WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 IyunIyunIyun 2026 23 ko'rishlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakili Xitoyda o‘tkazilgan Xitoy–Markaziy Osiyo xalqaro hamkorlik konferensiyasida ishtirok etdi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakili Xitoyda o‘tkazilgan Xitoy–Markaziy Osiyo xalqaro hamkorlik konferensiyasida ishtirok etdi

2026-yil 25–26-iyun kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Registrator ofisi direktori Ulug‘bek Kadirov Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida bo‘lib o‘tgan "2026-yilgi Xitoy–Markaziy Osiyo sanoat, ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlik konferensiyasi" hamda uning doirasida tashkil etilgan xalqaro uchrashuv va seminarlar ishida faol ishtirok etdi.
Mazkur konferensiya Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida oliy ta'lim, ilm-fan, innovatsiyalar hamda sanoat sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini ta'lim jarayoniga integratsiya qilish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida tajriba almashishga qaratilgan nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.
Konferensiyada Xitoy, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari hamda ishlab chiqarish sohasi vakillari ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir doirasida delegatsiyalar Xitoyning kasb-hunar ta'limi tizimidagi ilg‘or tajribalar, zamonaviy o‘quv-amaliy markazlari, ilmiy laboratoriyalar, ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyalashgan ta'lim modeli hamda innovatsion infratuzilma faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta'minlash, ishlab chiqarish ehtiyojlariga mos mutaxassislarni tayyorlash hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi tajribalar alohida qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, tashrif dasturi doirasida "Ipak yo‘lining intellektual aloqasi – Kasb-hunar ta'limida raqamli innovatsiyalar" mavzusidagi xalqaro amaliy seminarda ham faol ishtirok etildi.
Seminarda sun'iy intellekt texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tatbiq etish, ishlab chiqarishning raqamli transformatsiyasi, avtomatlashtirish tizimlari, zamonaviy muhandislik ta'limi hamda innovatsion ta'lim yechimlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar muhokama qilindi.
Tashrif davomida Xitoyning yetakchi oliy ta'lim muassasalari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Mazkur xalqaro tadbirlarda ishtirok etish Toshkent kimyo-texnologiya institutining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta'lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish hamda institutning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi

free

freefreefreefreefreefree

Boshqa yangiliklar