About the programme
Energiya tejamkorligi va energoaudit
Tavsif:
Ushbu mutaxassislik – “Muhandislik ishi” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, aksiyadorlik jamiyatlarida, jumladan: issiqlik elektr stansiyalari, markazlari va sanoat korxonalarining jihozlarini loyihalash, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy-tadqiqot va muassasa tashkilotlari; ilmiy-tadqiqot markazlari; ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari; oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, kabi sohalarni qamrab oladi.
Ilmiy tadqiqot va pedagogik faoliyatida: ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etish; ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish; ilmiy adabiyotlar va internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish; ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish; mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish; oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish; o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish; elektron (e-learning), mobil (m-learning), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv-metodik majmualarni mukammal o‘zlashtirish; pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish.
Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida: energiya turlarini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va foydalanish jarayonlaridagi energiya tejamkor texnologiyalar va qurilmalarni loyihalash; energiya tejamkor texnologiyalarni loyihalash-konstruktorlik ishlarini o‘rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va qo‘llash;
ishlab chiqarish korxonalarida loyihalash-texnologik ishlarini o‘rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va qo‘llash; sanoat korxonalari va kommunal xo‘jalikda issiqlik energiya ta’minotini loyihalash bo‘yicha loyihalash-konstruktorlik va loyihalash-texnologik ishlarini to‘liq bajarish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lish; ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlarida ham energiya tejamkorligi va energoaudit bo‘yicha loyihalash-konstruktorlik ishlarini bajarish va ularni qo‘llash tajribasiga ega bo‘lish; sanoat korxonalari va kommunal xo‘jalikda issiqlik energiya tejamkorligi va energoauditi bo‘yicha loyihalash-konstruktorlik ishlarini hozirgi qo‘yilgan talablar nuqtayi nazaridan zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni qo‘llab bajarish ko‘nikmasi va tajribasiga ega bo‘lishi.
Tahlil va nazorat faoliyatida: davlat, mahalliy hukumat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning issiqlik energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ulardan o‘z faoliyatida foydalana olish; issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va foydalanish jarayonlaridagi energiya tejamkor texnologiyalar va qurilmalarni loyihalash sohasida yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish; issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va foydalanish jarayonlaridagi energiya tejamkor texnologiyalar va qurilmalarni loyihalash bo‘yicha ishlar sifatini oshirish va uni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish; O‘zbekistondagi hamda xorijdagi issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va foydalanish jarayonlaridagi energiya tejamkor texnologiyalar va qurilmalarni loyihalashga oid jarayonlar hamda hodisalarni xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va qiyoslash, iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi xavf-xatarlarni aniqlash.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
zamonaviy axborot texnologiyalari tizimidan foydalanib ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish; ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish; bajarilayotgan ish rejasini tuzish va bu ishni nazorat qilish, ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish, o‘z ishining natijalarini baholash; ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligini talablariga mosligini monitoring qilish; kasbiy etika qoidalariga rioya qilish.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida: issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va foydalanishdagi texnologiyalar va qurilmalarni energoaudit o‘tkazilishida ijrochilar jamoasi tarkibida ishtirok etish; issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va foydalanish jarayonlaridagi obyektlari, jarayonlari, qurilmalari uchun energiya tejamkor choralarni ishlab chiqish va ularni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini baholash; tizimlar, texnologik jarayonlar, ularning elementlari va texnologik hujjatlarni ishlab chiqishda ijrochilar jamoasi tarkibida ishtirok etish; ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali usullarini tanlash va qo‘llash; issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va foydalanish jarayonlaridagi energiya tejamkor texnologiyalar va qurilmalarni ishlatish bo‘yicha mavjud holatlarning analitik sharhini ishlab chiqish; issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va foydalanish jarayonlaridagi energiya tejamkorligi va energoauditi ixtisosligiga mos mavzulardagi loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha ekspert guruhlarida ishtirokchisi sifatida qatnashish; ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish; texnikaviy-iqtisodiy tahlil qilish; ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali usullarini tanlash va qo‘llash; pullik ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish; ixtisoslikka mos mavzu bo‘yicha turli xizmatlarni ko‘rsatish.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 1800 soat
Ilmiy faoliyat: 1800 soat
Jami: 3600 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat |
34 |
1-4 |
Magistrlik dissertasiyasi himoya qilish |
|
Attestatsiya |
9 |
1-3 |
|
|
Fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtish |
2 |
1,3 |
|
|
Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi |
23 |
1-4 |
|
|
Ilmiy amaliyot |
5 |
4 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
4 |
4 |
|
|
Ta’tillar |
27 |
1 – 4 |
|
|
Jami |
100 |
Qo’shimcha izoxlar:
- Bir kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- Kurs loyihasi, kurs ishlari uchun talabaga mustaqil ta’lim soatlaridan 30 akademik soatni ajratgan holda 1 kredit beriladi.
- Yakuniy davlat attestasiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertasiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.
- Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi
Similar programmes
Tashkent state transport university
Electric train Engineering
—
Tashkent state transport university
Logistics
—
Yangiyer branch of The Tashkent chemical technology institute
Machines and equipment of the chemical industry and construction materials enterprises
9 600 018 so'm
per year
Tashkent Institute of Chemical Technology
Field of study: Technology of cultivation and processing of medicinal plants
11 586 540 so'm
per year
Namangan State Technical University
Alternative energy sources (by types)
14 000 000 so'm
per year
Termez State University of Engineering and Agrotechnologies
Technological processes and production automation
8 968 000 so'm
per year