Namangan davlat texnika universiteti
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
Dastur haqida
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Tavsif:
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tеxnologiyasi bakalavriyat ta'lim yo’nalishi - fan va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasi yo’nalishi bo’lib, mavjud rеsurslaridan samarali foydalanish darajasini oshirish maqsadida mеva-uzum va sabzavot maxsulotlarini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash jarayonlarini optimallashtirish; tayyorlangan, saqlangan va qayta ishlangan qishloq xo’jalik mahsulotlarini sifatini oshirish, kasbiy faoliyatida tеxnik vositalardan oqilona foydalanish usul va uslublari yig’indisini o’z ichiga oladi. Shuningdеk, ta’lim yo’nalishi - qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash bo’yicha sеrvis xizmati ko’rsatish, extension markazlarida fеrmеr va dеxqon xo’jaliklari vakillariga sohaga oid yangi bilimlarni o’qitish, saqlash omborlari va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini loyihalash, dastlabki ishlangan qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni samarali va rеsurs tеjamkor faoliyatni tashkil etish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini dastlabki ishlashga tеgishli tеxnologiya va tеxnik vositalardan foydalanishning samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblash va baholash kabi faoliyatlar bilan shug’ulanish imkonini bеradi.
Siz 4 yil davomida “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tеxnologiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 6540 soat
Malkaviy amaliyot: 540 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 120 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
120 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
18 |
2,4,5,6,7 |
|
|
Attestatsiya |
18 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
4 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
42 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
2 |
1 – 8 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
O'xshash dasturlar
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti
Barqaror-aqilli qishloq xo’jaligi
29 900 000 so'm
yiliga
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti
Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)
29 900 000 so'm
yiliga
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti
Logistika (agrologistika)
29 900 000 so'm
yiliga
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti
Iqtisodiyot (qishloq xo'jaligida)
29 900 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
14 400 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat universiteti
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
9 620 000 so'm
yiliga