“Termiz–2026” I Xalqaro tibbiyot olimpiadasi
“Termiz–2026” I Xalqaro tibbiyot olimpiadasi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Termiz–2026” I Xalqaro tibbiyot olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi Olimpiadada Tojikiston, Qirg‘iziston hamda boshqa davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro universitetlar jamoalari ishtirok etmoqda. Tadbirda jami 100 nafardan ortiq iqtidorli talabalar, shuningdek, 10 dan ortiq xorijiy hamda 50 dan ziyod respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari jam bo‘lib, turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazadi. Ochilish marosimi Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori A.Absamatov tomonidan tantanali ravishda ochib berildi. Tadbirda shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, Xalqaro sof va amaliy kimyo ittifoqi (IUPAC) a’zosi, kimyo fanlari doktori, professor A.Ibragimov, I. K. Axunbaeva nomidagi Qirgʻiziston Tibbiyot akademiyasi Patologik anatomiya kafedrasi assistenti A.Knesheva, hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Fiziologiya fanlar kafedrasi dotsenti M.Yusupovlar soʼzga chiqib, mazkur xalqaro olimpiada haqida fikr bildirdi.