WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
18 MartMartMart 2025 102 ko'rishlar

Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Milliy taomlar” festivali o‘tkazildi.

Xalqimizga xos azaliy qadriyatlar, o‘ziga xos an’anaviy taomlarni namoyish etish va urf-odatlarni saqlash maqsadida tashkil etilgan festival Navro‘z bayrami arafasidagi muhim tadbirlardan biriga aylanib, o‘ziga xos gastronomik meros va milliy qadriyatlarni namoyish etdi.

Tadbirni ochib bergan institutning birinchi prorektori Ahmadjon Husanov tadbirning ahamiyati haqida to‘xtalib, milliy taomlarimiz va qadriyatlarimizning uyg‘unlikda namoyish etilishi hamda yoshlarning faolligini alohida e’tirof etdi.

Festival doirasida iqtidorli yoshlarning chiqishlari, milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi, osh tayyorlash jarayoni, milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi. O‘zbekona lutf va milliy kuy-qo‘shiqlar jarangi, oq yaktak va do‘ppi kiygan shashti baland yigitlar hamda egniga atlas va adrasdan go‘zal liboslar ilgan talaba-qizlar bayramga o‘zgacha tarovat baxsh etdi.

Yoshlar tomonidan taqdim etilgan badiiy qism barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir yakunida esa tanlov faollari munosib taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar