WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
23 IyunIyunIyun 2026 18 ko'rishlar

EMOTSIONAL INTELLEKT MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING

Qo‘qon universitetida Pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan talabalar uchun “Ta’limda va hayotda emotsional intellekt: his-tuyg‘ularga do‘stona muloqot” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda Turkiyaning Bursa Uludağ universiteti professori, nufuzli olima Nalan Kuru ishtirok etdi. Seminar davomida professor Nalan Kuru ta’lim jarayonida emotsional intellektni rivojlantirish, bolalarning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini shakllantirish, shuningdek, pedagoglar va ota-onalarning psixologik-pedagogik salohiyatini oshirishga doir ilmiy hamda amaliy tavsiyalarini taqdim etdi. Tadbir ishtirokchilari emotsional intellektning ta’lim va kundalik hayotdagi ahamiyati, his-tuyg‘ularni anglash va boshqarish usullari, bolalar bilan samarali muloqot strategiyalari hamda ta’lim jarayonida Emotion Coaching yondashuvini qo‘llash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir ishtirokchilari emotsional intellektning ta’lim va kundalik hayotdagi ahamiyati, his-tuyg‘ularni anglash va boshqarish usullari, bolalar bilan samarali muloqot strategiyalari hamda ta’lim jarayonida Emotion Coaching yondashuvini qo‘llash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
 

Boshqa yangiliklar