Ommaviy huquq fakulteti talabalari — “Sudlarda korporativ nizolarni ko‘rishning o‘ziga xosliklari” mavzusida o‘tkazilgan simulyatsion Moot-court g‘olibi
Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi tomonidan “Korporativ huquqi” moduli doirasida universitet talabalari o‘rtasida “Sudlarda korporativ nizolarni ko‘rishning o‘ziga xosliklari” mavzusida simulyatsion Moot-court o‘tkazildi. Moot-courtda universitetning barcha fakultetlari talabalari va Yuridik klinika jamoasi ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin — Ommaviy huquq fakulteti 2-bosqich, 2-guruh talabalari;
2-o‘rin — Ommaviy huquq fakulteti 2- bosqich, 1-guruh talabalari;
3-o‘rin — Yuridik klinika jamoasi volontyor-talabalari.
Moot-courtda “Eng yaxshi sudya”, “Eng yaxshi sudya yordamchisi”, “Eng yaxshi advokat”, “Eng yaxshi da’vogar” va “Eng yaxshi javobgar” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.
Musobaqa va nominatsiyalar g‘olib va sovrindorlari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.