Germaniyaning DAAD loyihasi bosh koordinatori Prof. Eva Orthmann universitetga tashrif buyurdi
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Germaniyaning DAAD loyihasi bosh koordinatori Prof. Eva Orthmann qabul qildi.
Bugun Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov “Muloqotda Yevropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G’arb tadqiqotlari” nomli Germaniyaning DAAD loyihasi bosh koordinatori, Gottingen universiteti professori Eva Orthmannni qabul qildi. Uchrashuvda Xorijiy tillar fakulteti dekani N.Atabayev, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi dotsenti M.Ahmedova hamda Samarqand davlat universiteti Xalqaro bo`lim boshlig`i Dr. Mohd Nazish Khan hamda BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti bosh mutaxassisi E.Karimov ishtirok etishdi. Uchrashuvda Erasmus+ loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish, professor-o'qituvchilar hamda talabalar akademik almashinuvi yo`lga qo`yish hamda bir hafta muddatda Gottingen universiteti professori Dr. Kenyon Branan tomonidan amaliy darslar o'tishi bo'yicha masalalar ko`rib chiqildi.