WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
13 AprelAprelAprel 2026 4 ko'rishlar

UrDU prorektori Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressida ishtirok etmoqda

Samarqandda o‘tayotgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" xalqaro kongressida UrDU prorektori H. Matyoqubov oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va akademik mobillikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.

  • Bugun Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” oʻz ishini boshladi. Mazkur nufuzli tadbirda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan vazirlar, vazir oʻrinbosarlari hamda 300 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
    Kongress ishida Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Hikmat Matyoqubov ham faol qatnashmoqda. Anjuman doirasida oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda. Ma’lumot o'rnida, ushbu yirik muloqot maydonida jami 200 dan ortiq universitetlar vakillari jam bo‘lgan.


Boshqa yangiliklar