Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
Dastur haqida
1. Umumiy tavsifi
60230100 Filologiya va tillami o'qitish ta'lim yo'nalishi bo'yicha
bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki ta'lim shakllarida amalga oshiriladi.
Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddatt 4 yil.
L.1. Qo'llanish sohasi
1.1.1. Malaka talabining qoollanilishi.
Malaka talablari 60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish ta'lim yo'nalishi
bo'yicha bakalavrlar tayyorlovchi barcha oliy ta'lim tashkilotlari uchun talablar
majmuini ifodalaydi.
1.1.2. Malaka tala binin g asosiy foydala n uvc h ila ri :
Mazkur ta'lim yo'nalishi bo'yicha malaka talablari, o'quv reja va o'quv
dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o'quv jarayonini samarali
amalga oshirish uchun mas'ul hamda o'z vakolat doirasida bitiruvchilarning
tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta'lim muassasalarining boshqaruv.
xodimlari (rektor, prorektorlar, o'quv bo'limi boshlig'i, dekanlar ya kafedra
mudirlari) va professor-o' qituvchilari ;
ta'lim yo'nalishining o'quv rejasi va o'quv dasturlarini o'zlashtiruvchi oliy
ta' lim muas sasasining talabalari;
bakalavriat bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga
oshiruvchi Davlat attestatsiya komi s s i y alari;
ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlari;
oliy ta' lim tashkilotlarini moliyalashtirishni ta' minlovchi organlar;
oliy ta'lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat
organlari;
kadrlar buyurtmachilari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar;
oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirayotgan abiturientlar, ulaming ota
onalari va boshqa manfaatdor shaxslar.
1.2. Kasbiy faoliyatlarning tavsifi .
1.2.1. Kasbiy faoliyatning sohalari.
Uzluksiz ta'limning maktabgacha, umumiy o'rta va o'rla maxsus,
professional ta'lim tashkilotlari, davlat va nodavlat muassasalarida xorijiy tillarni
o'qitish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot
institutlarida mutaxassis sifatida faoliyat yuritish, davlat boshqaruvi organlari,
mahalliy va xalqaro tashkilotlarda tarjimonlik, fuqarolik jamiyati institutlari,
ommaviy axborot vositalari va nashriyotlarda faoliyat olib borish bilan bog'liq
kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
1.2.2. Kasbiy faoliyatlarning obyektla ri.
Davlat boshqaruvi organlari, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va
tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar,
maktabgacha, umumiy o'rta va o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari,
davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari, korxona va muassasalar, kompaniyalar
(firmalar)da filolog, pedagog (asosiy va ikkinchi til bo'yicha).
1.2.3. Kasbiy faoliyatlarining tu rlari :
.
ta'lim muassasolqrida pedagogik va ilmiy-pedagogik,'
.
.
.
.
.
"60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish" ta'lim yo'nalishi
tarjimonlik,'
tashkiliy-boshqaruv;
OAVda muxbirlik, noshirlik va muharrirlik:
ilmiy tadqiqot;
konsalting xizmati.
t.2.4. Kasbiy v azifalar.
60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish ta'lim yo'nalishi bo'yicha Milliy
malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining
sohalari, ob'ektlari va turlariga muvofiq, bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy
vazifalarni samarali bajarishga qodir bo'lishi lozim:
Ta'lim muassasalarida pedagogik va ilmiy-pedagogik faoliyatida:
uzluksiz ta'lim tizimining ixtisosligiga mos ta'lim muassasalarida ona tili va
adabiyoti hamda o'rgangan asosiy va ikkinchi chet tillarini o'qitish;
zamonaviy axborot va pedagogik texnolo giyal ardan foydalanib noan' anaviy
o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish;
o'qitilayotgan fanlar bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish uchun zarur
bo' lgan o' quv-metodik hujj atlarni tuzish, tayyorlash va rasmiylashtirish;
o'qitilayotgan fan bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish uchun
o' qitishning didaktik vo sital ari dan foydal ani sh ;
chet tillami intensiv shaklda o'rgatish (qisqa kurslar);
mustaqil ta'lim va ilmiy-ijodiy izlanish ishlari natijasida o'qitilayotgan fan
bo'yicha pedagogik faoliyatni muntazam takomillashtirib borish.
Tarj imonlik faoliyatida :
davlat va nodavlat tashkilotlarda chet tillardan tarjimonlik qilish;
maorif, madaniyat, turizm sohalarida, turli davlat muassasalarida,
mehmonxona, qo'shma korxonalar, firmalarda ish yurituvchi, referent vazifasida
ishlash;
texnik va boshqa tarjima turlarini amalga oshirish;
mehmonxona, sayyohlik firmalarida menejer va ma'muriy xodim sifatida
ishlash;
xalqaro konferens iy a v a tadbirlarda tarj imonlik faol iyatini olib borish.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida :
filologik faoliyat sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq
qilish;
ma'naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o'z
fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g'oyasiga asoslangan
faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo'lishi;
ona tili hamda roman german tillariga oid turli tadbir, anjuman va ma'rifiy
suhbatlarni tashki llashtiri sh va bo shqari sh ;
ARMda axborot texnologiyalaritizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan
bog'liq bo'lgan jarayonlar monitoringi hamda sifatini baholash mexanizmlarini
ishlab chiqish;
jamoada ijtimoiy vama'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish;
buj anyotgan faoliyati bo'yicha ish rejasini tuzish, nazorat qilish va amalga
oshirilgan ishning natij alarini baholash.
"60230100 * Filologiya va tillarni o'qitish" ta'lim yo'nalishi
OAVda muxbirliko noshirlik va muharrirlik faoliyatida:
ommaviy axborot vositalarida muxbirlik va muharrirlik ishlarini amalga
oshirish;
mustaqil ravishda maqola, ko'rsatuv va eshittirishlar tayyorlash ko'nikmasiga
ega bo'lish;
nashriyot va tahrir sohasida badiiy va ilmiy asarlarni, sohaga oid risola va
monografiyalar bo'yicha musahhih va muharrirlik faoliyatini amalga oshirish;
noshirlik muassasalarida tarjimon va adabiy xodim bo'lib faoliyat yuritish.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida :
filologiya sohasida ilmiy tekshirish institutlarida kichik ilmiy xodim,
tadqiqotchi izlanuvchi sifatida namunaviy usullar va boshqalar bo'yicha
eksperimentlar o'tkazish va ularning natijalariga ishlov berish;
namunaviy metodikalar va o'qitishning innovatsion usullari bo'yicha
eksperimental tadqiqotlarni o'tkazish va ularning natijalari bo'yicha tavsiyalar
ishlab chiqish;
ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari eksperlizasini
amalga o shiri shda qatnashi sh;
o'tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo'yicha ilmiy axborotlarni ishlab
chiqi sh, referatl ar va biblio gr afry alar tuzi sh ;
ilmiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar ishida ma'ruzachi,
muhokamalarda qatnashuvchi va referent sifatida ishtirok etish;
sohaga oid jumallarga maqola vataqrizlar tayyorlash;
internet tarmog'ida eng yangi ilmiy, adabiy va lisoniy yangiliklar, yangi
pedagogik texnologiyalar haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yo'nalgan holda izlash
va topish;
ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasasi jamoasi tarkibida kasbiy faoliyat
masalalarini yechish.
Konsalting xizmati faoliyatida :
yo'nalishiga mos mavzulardagi loyihalar, manbalar, adabiyotlar, elektron
video va audio mahsulotlarni ekspertiza qilish;
ixtisoslikka mos sohalar bo'yicha konsalting xizmatlarini ko'rsatish
qobiliyati ga ega bo' lish;
mamlakatdagi turli foydalanish ko'lamiga ega bo'lgan tillarga tizimli va
funksional tavsif bera olish;
kasbiy faoliyatda hozirgi va tarixiy adabiy jarayonlarni va turli janrga mansub
badiiy asarlarni tahlil qila bilish.
2. Kasbiy kompetensiyalariga qooyiladigan talablar.
Davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlariga oid masalalarini bilish, ijtmoiy
iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
me'yoriy-huquqiy hujjatlarni izlash, tahlil qilish va ulardan kasbiy faoliyatida
foydalanish ko'nikmalariga ega bo' lish;
oorgangan tillarida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini
tushunish, tabiiy va ilmiy fanlar bo'yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy
bilimlargaegabo'lishhamdaulardan zamonaviyilmiyasosdahayotdavao'zkasbiy
faolivatida fovdalana bilish;
"60230100 - Filologiya va tillarnio'qitish" ta'lim yo'nalishi
axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatida qo'llay bilish, axborotlarni
yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo'lish,
o'z kasbiy faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish;
yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o'z ustida ishlashi va mehnat
faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
o'rganilayotgan til fonetikasi, leksikologiyasi, morfologiyasi, sintaksisini
hamda so'z ma'nolarining taraqqiyotini bilish;
uzluksiz ta'lim tizimining ixtisosligiga mos ta'lim muassasalarida ona tili va
adabiyoti hamda o'rgangan asosiy va ikkinchi chet tillarini o'qitish ko'nikmasiga
ega bo'lish;
zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib noan'anaviy
o' quv mashg'ulotlarini o'tkazish;
o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish uchun zarur bo'lgan o'quv-metodik
hujj atlarni tuzi sh, tayyorlash va rasmiylashtiri sh ;
namunaviy metodikalar ya innovatsion ta'lim texnologiyalari bo'yicha
eksperimental tadqiqotlarni o'tkazish va ularning natijalari bo'yicha tavsiyalar
ishlab chiqish;
sohaga oid jurnallarga maqola va taqrizlar tayyorlash ko'nikmasiga ega
bo'lish;
eng yangi ilmiy, adabiy va lisoniy yangiliklar, yangi pedagogik texnologiyalar
haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yo'nalgan holda izlash va topish ko'nikmasiga
ega bo'lish;
davlat va davlatga qarashli bo'lmagan xususiy tashkilotlarda chet tillardan
tarjimonlik qilish;
texnik va boshqa tarjima turlarini amalga oshirish qobiliyati ga ega bo'lish;
mehmonxonalarda va sayyohlik firmalarida menejerlik va ma'muriy xodim
sifatida ishlash;
o'z mutaxassisligi tillariga oid turli tadbir, anjuman va ma'rifiy suhbatlarni
tashkil etish va boshqarish;
ommaviy axborot vositalarida muxbirlik va muharrirlik ishlarini amalga
oshirish, mustaqil maqola, ko'rsatuv va eshittirishlar tayyorlash;
nashriyot va tahrir sohasida badiiy va ilmiy asarlarni, sohaga oid risola va
monografiyalar bo'yicha musahhih va muharrirlik faoliyatini amalga oshirish;
noshirlik muassasalarida tarjimon va adabiy xodim bo'lib faoliyat yuritish,
arxiv va muzeylarda ekskursovod, ilmiy xodim sifatida ishlash va sohaga oid ish
jarayonini tashkil qilish;
o'zi o'rgangan asosiy til va xorijiy tillami o'qitish va tarjimonlik faoliyati
bilan bog'liq sohalar bo'yicha konsaltin g xizmatlarini ko'rsatish qobiliyati ga ega
bo'lish;
turli tashkilotlarda tarjimonlik faoliyati va gid hamrohligini amalga oshirish,
havo yo'llarida servis xizmati, turli firma va mehmonxonalarda menejer xizmatini
ko'rsata olish;
o'zbek tilshunosligi, umumiy tilshunoslik, qadimgi turkiy til, o'zbek tili
tarixi, o'zbek folklori, o'zbek dialektologiyasi va sheva matnlari leksikasi tahlili,
hozirgi o'zbek adabiy tili, o'zbek adabiyoti tarixi, nazartyasi, matnshunoslik,
"60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish" ta'lim yo'nalishi
navoiyshunoslik, jahon adabiyotiga oid bilimlarni egallash, ilmiy tadqiqot asoslari,
sotsiolingvistika, o'zbek terminologiyasi, o'zbek leksikografiyasi, turkiy tillarning
qiyosiy-tarixiy grammatikasi, adabiyotning dolzarb masalalarini ilg'ay olish, ilmiy
faoliyatda qo'llay bilish va o'quvchilarga yetkaza olish;
yangi o'zbek adabiyoti tarixining taraqqiyot tamoyillari, davr adabiyotini
yuzagakeltirgan omillar, qonuniyatlar, o'ziga xos xususiyatlarni o'rganish malakasi
va bilimiga ega bo'lish; o'zbek adabiyoti taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini
belgilash; qiyosiy adabiyoshunoslikning umumnazariy va uslubiy muammolari,
o'zbek mumtoz adabiyoti, qiyosiy mifologiya va folklorshunoslik, o'zbek
adabiyoti jahon badiiy tafakkuri kontekstida o'rganilishi, o'zbek va jahon adabiy
aloqalari, tarjimashunoslik va tarjima tanqidi kabi dolzarb masalalarni yoritish; turk,
ojarbayjon, qozoq, qirg'iz,turkman adabiyoti to'g'risida ma'lum otga egabo'|ish, bu
xalqlar adabiyoti namoyandalari hayoti va ijodi, folklori, yozma adabiyoti
namunalaridan xabardor bo'lish; munaqqidlar, adib-munaqqidlarning faoliyati,
adabiy tanqidchilikdagi janrlar va uslublar masalasini tadqiq qilish orqali tanqidiy
qarashni shakllantirish;
uzluksiz ta'lim tizimi muassasalarida o'quv jarayonini tashkil etish ya
o'tkazilishiga ko'maklashish, tadqiqotlarda ishtirok etish,, ma'lumotlarni to'plash,
umumlashtirish va tahlil etish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni
egallash va tatbiq etishni bilish;
umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining o'rganish obyektlari, predmet, maqsad
va vazifalari, hodisa va jarayonlarni bilish va ulardan ilmiy tadqiqotlarda unumli
foydalanish va qo'shimcha ravishda chuqur bilim olish uquviga ega bo'lish;
ta'lim yo'nalishiga muvofiq kasb faoliyati sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar,
muammolar va ularning istiqbol rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish
ko'nikmalariga ega bo' lish;
o'rganilayotgan til adabiyotining jahon adabiyotidagi o'rni va uning bashariyat
taraqqiyotidagi ulushini aniqlash;jahon adabiyoti an'analaridan sharq adabiyotining
milliy xususiyatlarini ajrata olish; sharq mamlakatlarida adabiy ta'sir masalalarini
farqlash, ularning asosiy metod va usullarini qo'llay bilish;
o'rganilayotgan tilning mamlakat tarixi, geografiyasi, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
tizimi, xalqaro munosabatlari, uning jahon hamjarniyatidagi geopolitik o'mini
bilish;
umumiy pedagogika nazariyasi, o'qitish jarayoni, o'qitishning ta'limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari; ta'limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik,
ijodiylik va boshqa tamoyillar; ta'lim jarayonida motivatsiya; ta'lim metodlari,
vositalari va texnologiyalari; umumiy va xususiy metodlar; umumiy pedagogik
texnologiyalar; ta'lim tizimini boshqarish; pedagogik mahorat; umumiy
psixologiya; umumiy psixologiyaning sohalari; yosh va pedagogik psixologiya;
ta'limni va bilimlarni o'zlashtirishni boshqarish psixologiyasi; ta'lim va aqliy
taraqqiyot; tarbiya metodlari va formalari; bo'lg'usi o'qituvchi shaxsi sifatlari
borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
c h et t' i ko m m u n i ka tiv ko - p ;u,0.';orll,'" r i " i"q :P ;tXJiil J,l;; ":ili" ;i i'il
so'zlashuvchilar bilan o'zga tilda muloqot qilishni amalga oshirish qobiliyati va
tayyorgarligi, shuningdek, talabalami tili o'rganilayotgan mamlakatlar madaniyati
bilan tanishtirish, o'z mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglash, uni
muloqot j arayonida ko' rsata oli shni nazar da tutadi.
Mazkur malakaviy talablarninng asosiy vazifalar\ talabalarda quyidagi
kompetensiyalarning takomilashtirilishini nazar da tutadi :
Lingvistik kompetensiya o'rganilayotgan til egalari bilan muloqot qilish
uchun til haqidagi ma'lumotlarni (fonetika, leksika, grammatikani) yetarli daralada
bilish va nutq faoliyati turlarini (tinglab-tushunish, gapirish, o'qish va yozish)
egallashn i nazar da tutadi.
Ijtimoiy-lingvistik (nutqiy) kompetensiya so'zlovchining biror bir nutqiy
vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli
lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadi.
Diskursiv kompetensiya (diskurs - bu og'zaki yoki yozma matn) matnni
toog'ri talqin qilish va tuzish, shuningdek, shunga mos nutqiy muloqot turini tanlash
uchun og'zaki va yozma matnlarning lingvistik, stilistik hamda tarkibiy
xususiyatlarini bilib ol i sh ni nazar da tutadi.
Strategik (kompensator) kompetensiya tilni yetarli darajada bilmaslik,
shuningdek, chet tili muhitida nutqiy hamda ijtimoiy muloqot tajribasidagi
kamchilik va nuqsonlarni ayrim verbal/noverbal vositalar yordamida to'ldirish,
kommunikativ vaziyatdatushunmovchiliklar paydo bo'lganda takroran so'rash, uzr
so'rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyatini
nazarda tutadi.
Ijtimoiy-madaniy kompetensiya autentik nutqning milliy xususiyatlarini:
o'zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa
milliy-madaniy xususiyatlarini bilish hamda tili o'rganilayotgan mamlakat bilan
taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini ko'zda tutadi.
Ij timoiy kom petensiya hozirgi ko' pmadan iyatl i dunyoda ta' I im oluvchilarda
chet tilini o'rganish muhimligi tushunchasi; chet tilida muloqot qilish, anglash, o'z
ustida mustaqil ishlash va ijtimoiy moslashuv vositasi sifatida foydalanish ehtiyojini
shakllantirish va rivojlantirish, fuqarolik, vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalashda,
chet tili orqali madaniyatlar o'rtasida muloqotlarni amalga oshirish istagi ya
xohishida namoyon bo' ladi.
O'quv-anglash kompetensiya ta'lim oluvchining chet tillar va
madaniyatlarni o'rganishning mustaqil bilim olish faoliyatidagi kompetensiyalar
yig'indisi bo'lib, real bilish ob'ektlari va zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan
foydalanish bilan bog'liq bo'lgan mantiqiy, metodologik, o'quv faoliyati
elementlarini o'z ichiga oladi.
3. Amaliyotlarga qo'yiladigan talablar.
Malakaviy amaliyot - umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridannazariy bilimlarni
mustahkamlash va amaliy jarayonlar bilan uyg'unlashtirish, tegishli amaliy
ko' nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi.
Ta'lim yo'nalishi bo'yicha quyidagi amaliyotlar o'tkaziladi:
l. Malakaviy amaliyot;
2. Pedagogik amaliyot.
O'xshash dasturlar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Dizayn
—
Xalqaro Moliya, Texnologiya va Fan Instituti
Bank ishi
—
Samarqand davlat chet tillar instituti
Qo‘shma ta’lim dasturi: Xorijiy til va adabiyoti — ingliz tili (Greenwich)
60 061 033 so'm
yiliga
Samarqand davlat chet tillar instituti
Qo‘shma ta’lim dasturi: Filologiya va tillarni o‘qitish — rus tili
15 990 000 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
10 049 550 so'm
yiliga
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
10 158 084 so'm
yiliga