WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 YanvarYanvarYanvar 2026 17 ko'rishlar

JDPUda pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlarining navbatdagi bosqichi yakunlandi.

Mashhur ekspert-trener, professor Ishmuhammedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida o‘tkazilgan uch kunlik seminarlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar tinglovchilarga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazildi.

Mashg‘ulotlar ta’lim sifatini oshirish, innovatsion va interaktiv metodlarni qo‘llash, o‘qituvchining kasbiy mahorati va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga qaratildi. Seminarlar davomida pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash, interaktiv ta’lim, muammoli o‘qitish va pedagogik innovatsiyalar mavzulari muhokama qilindi. Seminar yakuniga ko‘ra, faol ishtirok etgan 34 nafar professor-o‘qituvchi mentor sifatida saralab olindi. Ular keyingi bosqichda mashg‘ulotlarni davom ettirib, o‘z kafedralarida ilg‘or tajribalarni ommalashtiradilar. Seminarlarning navbatdagi bosqichi yakunlangan bo‘lsa-da, jarayon to‘xtab qolmaydi. Universitetda haftaning shanba kuni “Uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” deb belgilangan. O‘quv seminarlarida respublikadagi yetakchi, tajribali va mashhur ekspertlar ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.

Boshqa yangiliklar