: 2,000 USD
Intake: March – September
This program is designed to train qualified specialists in Uzbek philology, linguistics, and language education. Graduates will be equipped to work as teachers, translators, or researchers in the field of Uzbek language and literature.
- Ta’lim yo‘nalishi: Magistratura – Tibbiyot yo‘nalishlari
- O‘qish muddati: 3 yil
- Har semestr uchun to‘lov: 3000 AQSh dollari
- Qabul davri: Mart – Sentyabr
Ushbu dastur tibbiyot sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Bitiruvchilar klinik amaliyot, ilmiy-tadqiqot ishlari va sog‘liqni saqlash tizimida yetakchi lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin.
- Ta’lim yo‘nalishi: Magistratura – O‘zbek tili va adabiyoti
- O‘qish muddati: 2 yil
- Har semestr uchun to‘lov: 1 500 AQSh dollari
- Qabul davri: Mart – Sentyabr
Ushbu dastur o‘zbek tili va adabiyoti sohasida ilmiy va nazariy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlaydi. Bitiruvchilar o‘qituvchilik, ilmiy izlanishlar va til-adabiyot sohasidagi boshqa sohalarda faoliyat yurita oladilar.
Ta’lim yo‘nalishi: Ordinatura – Tibbiyot yo‘nalishlari
O‘qish muddati: 2 yil
Har semestr uchun to‘lov: 3 000 AQSh dollari
Qabul davri: Mart – Sentyabr
Ushbu klinik ordinatura dasturi tibbiyot sohasida chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Bitiruvchilar klinik amaliyot, ilmiy-tadqiqot ishlari va sog‘liqni saqlash tizimida yetakchi lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin.
Ta'lim yo'nalishlari
| Boshlang'ich ta'lim 60110400 | Bakalavr |
| Davolash ishi 60910200 | Bakalavr |
| Endokrinologiya 70910202 | Ordinatura |
| Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Bakalavr |
| Neyroxirurgiya 70910214 | Magistr |
| O'zbek tili va adabiyoti (magistratura) 70110701 | Magistr |
| Ortopedik stomatologiya 80910706 | Magistr Ordinatura |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Bakalavr |
| Pedagogika va psixologiya 70110102 | Bakalavr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Stomatologiya 60910100 | Bakalavr |
| Travmatologiya va ortopediya 70910221 | Magistr |
| Yuqumli kasalliklar 70910207 | Ordinatura |
| Yuz-jag‘ xirurgiyasi 70910102 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Patologik anatomiya
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Plastik xirurgiya
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Dermatovenerologiya
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Laboratoriya ishi
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Bolalar xirurgiyasi
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Bolalar nevrologiyasi
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Anesteziologiya va reanimatologiya
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Travmatologiya va ortopediya
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Umumiy onkologiya
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Xirurgiya
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Terapiya
21 000 000 so'm
yiliga
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Akusherlik va ginekologiya
32 340 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Kamolova Elnora Kamolovna
Samandarova Azizabonu Utkirovna
Sayfulloyeva Gulobod Faxriddinovna
G‘aybulloyeva Baxshanda Baxshullo qizi
Rasulova Umida Tol qizi
Davlatova Shoira To'liboyevna