Bolgariyaning Sofia Universiteti professor-o’qituvchilari universitetda
Bolgariyaning Sofia Universiteti professor-o’qituvchilari M.Danova, D.Danov hamda V.Dobichina Xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurdi
15-oktyabr kuni Bolgariyaning Sofia Universiteti professor-o’qituvchilari M.Danova, D.Danov hamda V.Dobichina Xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurib, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik, Ingliz tilshunosligi kafedralari professor-o’qituvchilari bilan uchrashib, hamkorlikni kengaytirish masalalari qizg’in va do’stona ruhda muhokama qilindi. Xususan, talab va takliflar, ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot olib borishning innovatsion yondashuvlari, ta’limda akademik halollik, etik normalar, madaniyatlararo hamkorlik masalalari haqida suhbat olib borishdi. BuxDU va Sofia universiteti hamkorligidagi qo’shma ta’lim dasturi asosida 4 yildan buyon samarali hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Qo’shma ta’lim dasturi faoliyati davomida stajirovka va malaka oshirish, professor-o’qituvchilar orasida almashinuv, ma’ruza o’qish (guest lecturing) faoliyati, turli mavzudagi vebinarlar, xalqaro nufuzli anjumanlar tashkil qilinib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning may oyida BuxDU rektori O.X.Xamidov boshchiligida 30 ga yaqin professor-o’qituvchilar va talabalar Sofia universiteti bo’lib qaytishgan edi.