UrDU olimlari O'zbekiston–Turkiya xalqaro gibrid perovskit loyihasida qatnashmoqda
UrDU Fizika kafedrasi dotsenti K.Yakubov boshchiligidagi tadqiqotchilar Turkiyaning Ege universiteti Quyosh energiyasi institutida yangi avlod perovskit quyosh elementlari va superkondensatorlar bo'yicha amaliy tajribalar olib bormoqda.
O'zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan AL-9825036033-sonli Turkiya–O‘zbekiston xalqaro loyihasi doirasida UrDU olimlari qayta tiklanuvchi energiya sohasida ilmiy izlanishlar o'tkazmoqda. Loyiha rahbari K.Yakubov va tadqiqotchilar Ege universiteti Quyosh energiyasi ilmiy-tadqiqot institutida gibrid perovskit quyosh elementlarini olish texnologiyasi bo'yicha amaliy tajribalar o'tkazmoqda. Dastlabki bosqichda UrDU markaziy serverida VASP va DFT dasturlari yordamida nazariy hisoblashlar tahlil qilingan bo'lsa, navbatdagi bosqichda superkondensatorni gibrid perovskit tizimiga integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.