WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 MartMartMart 2026 4 ko'rishlar

UrDU jamoasi Toshkentdagi ingliz tili va inklyuzivlik bo‘yicha xalqaro sammitda ishtirok etdi

Toshkentda Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan xalqaro sammitda UrDU vakillari Buyuk Britaniyaning Linkoln va Ulster universitetlari bilan hamkorlikdagi loyihalari natijalarini taqdim etdilar.

5–7-mart kunlari Toshkent shahrida Britaniya Kengashi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida ingliz tili va inklyuziv ta’limga bag‘ishlangan xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi. Unda Buyuk Britaniyaning 10 ta va Markaziy Osiyoning 18 ta universiteti vakillari ishtirok etdi.

Sammitda Urganch davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Xodjaniyazov va loyiha koordinatori R.Abidova boshchiligidagi jamoa qatnashdi. UrDU “Ingliz tili va inklyuzivlik akseleratori” dasturi doirasidagi 11 ta loyihadan ikkitasida hamkor sifatida ishtirok etmoqda:

  • Linkoln universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlik loyihasi;

  • Ulster universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlik loyihasi.

Mazkur loyihalar gender tengligi, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega shaxslar hamda raqamli inklyuzivlikni rivojlantirishga qaratilgan. Sammit doirasida ishtirokchilar uchun Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timothy Smart va Britaniya Kengashi direktori Michael Houlgate tomonidan rasmiy qabul marosimi ham tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar