WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
24 MartMartMart 2026 5 ko'rishlar

Turkiyaning Hatay viloyati delegatsiyasi Xorazmda mehmon bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiyaning Hatay viloyatidan 160 nafarga yaqin vakil Navro‘z bayramini nishonlash va sayohat qilish uchun Xorazmga tashrif buyurdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil yanvar oyida Turkiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida Hatay viloyati aholisini O‘zbekistonga, xususan, Navro‘z bayramiga taklif etgan edi. Ushbu tashabbus doirasida 23-mart kuni 160 nafarga yaqin hataylik mehmonlar Urganch xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Kutib olish marosimida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etdi.

Tashrif davomida mehmonlar Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova hamrohligida Urganch davlat pedagogika institutida tashkil etilgan Navro‘z tantanalarida qatnashdilar. Shuningdek, turkiyalik qardoshlarimiz uchun “Arda Xiva” xalqaro turizm majmuasi va qadimiy Ichonqal’aning tarixiy obidalari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ushbu tashrif ikki xalq o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Boshqa yangiliklar