Dastur haqida
70711801-Atrof muhit muhandisligi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash oliy ta’limning tegishli ta’lim dasturi asosida amalga oshiriladi. Ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga belgilangan tartibda “magistr” malakasi (darajasi) va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi. Mazkur mutaxassislik bo‘yicha tayyorlangan magistrlar oliy ta’lim, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
Bitiruvchilar ishlab chiqarish birlashmalari va kimyoviy va oqiz-ovqat sanoat korxonalarida, ekologik monitoring va nazorat organlarida, loyiha va injiniring tashkilotlarida, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlarda muhandislik faoliyatini amalga oshiradilar. Ularning kasbiy faoliyati atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish, oqova suvlar va gaz chiqindilarini tozalash texnologiyalarini loyihalash, joriy etish va optimallashtirish, shuningdek ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan muhandislik yechimlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi
11 586 540 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
To'qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (to'qima)
13 000 000 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi
11 586 540 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
8 968 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Biotexnologiya
9 600 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari
13 000 000 so'm
yiliga