Jizzax davlat pedagogika universiteti
Maxsus pedagogika, defektologiya (logopediya)
Dastur haqida
60112700 – Maxsus pedagogika (logopediya) yo’nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:
- ta’lim jarayoni; o’qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari;
- ta’limning nazariy masalalari; o’qitish metodikasi;
- loyihalashtirish asosida o’quv jarayonini boshqarish texnologiyalari, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini loyihalashtirish va tashkil etish jarayoni, shaxsiy va kasbiy axborot maydonini shakllantirish jarayoni, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoni
- ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni; ta’limni boshqarish va pedagogik jarayonini tashkil etish;
- mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlari jarayonlari. O’rta maxsus va professional ta’limda o’qituvchi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
- O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy- tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy- pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish;
- umumiy o’rta ta’lim maktablari, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab- internatlar) maxsus pedagog, o’qituvchi- defektolog, o’qituvchi-logoped lavozimida o’rnatilgan tartibda ishlashi;
- umumiy o’rta ta’lim maktablari, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab- internatlar) kasb standartiga muvofik o’qituvchi va tarbiyachi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maxsus pedagog, sog’liqni saqlash tizimiga qarashli tibbiyot tashkilotlarida o’qituvchi-defektolog, o’qituvchi-logoped, defektolog, logoped va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
- ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
- mos ta’lim yo’nalishlar buyicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist, mutaxassis va boshqa lavozimlarda ishlashi;
- Milliy malaka ramkasining 4-malaka darajasi ega (o’rta professional ta’lim bosqichini tugallagan) o’qituvchi-logoped, logopedlarning faoliyatini tartibga soluvchi, monitoringi yurituvchi, diagnostik-maslahat ishlarini amalga oshiruvchi mentor maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog- defektologi, tarbiyachisi, qo’shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi, tarbiyachisi, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflari o’qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri;
- psixologik-pedagogik tashxis markazlari xodimlari (metodistlari), imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasapari (maktablar, maktab-internatlar) o’qtituvchi-defektolog;
Maxsus pedagogika (logopediya) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan magistratura mutaxassisliklari bo’yicha belgilangan muddatlarda o’qishni davom etirishlari mumkin.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—