Qo'qon shahar
Farg`ona viloyati
310,000
Aholi
9
Universitetlar
17
Muzeylar
5
Kutubxonalar
1
Aeroportlar
1
Temir yo'l vokzallari
Xudoyorxon o‘rdasi
Xudoyorxon o‘rdasi XIX asrdagi O‘rta Osiyo tarixiy-me’moriy yodgorliklarining eng yiriklaridan biri hisoblanadi. O‘rda 1863-1873-yillarda so‘nggi Qo‘qon xoni Xudoyorxon tomonidan qurdirilgan. Saroy 4 gektarga yaqin maydonni egallaydi. Mazkur tarixiy yodgorlik dastlab 3 ta qism va 114 xonadan iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda faqatgina 19 ta xona saqlab qolingan. 1918-yilgi Turkiston Muxtoriyatini ag‘darish uchun qilingan bolsheviklarning hujumi natijasida o‘rdaning katta qismi vayron etilgan.
Saroyning darvozaxona peshtoqiga arab imlosida yirik harflar bilan “Arki oliy Said Muhammad Xudoyorxon” degan so‘zlar yozilgan. Uning qurilishida bir necha ming kishi qatnashgan. Qurilishga rahbarlik qilish uchun xonlikning o‘zidan tashqari, Buxorodan ham eng tajribali (80 nafar) ustalar jalb qilingan. Masalan, Mir Ubaydullo usta me’morboshi bo‘lgan, usta Soli xoji, Mulla Suyarqul, Fozilxo‘jalar devor va gumbazlarni qurishgan, usta So‘fi Yo‘ldosh o‘ymakor, usta Fozilxo‘ja esa naqqosh edi.
Bino qurilishida Samarqand, Buxoro va Xiva mumtoz me’morchiligida qo‘llanilgan ko‘k rangdan tashqari, sariq, qizil va zangori ranglar ham ishlatilgan. Sharqqa qaratib qurilgan o‘rda quyosh nurlari ostida, ayniqsa, chiroyli ko‘rinadi va yaltiroq koshinlarida ranglar porlab o‘ynab turadi.
Shahar suratlari
Universitetlar
Farg‘ona davlat texnika universiteti
Farg‘ona davlat universiteti
Qoʻqon universiteti
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
Central Asian Medical University
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Riga Nordic University Fargʻona filiali
Qo‘qon Davlat Universiteti