WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Menejment

Bakalavr Kunduzgi 1 yil

Dastur haqida

Fan maqsadi (FM)

Talabalarni ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlashdir.

Ishlab chiqarish jarayonlari va ularning turlari haqida chuqur tushunchalar shakllantirish. Mahsulot ishlab chiqarishning texnologik, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini o‘rgatish.

Resurslarni optimal boshqarish (xomashyo, mehnat, vaqt, moliyaviy resurslar) bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish. shlab chiqarish jarayonida sifat va unumdorlikni oshirish strategiyalarini o‘rganish.

Ishlab chiqarishda ekologik barqarorlik va resurslarni tejash tamoyillarini qo‘llashni o‘rgatish. Barqaror ishlab chiqarish tizimlarini loyihalash va amalga oshirish qobiliyatini rivojlantirish.

 

Fan vazifasi (FV)

Talabalarga ishlab chiqarish tizimlarining tuzilishi, komponentlari va ularning o‘zaro aloqalarini tahlil qilish. Mahsulot ishlab chiqarishning bosqichlari, xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rganish. Ishlab chiqarish turlarini (bir martalik, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish) batafsil tushuntirish. Ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayonlarini, shu jumladan qisqa muddatli va uzoq muddatli rejalashtirish usullarini o‘rgatish. Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish uchun strategik yondashuvlarni tushuntirish. Resurslarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha vositalar bilan tanishtirish. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va texnologiyalarni joriy etishning ahamiyatini ko‘rsatish. Ishlab chiqarish operatsiyalarida vaqtni boshqarish (Time Management) va unumdorlikni oshirish usullarini o‘rgatish. Logistika va ta’minot zanjirlarini (Supply Chain Management) samarali boshqarishning asoslarini tushuntirish. Innovatsion menejment vositalaridan foydalanish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish tamoyillarini tushuntirish. Ishlab chiqarishda raqamli texnologiyalar va avtomatizatsiya tizimlarini qo‘llash usullarini o‘rgatish.

 

Ta’lim natijalari (TN)

Bilimlar jihatidan:

 

Talabalar ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha malakali mutaxassis sifatida shakllanadi va zamonaviy ishlab chiqarish menejmentining talablariga javob beradigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

 

Talabalar ishlab chiqarish jarayonlarini har tomonlama o‘rganib, zamonaviy menejment yondashuvlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu esa ularni samarali boshqaruv qarorlarini qabul qiladigan, yetuk mutaxassislar sifatida shakllantiradi.

 

iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni; iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi malakalariga ega bo‘lishi kerak

 

Ko‘nikmalar jihatidan:

 

Rivojlanib borayotgan iqtisodiy tizimlar, ularning sabablari hamda natijalari to‘g‘risida umumiy tushunchalarga ega bo‘lish

 

Zamonaviy iqtisodiyot hamda ular ortidan keladigan natijalarga nisbatan o‘zining mustaqil fikr va qarashlariga ega bo‘lishi

 

Boshqaruv tuzimida, shuningdek tarmoqlar bo‘yicha yakunda professional kadrlar bo‘lib yetishish

 

O'xshash dasturlar