WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 MayMayMay 2026 9 ko'rishlar

Janubiy Koreyaning Tegu-Kyongbuk fan va texnologiyalar instituti bilan muzokaralar olib borildi

Urganch davlat universiteti va Janubiy Koreyaning nufuzli DGIST instituti matematika hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarida talabalar almashinuvi va magistratura bosqichida ta’lim olish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Janubiy Koreyaning eng nufuzli ilmiy-texnologik oliy ta’lim va tadqiqot muassasalaridan biri — Tegu-Kyongbuk fan va texnologiyalar instituti (DGIST) vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Feruza Madrahimova qabul qildi.
Muloqot jarayonida matematika hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar almashinuvi dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Koreyalik mutaxassislar universitet bitiruvchilarini ilmiy-amaliy stajirovkalarga jalb etish va iqtidorli yoshlarni Janubiy Koreyada magistratura bosqichida tahsil olishga taklif qilish tashabbusini ilgari surdilar. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni tizimli rivojlantirish maqsadida rasmiy shartnoma imzolashga kelishildi.

Boshqa yangiliklar