WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 OktabrOktabrOktabr 2023 15 ko'rishlar

YUNESKO vakili filialda

YUNESKO vakili filialda

Joriy yilning 10-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasida YUNESKO tomonidan nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha ajratilgan grant doirasida madaniyat sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga seminar o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti "Musiqa ijrochiligi va musiqa nazariyasi" kafedrasi professori O‘rozali Toshmatov rahbarligida uchrashuv tashkil etildi.

Dastlab O‘rozali Toshmatov va yig‘ilish ishtirokchilari filialning yangi binosi bilan tanishib chiqdi, ular binoning dizayniga yuqori baho berdi, shu bilan birga filial direktori R.Allanbayevni tabriklab o‘tdi. Shuningdek, filialda o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rozali Toshmatov filialning talaba yoshlariga qoraqalpoq milliy kuylarini yanada yaxshi o‘zlashtirish, ularni xalqqa tushunarli qilib yetkazish sirlarini o‘rganish kerakligini, xalq orasida unutilib borayotgan doston va qo‘shiqlarni qayta tiklash bo‘yicha qimmatli fikrlarini aytib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining "Musiqa ijrochiligi" kafedrasi professori, "Shuhrat" medali sohibi, "Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni sohibi, kompozitor Hikmat Rajabov rahbarligida tashkil etilgan xalq cholg‘ulari orkestri va talaba yoshlar ijrosidagi konsert dasturlari bilan davom etdi.

Boshqa yangiliklar