WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
02 SentabrSentabrSentabr 2026 34 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universiteti–Gonkong: xalqaro huquqiy hamkorlikda yangi ufqlar ochilmoqda

Gonkong Maxsus ma’muriy hududi Adliya masalalari bo‘yicha kotibi Paul Lam boshchiligidagi delegatsiya Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

    Muzokaralarda TDYUning The University of Hong Kong va The Chinese University of Hong Kong bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, jumladan, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish, yozgi maktablar, konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish mehmon ma’ruzalarini yo‘lga qo‘yish, yuridik kadrlar uchun malaka oshirish va professional tayyorgarlik dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Xalqaro va qiyosiy huquq, tijorat huquqi, xalqaro arbitraj va mediatsiya, raqamli huquq, transchegaraviy huquqiy amaliyot hamda professional yuridik ta’lim hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilandi. Gonkongning “common law” huquqiy an’anasi, xalqaro huquqiy xizmatlar va tijorat nizolarini hal etish tajribasini ta’lim hamda ilmiy jarayonlarga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Boshqa yangiliklar