WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
23 MartMartMart 2026 14 ko'rishlar

Ankara Yildirim Bayazid universiteti professori UrDUda dars mashgʻulotlarini boshladi

Turkiyalik taniqli olima, professor Funda Toprak Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti talabalari uchun "O‘zbek tili tarixi" fanidan ma’ruzalar o‘qimoqda.

Urganch davlat universitetining rasmiy taklifiga binoan, Turkiyaning nufuzli Ankara Yildirim Bayazid universiteti professori, filologiya fanlari doktori Funda Toprak xonim universitetimizga tashrif buyurdi.

Professor Funda Toprakning dars mashgʻulotlari 2026-yilning 23-martidan 12-apreliga qadar davom etadi. Ushbu davr mobaynida mehmon olima Filologiya va san’at fakulteti talabalariga “Oʻzbek tili tarixi I” fanidan chuqurlashtirilgan saboqlar beradi. Shuningdek, tashrif doirasida:

  • Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun seminar-treninglar;

  • Ilmiy muloqotlar va tajriba almashish uchrashuvlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bugun fakultet dekani D.G‘ayipov hamrohligida dastlabki seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro hamkorlik universitetimizda ta’lim sifatini oshirish va xalqaro tajribani o‘zlashtirishda muhim bosqich hisoblanadi.


Boshqa yangiliklar