WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan State Technical University

Development of design and technology of light industry products (technology of sewing products)

Master's Full-time 2 year

About the programme

70720704-Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash (magistratura)

Tavsif: Tegishli mutaxassislik mavjud barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni oʻqitish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, aksiyadorlik jamiyatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan: tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash va takomillashtirish bilan bogʻliq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatda ilmiy hamda amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish hamda ilmiy yangiliklarni yaratish, ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risolalar va o‘quv adabiyotlarini tayyorlash hamda tahrir qilish, olib borilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlar ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalar tuzish, ilmiy adabiyotlar hamda internet tarmog‘idan eng so‘nggi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maqsadli ravishda izlash va ulardan foydalanish, ilmiy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda ularda faol ishtirok etish, shuningdek, tegishli mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini yaratish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi.

Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari tizimidan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish, ijrochilar jamoasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish, bajarilayotgan ishlar bo‘yicha ish rejasini tuzish, uning bajarilishini nazorat qilish, ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish hamda faoliyat natijalarini baholash, ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitni muhofaza qilish, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqligini monitoring qilish, shuningdek, kasbiy etika qoidalariga rioya etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi.

Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida matbaa va noshirlik faoliyatini tashkil etish, matbaa sanoatidagi bosmaxonalar (mini, o‘rta va yirik bosmaxonalar) loyihalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish korxonalarida loyihalash-texnologik ishlarni o‘rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, ishlab chiqarish korxonalarida prepress, bosish va postpress jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalash-konstruktorlik hamda loyihalash-texnologik ishlarni to‘liq amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalarida prepress, bosish va postpress jarayonlarini loyihalash hamda tashkil etish bo‘yicha loyihalash-konstruktorlik ishlarini bajarish va ularni amaliyotda qo‘llash, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda zamonaviy axborot hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida ish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishni nazarda tutadi.

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr(2 yil) davomida jami:
 

T.r.

Fanning malakaviy kodi

O‘quv fanlari, bloklar va faoliyat turlari

Umumiy yuklamaning hajmi, soatlarda

Kredit miqdori

Semestri

1.00

 

Majburiy fanlar

1440

48

1–3

1.01

ITM1106

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

180

6

1

1.02

MFO‘M1106

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

180

6

1

1.03

PTPM1206

Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat

180

6

2

1.04

KLM11212

Kiyim loyihalash metodologiyasi

360

12

1,2

1.05

TBTNA11212

Tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari

360

12

1,2

1.06

TBICHKL1306

Tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash

180

6

3

2.00

 

Tanlov fanlari

360

12

1–3

 

Kvalifikatsiya

Muhandis-texnolog, pedagog-tadqiqotchi

     

3.00

 

Ilmiy faoliyat

1800

60

1–4

3.01

ITIMDT3123438

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash

1140

38

1–4

3.02

IPI312314

Ilmiy-pedagogik ish

420

14

1–3

3.03

IA3408

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

240

8

4

   

HAMMASI

3600

120

1–4

 

 

 

 

Similar programmes