15 SentabrSentabrSentabr 2026
29 ko'rishlar
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi — jahon chempioni
Qirg‘izistonda belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazildi.
Dunyo birinchiligida Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti 2-kurs talabasi Durdona Ma’murjonova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Talabamiz 76 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi.