“Ilm va Ayol: Barqaror jamiyat sari” — Buxoroda ilmiy-maʼrifiy anjuman oʻtkazildi
11-fevral – Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institutida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida ilmiy-maʼrifiy anjuman boʻlib oʻtdi.
Tadbir Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda viloyatda ilm-fan va taʼlim rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan olima ayollar, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etdi.


Anjumanda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilm-fan sohasini rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishda xotin-qizlarning oʻrni alohida taʼkidlandi.

Tadbir yakunida institutning davlat stipendiyalari sovrindori boʻlgan talaba-qizlari hamda ilmiy faoliyati bilan namuna boʻlib kelayotgan faol olima ayollar munosib taqdirlandilar.
Mazkur anjuman xotin-qizlarning ilm-fandagi faolligini yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi nufuzini oshirish va yosh avlodni ilm sari ruhlantirishga xizmat qildi.



