Dastur haqida
70720102 - Oziq-ovqat xavfsizligi mutaxasisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, magistr dastur yakunlangunga qadar 120 kredit to‘lashi kerak. Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, magistrning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida magistr tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
70720102 - Oziq-ovqat xavfsizligi magistratura mutaxassisligi – ishlab chiqarish, СП "ASIA KANDI", "Best Testes Technology" MCHJ, "Ro'zmetov ZM" MCHJ, OOO "PROMEAT GROUP CORP", Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qòshimchalar sifati va muomalasi bòyicha davlat ilmiy markazi, "MILKOLINO PRODUCTS" MCHJ, "Agro Kimyo Standart" MCHJ, "Тошкент дон"АЖ, OOO “Navruz International CORP”, "Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi
11 586 540 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
To'qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (to'qima)
13 000 000 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi
11 586 540 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Atrof-muhit muhandisligi
11 586 540 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
8 968 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Biotexnologiya
9 600 000 so'm
yiliga