WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 AprelAprelAprel 2026 4 ko'rishlar

NamDTU delegatsiyasi xalqaro investitsiya loyihasi yuzasidan muzokalar o'tkazdi

NamDTU delegatsiyasi xalqaro investitsiya loyihasi yuzasidan muzokalar o'tkazdi

Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev hamda To‘qimachilik sanoati injiniringi fakulteti professori Zokirjon Erkinovlar Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. 

Tashrif doirasida Germaniyaning “Sossna” kompaniyasining Xitoydagi rasmiy vakili Hermann Huang hamda Xitoyning yirik ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri — “ChinaFiber” kompaniyasi rahbari Wang Xin bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda kimyoviy tola ishlab chiqarish sexini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralar jarayonida universitet huzurida zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda talabalarni amaliyot bilan integratsiyalashgan ta’lim muhitiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlash yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiya loyihasini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini ishlab chiqish hamda keyingi bosqichda aniq kelishuvlarga erishish bo‘yicha fikr almashdilar. Mazkur tashabbus universitetda sanoatga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Boshqa yangiliklar