Qoʻqon universiteti
11,607
Talabalar
2
Xorijiy talabalar
129
O'qituvchilar
2
Fakultetlar
12
Kafedralar
2019
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Qo‘qon universiteti talabalari safiga qo‘shiling hamda ertangi kunga va munosib martabaga tayyorlaning!
O‘zbekistonning iqtisodiyoti va ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot va biznes, turizm yo‘nalishida faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlar yaratilyapti. O‘zbekistondagi birinchi nodavlat mustaqil universitet sifatida biz Qo‘qon universitetida sizga iqtisodiyot va ta’lim yo‘nalishlarida xalqaro darajadagi oliy ta’limni taqdim etamiz. Dunyoning eng nufuzli universitetlari bilan akademik hamkorlikda sizlarga maqsadlaringizga oson eltadigan bilim va ko‘nikmalar beramiz. Biz yetuk biznes bitiruvchilarini tayyorlash uchun professional akademik kadrlarni jalb etamiz, mamlakatning yetakchi tadbirkorlari biznes mahoratidan bahramand bo‘lishingizni ta’minlaymiz.
Bizning maqsadimiz akademik jihatdan keng qamrovli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bilimga, muhimi amaliyotga asoslangan tajriba va ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlashdir. Ertangi orzularingiz poydevorini qurish va amalga oshirishni istasangiz talabalarimiz safiga albatta qo‘shiling!
Biz haqimizda!
Qo‘qon universiteti (ing. Kokand University) – Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi birinchi nodavlat universiteti. Universitet shaharning markazi – Turkiston ko‘chasida joylashgan. Qo‘qon universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 683-sonli "Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan nodavlat oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritadi. Qaror bilan Universitetga xalqaro e’tirof etilgan reytinglarning (Times Higher Education – THE, Quacquarelli Symonds – QS) top-1000 talik ro‘yxatiga kirgan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, kunduzgi, sirtqi-masofaviy va maxsus sirtqi ta’lim shakllarida bakalavr yo‘nalishlari mutaxassisliklari dasturlari asosida o‘qitish huquqi berilgan. Universitet o‘z faoliyatini Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida olib boradi. Vazirlar Mahkamasining Qarori va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 31-bandiga muvofiq, Qo‘qon Universitetining diplomlari O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.
Xorijiy talabalar uchun
Qo‘qon Universitetida chet ellik talabalar uchun sharoitlar
Qo‘qon Universiteti chet ellik talabalarga xalqaro miqyosda raqobatbardosh taʼlim va qulay yashash sharoitlarini taklif etadi. Universitetning ochiq va mehribon muhiti har qanday mamlakatdan kelgan talabalar uchun moslashuvchanlikni va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydi.
Asosiy imkoniyatlar va xizmatlar:
-
Qabul jarayoni va hujjatlar
-
Chet ellik talabalar universitetning bakalavr, magistr yoki doktorantura dasturlariga qabul qilinishi mumkin.
-
Hujjatlar topshirishda pasport, akademik maʼlumotnomalar (tarjima bilan), tibbiy spravka va IELTS/TOEFL sertifikatlari (agar talab qilinsa) talab qilinadi.
-
Universitet vizani rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtishda yordam beradi.
-
-
Til tayyorgarligi
-
Oʻzbek tilini bilmaydigan talabalar uchun universitetda Oʻzbek tili kurslari tashkil etilgan.
-
Ingliz tilida oʻqitiladigan fanlar ham mavjud (ayrim yoʻnalishlar boʻyicha).
-
-
Turar joy va infratuzilma
-
Universitet talabalarga arzon narxlarda yotoqxona imkoniyatini taklif etadi. Yotoqxonalarda asosiy jihozlar (karavot, stol, Internet) mavjud.
-
Shahar markaziga yaqinligi va jamoat transportining qulayligi talabalar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.
-
-
Madaniy moslashuv va qoʻllab-quvvatlash
-
Xalqaro talabalar uchun mentorlik dasturi mavjud: mahalliy talabalar yangi kelganlarga universitet va shahar hayotiga moslashishda yordam beradi.
-
Madaniy tadbirlar (Oʻzbekiston milliy bayramlari, xalqaro festivallar) orqali turli madaniyatlar oʻrtasida dialog ragʻbatlantiriladi.
-
-
Akademik yordam
-
Chet ellik talabalar akademik masalalar boʻyicha konsultatsiya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
-
Kutubxona, kompyuter klasslari va onlayn resurslar global bilimlar bazasiga kirish imkoniyatini beradi.
-
-
Xalqaro hamkorlik va grantlar
-
Universitet Erasmus+, DAAD, SES, Horizon, Change Academy, IELTS, FullBright kabi xalqaro grant dasturlari bilan hamkorlik qiladi.
-
Aʼlochi talabalar uchun stipendiya imkoniyatlari mavjud.
-
-
Xavfsizlik va sogʻliqni saqlash
-
Kampus va yotoqxonalarda 24/7 xavfsizlik xizmati faoliyat koʻrsatadi.
-
Universitet tibbiy punkti tez yordam va profilaktik xizmatlarni taqdim etadi.
-
Xalqaro hamkorlik
Qo‘qon Universiteti xalqaro miqyosda taʼlim va tadqiqot sohasida yetakchi institutlardan biri sifatida faoliyat olib bormoqda. Universitetning xalqaro hamkorlik yoʻnalishlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1. Keng qamrovli xalqaro sherikliklar
- 100 dan ortiq xorijiy universitetlar bilan shartnomalar:
- Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy kabi Sharq mamlakatlarining yuqori reytingli taʼlim muassasalari bilan strategik hamkorlik (masalan, student almashinuvi, qoʻshma tadqiqot loyihalari).
- Gʻarbiy Yevropa davlatlari (Italiya, Ispaniya, Germaniya) universitetlari bilan akademik kelishuvlar (MoU) va qoʻshma dasturlar.
- AQSh, Kanada va Lotin Amerikasi universitetlari bilan innovatsion hamkorlik.
2. Xalqaro hamkorlik boʻlimining faoliyati
- TOP universitetlar darajasidagi tashkiliy tuzilma:
- Xalqaro aloqalar boʻlimi xorijiy hamkorlar bilan muloqotni muvofiqlashtiradi, shuningdek, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun almashinuv dasturlarini amalga oshiradi.
- Grantlar boʻyicha maxsus boʻlim:
- Erasmus+ ICM (mobilite grantlari), CBHE (taʼlim sifatini oshirish loyihalari).
- Horizon Yevropa, SES (Strategic Erasmus+ Projects), milliy grantlar (Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi loyihalari).
3. TURKUNIB va ORHUN Dasturi
- TURKUNIB tashkiloti doirasidagi alohida boʻlim:
- ORHUN dasturi orqali Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon kabi turkiy tilli davlatlar universitetlari bilan:
- Talaba va professor-oʻqituvchilarning oylik/yillik almashinuvlari.
- Qoʻshma ilmiy konferensiyalar va seminarlar.
- Madaniy loyihalar (til, adabiyot, tarix sohalari).
- ORHUN dasturi orqali Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon kabi turkiy tilli davlatlar universitetlari bilan:
4. Xalqaro amaliyot va internship dasturlari
- "Work and Travel" va Professional Amaliyotlar:
- Chet el kompaniyalari (AQSh, Yevropa, Koreya) bilan shartnomalar asosida talabalarni paid internship (haqli amaliyot) dasturlariga yuborish.
- IT, muhandislik, biznes boshqaruvi kabi yoʻnalishlar boʻyicha amaliy tajriba.
5. Xalqaro reyting va akkreditatsiya
- Universitetning xalqaro reytinglarda (THE, QS) oʻsishi uchun loyihalar.
- Yevropa va Osiyo akkreditatsiya agentliklari (ASIIN, ACQUIN) bilan hamkorlik.
Til kurslari
1. Ingliz tili
2. Nemis tili
3. Yapon tili
4. Koreys tili
5. Turk tili
Talabalar uchun imkoniyatlar
Abdumannonov Rizobek Iqboljon o‘g‘li – Turizm sohasida orzusiga intilayotgan grant asosidagi talaba
Men, Abdumannonov Rizobek Iqboljon o‘g‘li, hozirda Qo‘qon universitetining Turizm yo‘nalishi 3-bosqich talabasi sifatida tahsil olyapman. Bolaligimdan O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, madaniy qadriyatlari va sayyohlik salohiyati menga ilhom bergan. Shu sababli turizm yo‘nalishini tanlab, bu sohaga o‘z hissamni qo‘shishga bel bog‘laganman.
Faxr bilan aytishim mumkinki, men Qo‘qon universitetida turizm yo‘nalishi bo‘yicha ajratilgan davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar safidaman. Bu menga nafaqat bilim olish, balki o‘z ustimda tinimsiz ishlash va yuksak mas’uliyat bilan harakat qilish uchun katta turtki bo‘lmoqda.
O‘qish davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy loyihalarda ishtirok etib, turizm sohasidagi tajribamni boyitib boryapman. Mahalliy va xalqaro seminarlar, ekskursiyalar, turizm startaplari — bularning barchasi meni o‘z kasbimda yanada yetuk mutaxassis bo‘lish sari yetaklamoqda.
Maqsadim — O‘zbekistonni xalqaro turizm maydonida kengroq tanitish, sayyohlar uchun innovatsion xizmatlar yaratish va Vatanimning ijobiy imijini dunyoga yoyishdir.
Qo‘qon universiteti menga bu yo‘lda mustahkam bilim, keng imkoniyatlar va kuchli ishonch berdi. Grant asosidagi talabalik esa meni doimo faollikka, o‘z ustimda ishlashga va fidoyilik bilan harakat qilishga undaydi.
Fakultetlar
Ta'lim fakulteti haqida
Ta'lim fakulteti — Qo'qon universiteti tarkibidagi pedagogika va psixologiya sohasi bo'yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi fakultetlardan biridir. Fakultetning asosiy maqsadi — zamonaviy ta'lim tizimi talablariga javob bera oladigan, nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni uyg'unlashtirgan, bolalar va o'quvchilar bilan samarali ishlay oladigan pedagog, psixolog va til mutaxassislarini tayyorlashdir.
Fakultet quyidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi:
- Maktabgacha ta'lim — maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash, ularning intellektual, jismoniy va ijtimoiy-emotsional rivojlanishini ta'minlash bo'yicha bilim va ko'nikmalarni shakllantiradi;
- Boshlang'ich ta'lim — boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim berish metodikasi, didaktik yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo'yicha mutaxassislarni tayyorlaydi;
- Psixologiya — inson ruhiyati, shaxs rivojlanishi, ta'lim-tarbiya jarayonidagi psixologik omillarni o'rganish va amaliy psixologik yordam ko'rsatish ko'nikmalarini rivojlantiradi;
- Maxsus pedagogika — maxsus ehtiyojga ega bolalar va shaxslar bilan ishlash, inklyuziv ta'lim tamoyillari asosida ularga sifatli ta'lim-tarbiya berish bo'yicha bilim va malakalarni shakllantiradi;
- Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek va ingliz tillari) — o'zbek va ingliz tillari bo'yicha chuqur nazariy va amaliy bilim beradi, talabalarni til o'qitish metodikasi va tarjimonlik faoliyatiga tayyorlaydi.
Fakultetda ta'lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida, zamonaviy interfaol o'qitish usullari, amaliyotga yo'naltirilgan dasturlar va malakali professor-o'qituvchilar safi bilan tashkil etiladi. Talabalar nazariy bilimlarni amaliy mashg'ulotlar, pedagogik amaliyot va ilmiy-tadqiqot ishlari orqali mustahkamlab boradilar, bu esa ularni bo'lajak pedagog, psixolog va til mutaxassisi sifatida mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lishga tayyorlaydi.
Turizm va iqtisodiyot fakulteti Qo‘qon universitet boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha talabalarni oʻqitish, taʼlim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uygʻunlashgan holda olib borish, ilmiy kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yoʻnaltiriladi.
Fakultet, oʻz tarkibiga kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistartura mutaxassisliklariga taalluqli: “Xalqaro turizm va iqtisodiyot”, “Raqamli texnologiyalar va matematika” va “Jahon tillari” kafedrasi kafedralarining oʻquv va ilmiy laboratoriyasini birlashtiradi.
Turizm va iqtisodiyot fakulteti quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”), Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), magistratura bosqichida esa Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Lingvistika mutaxassiligida kadrlarni yetishtirib chiqaradi.
Ta'lim yo'nalishlari
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Magistr |
| Iqtisodiyot 70410102 | Magistr |
| Iqtisodiyot (taraqqiyot iqtisodiyoti) 60310100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha 70310102 | Magistr |
| Kiberxavfsizlik injiniringi 60612100 | Bakalavr |
| Kompyuter injiniringi (АТ-servis, aхborot xavfsizligi, multimedia texnologiyalari) 60610500 | Bakalavr |
| Lingvistika (ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogik ta'lim 60110300 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 | Bakalavr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr Magistr |
| Tarix 60111100 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr Magistr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Qoʻqon universiteti
Psixologiya
13 713 408 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha
20 252 672 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Iqtisodiyot
20 252 672 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Lingvistika (ingliz tili)
20 252 672 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Kiberxavfsizlik injiniringi
14 729 216 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Kompyuter injiniringi (АТ-servis, aхborot xavfsizligi, multimedia texnologiyalari)
14 729 216 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
14 729 216 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Tarix
13 713 408 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Tarix
17 141 760 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
17 141 760 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Kiberxavfsizlik injiniringi
18 411 520 so'm
yiliga
Qoʻqon universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
18 411 520 so'm
yiliga