WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 MartMartMart 2025 26 ko'rishlar

TTJda “Milliy taomlar” kuni

QDPI tasarrufidagi 3-sonli talabalar turar joyida "Milliy taomlar" tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, Aniq va tabiiy fanlar fakultetlari talabalari o‘zlarining mahoratlarini namoyish etishdi. Tadbir doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan taomlar orasida ko‘k chuchvara, ko‘k manti, chak-chak, qatlama, holvaytar, ko‘k somsa, tuxumbarak va tojik milliy taomi bo‘lgan qurtoba kabilar bor edi.

Tadbir nafaqat talabalarning oshpazlik mahoratlarini namoyish etish, balki milliy madaniyatni targ‘ib qilish, xalqimizning boy gastronomik merosini saqlash va yosh avlodga etkazish maqsadida tashkil etildi. Har bir taom o‘ziga xos tarzda va katta qiziqish bilan tayyorlandi.

Boshqa yangiliklar