QoʻqonDUning chempion qizi — Maftuna Davronova yana birinchi!
Toshkentdagi “Paxtakor” qilichbozlik sport majmuasida kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 90 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Ular shpaga, rapira va sablya yo‘nalishlarida yakkalik va jamoaviy bahslarda chempionlik uchun kurash olib bormoqda.
Rapira bo‘yicha yakkalik musobaqalarida ishtirok etgan Qo‘qon davlat universiteti talabasi Maftuna Davronova yuqori mahorat ko‘rsatib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, musobaqaning jamoaviy bahslarida "Fargʻona" jamoasi tarkibida munosib ishtirok etib yana bir oltin medalga sazovor boʻldi. Eslatib o‘tamiz, Maftuna Davronova bundan avval O‘zbekiston kubogi (https://t.me/Kokand_SU/22845?single)da ham g‘olib chiqqan edi.