WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 MartMartMart 2024 43 ko'rishlar

Institutda urugʻlik kartoshka yetishtirish boʻyicha tadqiqotlarga start berildi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti qoshida faoliyati tashkil etilgan “O‘zbekiston-Koreya kartoshka urug‘chiligi markazi”ning gidroponika usulida qurilgan zamonaviy issiqxonasida Koreyalik mutaxassislar bilan birgalikda dastlabki mikortuganaklar ekildi.

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti qoshida faoliyati tashkil etilgan “O‘zbekiston-Koreya kartoshka urug‘chiligi markazi”ning gidroponika usulida qurilgan zamonaviy issiqxonasida Koreyalik mutaxassislar bilan birgalikda dastlabki mikortuganaklar ekildi. Ushbu jarayonda institut rahbariyati hamda “O’simlikshunoslik va meva-sabzavotchilik” kafedrasi a’zolari hamda sohaga qiziquchi talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Dastlabki tadqiqotlarda respublikamizda keng tarqalgan 3 ta nav sinovdan oʻtkazilmoqda. Kelgusida ushbu markazda jadallashgan uslubda respublikamiz iqlim sharoitga mos navlarni yaratish va ularning sogʻlom yuqori sifatli urugʻlarini ishlab chiqish hamda sohada kadrlar salohiyatini oshirish borish rejalashtirilgan.
 

Boshqa yangiliklar