Qo‘qon Davlat Universiteti
18,187
Talabalar
15
Xorijiy talabalar
720
O'qituvchilar
7
Fakultetlar
28
Kafedralar
1931
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Qo‘qon davlat universiteti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika oliy bilimgohi sifatida pedagogika texnikumi binosida o‘z faoliyatini boshlagan. O‘zbekiston Xalq Maorif Komissarligining 1938-yildagi 866-son buyrug‘i bilan Qo‘qon kechki pedagogika oliy bilimgohi kechki o‘qituvchilar institutiga aylantirilgan. O‘zbekiston Xalq Maorif Komissarligining 1938-yil 27-noyabrdagi buyrug‘i bilan institut qoshida sirtqi konsultatsiya punkti ochildi. 1939-1940 o‘quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o‘qituvchilar institutiga aylantirilgan. 1943-yildan Xotin-qiz o‘qituvchilar instituti, 1954-yildan Xotin-qizlar Davlat pedagogika institutiga aylantirilgan. 1943-yil oktyabr oyida institutga shoir Muqimiy nomi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi PQ-3289-son qarori asosida Qo‘qon davlat unversiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi. O‘tgan davr mobaynida Qo‘qon davlat unversiteti kichik bir ta’lim maskanidan yirik oliy ta’lim muassasasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Qo‘qon davlat universiteti oliy ta’limda amalga oshiralayotgan tub islohotlar sharoitida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Oliygohning qiyofasi o‘zgarib, moddiy-texnika bazasi yaxshilanyapti, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda, jumladan, professor-o‘qituvchilarning daromadlari ham ortyapti. Oliy ta’lim — ilm-fan — ishlab chiqarish o‘rtasida uzviylik yaratilib, oliy o‘quv yurtida ham yangi bo‘linmalar ochildi. Bularning barchasi oliy ta’limga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirib, uning sifati hamda darajasini ko‘tarishga xizmat qilmoqda.Prezidentimizning pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflari, qabul qilingan qarorlar bizni yangi marralar sari chorlagani sir emas. Hozirda institutimizda 27 ta bakalavriat va 16 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 16000 nafardan ortiq talabalar tahsil olib kelmoqda.Bugungi kunda Qo‘qon davlat unversiteti zamonaviy pedagogik kadrlarni tayyorlovchi respublikamizdagi yirik pedagogika muassasalaridan biri hisoblanadi. Institut o‘zining zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lib, 269 ta o‘quv xonalari, bugungi kun talablari bilan jihozlangan 21 ta o‘quv laboratoriya xonalari, bitta stadion, 4 ta basketbol va voleybol maydonlari, 3 ta yopiq sport zali, zamonaviy ARM, fakultetlarda zamonaviy kompyuter xonalari, 3 ta binodan iborat barcha qulayliklarga ega bo‘lgan talabalar turar-joylari, 250 o‘rinli oshxona talabalarga xizmat ko‘rsatmoqda.Institutida 4 ta xorijiy oliy ta’lim muassalalari bilan hamkorlikda bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish ham yo‘lga qo‘yilgan. Rossiyaning Akmulla nomli Boshqird davlat pedagogika universiteti (BDPU), Rossiya davlat kasb-hunar pedagogika universiteti (RDKXPU), Qozon federal universiteti va Belarusning Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetilari (GrDU) bilan jami 168 nafar talaba qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitilmoqda. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.Bugungi kunda institutda jami 517 nafar malakali professor-o‘qituvchilar talabalarga ta’lim berib kelmoqda. Ularning 10 nafarini fan doktori, professorlar, 170 dan ortig‘i fan nomzodi (PhD), dotsentlardir.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 16-iyun kuni “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik” mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchilarning xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini ta’minlaydigan mexanizm yaratildi. Natijada istitutidan ko‘plab professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliygohlariga ilmiy stajirovkaga, talabalar o‘quv amaliyotiga yuborildi.Ilmiy tadqiqotlar borasida ham erishilyotgan natijalar quvonarlidir. Institutda mavjud “Qo‘qon DU. Ilmiy xabarlar” ilmiy jurnali O‘zR VM huzuridagi OAK Rayosatining qarori bilan kimyo, biologiya, tarix, filologiya fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi. Oliy attestatsiya komissiya Rayosatining “Malakaviy imtihon o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan, institutda chet tili fani bo‘yicha hamda qo‘shimcha fanlardan malakaviy imtihon olishga ruxsat berildi.Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan Qo‘qon davlat unversiteti O‘zbek tili, Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda.Davlatimiz rahbarining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘ldi. Bu yil institutimizda ham davlat stipendiyalariga loyiq deb topilgan talabalar safi yanada kengaydi. Shu yilning o‘zidayoq 13 nafar talabaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lganligi, o‘ylaymizki, uchinchi renesans davrini bunyodkori bo‘lmish yoshlarni yangi marralar sari undashi shubhasiz.Institutda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida yoshlarning san’at, adabiyot va madaniyatga, axborot texnologiyalariga bo‘lgan iqtidori hamda qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, qobiliyatlarini namoyon qilish uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda. “Tarona” badiiy havaskorlik raqs ansambli, “Ohangrabo” yosh maqomchilar ansambli, talaba-yoshlarining “Parvoz” teatr studiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Institut talabalari Osiyo va jahon maydonlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib g‘olib hamda sovrindorlar qatoridan joy olmoqda. Ayniqsa, Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Mohigul Hamdamovaning oltin medalni qo‘lga kiritishi institut tarixida unitilmas voqea bo‘ldi.Respublikamiz ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, mahsulot turlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida Qo‘qon davlat unversiteti ishlab chiqarish bilan bog‘liq qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.Jumladan, bu yil institutda Xitoy texnologiyasi asosida yaratilgan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida qolipli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, zanglamaydigan materialdan maxsus ishlangan qoliplarda bir kunda 1500 dona qolipli non ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu sex talabani ish bilan ta’minlabgina qolmay, sifatli va arzon nonlarni iste’molchilarga yetkazib bermoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashda yangicha tizimni joriy etish borasida ilgari surilgan Besh tashabbusning ijrosi ta’minlash, shuningdek talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularga shart-sharoit yaratish va ijtimoiy himoyalash, talabalarini o‘quv jarayonlarini mazmunli o‘tkazish, olingan nazariy bilimlarini amalda mustaxkamlash, oliy ta’lim — ilm-fan — ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida institut qoshida “Yosh hunarmandlar uyi” unitar korxonasi tashkil etildi. Korxona kulolchilik, mebel ishlab chiqarish, qandolatchilik, atlas va adras matolar to‘qish hamda tikuvchilik sexlarini o‘zida birlashtirgan. Bugungi kunda Xitoy, Turkiya va Italiyadan keltirilgan zamonaviy mebel ishlab chiqarish va presslash uskunalari yordamida ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan mebel jixozlaridan tortib, oshxona va xonadon mebellarigacha tayyorlanmoqda. Mahsulotlar o‘ta silliqliligi, chidamliligi, suv o‘tkazmaslik xususiyatiga ega ekanligi, yumshoqligi, ko‘rinishi jihatidan chiroyliligi va uzoq vaqt davomida o‘zining shaklini o‘zgartirmasligi bilan avvalgi mebel mahsulotlaridan tubdan farq qiladi. Tayyorlanadigan mebellar o‘z rangini yo‘qotmaydi, oddiy mebellarga nisbatan bir necha barobar uzoq muddatga xizmat qiladi. Hozirga kelib mebel ishlab chiqarish sexida ta’lim muassasalari talabalar turar joyi uchun mo‘ljallangan 2 yarusli krovat, tumba, shkaf, stul, stol va kitob javonlarini tayyorlanmoqda. Mamlakatimizda tariximiz, milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratib kelinyapti. Hunarmandlar mehnati qadrlanib, ularga imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilmoqda. Mazkur soha vakillari yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, turizmni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.Institutning Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakultetida tikuvchilik sexi, adras va atlas ishlab chiqarish sexi, kulolchilik sexlarining ishga tushirilishi hunarmandchilik sohasiga bo‘lgan yuksak e’tibor ifodasi bo‘ldi.Eng muhimi yuqoridagi sexlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida nafaqat amaliyot o‘tash, balki ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda. Korxonada ishlash talabalarga amaliy ko‘nikmalarni berib, olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlamoqdalar.Institutdagi zamonaviy IT-park kelajakda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashda muhim rol o‘ynamoqda. Bu yerda istiqbolli startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Konferensiyalar zali, o‘quv xonasi, ovoz yozish studiyasi hamda mini oshxonani o‘z ichiga olgan park bir vaqtning o‘zida 50 nafar talabaga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Aytish mumkinki, bu yerda axborot texnologiyalari yo‘nalishida ilk loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Xorijiy talabalar uchun

Xalqaro hamkorlik


Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Talabalar muvaffaqiyatga erishmoqdalar
Fakultetlar
Fakultet yuqori malakali pedagogik mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Zamonaviy o‘qitish usullari va xalqaro hamkorlik faol qo‘llaniladi.
Fakultet vazifasi
Xalqaro standartlarga va ta’lim talablariga javob beradigan o‘qituvchilar tayyorlash.
Statistika
Talabalar soni:1200
Kunduzgi:900
Sirtqi:300
Professorlar: 38
Ilmiy salohiyat:60%
Filologiya fakulteti haqida
Filologiya fakultetida 4 ta kafedra mavjud boʻlib, umumiy 117 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda.
Fakultetda umumiy kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari boʻyicha 3 ta bakalavr ta'lim yoʻnalishida kadrlar tayyorlab kelinmoqda. 3602 nafar talaba tahsil olmoqda (3260 nafar kunduzgi ta'lim shaklida, 342 nafar sirtqi ta'lim shaklida).
Ilmiy salohiyat
Fakultetda umumiy ilmiy salohiyat 50% tashkil qiladi. 5 ta fan doktori, 5 nafar professor, 49 nafar dotsent va 47 nafar fan nomzodlari hamda falsafa doktorlari (PhD) faoliyat yuritmoqda.
Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti haqida
Fakultet zamonaviy raqamli texnologiyalar va aniq fanlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan.
O‘qitish jarayonida eng so‘nggi dasturlash tillari, matematik modellashtirish, ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt qo‘llaniladi.
Fakultet maqsadi
Raqamli texnologiyalar va aniq fanlar bo‘yicha chuqur bilimga ega, innovatsion fikrlaydigan va dasturlash ko‘nikmalari mukammal bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash.
Zamonaviy yondashuvlar
- Fanlar ingliz tilida o‘qitiladi
- Zamonaviy IT laboratoriyalari
- Xalqaro dasturlash musobaqalari
- Tutorlik tizimi
- Elektron hujjat almashinuvi
Fakultet haqida
Ijtimoiy fanlar fakulteti 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti uchun zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni taklif etadi.
Fakultetda kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida 1200 dan ortiq talaba tahsil oladi.
Fakultet missiyasi
Talabalarga zamonaviy ijtimoiy bilimlarni berish va ularni jamiyatda faol ishtirok etishga tayyorlash.
Statistika
- 1200+ talaba
- Kunduzgi ta’lim: 800+
- Sirtqi ta’lim: 400+
- 45 professor-o‘qituvchi
- Ilmiy salohiyat: 51%
Fakultet Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22-sentabrdagi 754-son qarori bilan tashkil etilgan.
Hozirda 12 ta yoʻnalish, 5 ta magistratura, 3 ta doktorantura va 1281+ talaba. Farg'ona vodiysidagi eng yaxshi muhandislik oliygohlaridan biri.
Fakultet missiyasi
Jamiyatga hissa qoʻshadigan va real muammolarni hal qila oladigan resurs - muhandis
Ta'lim xususiyatlari
- TOP-300 universitetlar oʻquv rejasi asosida ta'lim
- Dual ta'lim tizimi
- "Talaba-universitet-korxona" tamoyili
- Zamonaviy laboratoriya jihozlari
- "Ustoz-shogird" tamoyili
Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakulteti haqida
Fakultet oʻz faoliyatini 1998-yil 4-aprelda institut rektorining 56-U-sonli buyrug'i asosida Umumtexnika fakultetidan ajratilib, mustaqil "Kimyo-geografiya" fakulteti sifatida boshlagan.
2025-yil 24 yanvarda Qoʻqon davlat universiteti maqomini olgandan soʻng, fakultet nomi "Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakulteti" ga oʻzgartirildi. Ushbu nom texnologik yoʻnalishdagi fanlar, innovatsion kimyo ishlanmalari, biologik va ekologik tadqiqotlar integratsiyasini aks ettiradi.
Ilmiy salohiyat
Umumiy ilmiy salohiyat 61,1% tashkil qiladi - 72 nafar professor-oʻqituvchilar ishlab, shundan 40 nafar PhD, 4 nafar fan doktori, 4 nafar professor, 22 nafar dotsent.
Ta'lim statistikasi
- Jami talabalar: 1051 nafar
- Kunduzgi ta'lim: 881 nafar
- Sirtqi ta'lim: 170 nafar
- Ta'lim yoʻnalishlari: 4 ta
San'atshunoslik va sport fakulteti haqida
Fakultet 2017-yil 16-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3218-son qarori bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali negizida tashkil etilgan.
Dastlab 5 ta ta'lim yoʻnalishida 103 nafar talabani oʻz ichiga olgan fakultet, hozirda Qoʻqon davlat universiteti tarkibida 27 ta ta'lim yoʻnalishi, 9 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha 3100 nafardan ziyod talaba bilan faoliyat yuritmoqda.
Fakultet missiyasi
Ijodkorlik, san'at va sport mahorati va har tomonlama rivojlanish...
Ta'lim xususiyatlari
- TOP-500 universitetlar oʻquv rejasi asosida ta'lim
- "Ustoz-shogird" tizimi
- Zamonaviy oʻquv xonalari va jihozlari
- 20 ga yaqin monografiya chop etildi
- "Inkubatsiya va akseleratsiya markazi"
Ta'lim yo'nalishlari
| Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi 60211100 | Bakalavr |
| Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi 60211100 | Bakalavr |
| Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) 60210800 | Bakalavr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 | Magistr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Biznesni boshqarish 60410900 | Bakalavr |
| Boshlang'ich ta'lim 60110400 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr |
| Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) 60211500 | Bakalavr |
| Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 | Bakalavr |
| Elektr muhandisligi 60710500 | Bakalavr |
| Elektronika va asbobsozlik 60710700 | Bakalavr |
| Energetika muhandisligi 60710400 | Bakalavr |
| Falsafa 60220500 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr |
| Fizika va astranomiya 60110700 | Bakalavr |
| Geodeziya va geoinformatika 60721500 | Bakalavr |
| Geografiya 60530200 | Bakalavr |
| Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000 | Bakalavr |
| Inson resurslarini boshqarish 60411000 | Bakalavr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Kadastr 60721700 | Bakalavr |
| Kimyo 60110800 | Bakalavr Magistr |
| Kimyo muhandisligi 60710100 | Bakalavr |
| Kutubxona axborot faoliyati 60320400 | Bakalavr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300 | Bakalavr |
| Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 60112600 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Maxsus peadagogika (surdotarjimonlik faoilyati) 60112700 | Bakalavr |
| Maxsus peadagogika defektologiya (surdopedagogika) 70110401 | Bakalavr Magistr |
| Maxsus pedagogika 60110300 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika, defektologiya (logopediya) 70110401 | Bakalavr Magistr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Musiqa ta'limi 60110600 | Bakalavr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700 | Bakalavr Magistr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Bakalavr Magistr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) 60110100 | Bakalavr |
| Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) 70110101 | Magistr |
| Pedagogika va psixologiya 70110102 | Magistr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (kurash) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (voleybol) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati: futbol 61010200 | Bakalavr |
| Sport madaniyati 60111200 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 | Bakalavr |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 | Bakalavr |
| Ta’lim muassasalarining boshqaruvi 70110103 | Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 | Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 | Bakalavr Magistr |
| Ta’limda axborot texnologiyalari 70110105 | Magistr |
| Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari) 60710900 | Bakalavr |
| Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 | Bakalavr |
| Texnologik ta’lim 60111300 | Bakalavr |
| Transport vositalari muhandisligi 60711400 | Bakalavr |
| Vokal san’ati (An'anaviy xonandalik) 60211400 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr Magistr |
| Yengil sanoat muhandisligi 60720700 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Iqtisodiyot
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Bank ishi
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Iqtisodiyot
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Psixologiya (amaliy psixologiya)
8 250 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
8 250 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
9 325 524 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
9 325 524 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Iqtisodiyot
—
Mashhur bitiruvchilar
🥇Tokio-2020: Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi Mohigul Hamdamova оltin medalni qo‘lga kiritdi
Bektemir Roʻzmatjon oʻgʻli Meliqoʻziyev