WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 AprelAprelAprel 2024 23 ko'rishlar

Geologiya fanlari universiteti rektori M.U. Isoqov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Turkiya Respublikasi Anqara shahrida bo‘lib o‘tayotgan 76-geologiya kongressida ishtirok etishdi

Geologiya fanlari universiteti rektori M.U. Isoqov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Turkiya Respublikasi Anqara shahrida bo‘lib o‘tayotgan 76-geologiya kongressida ishtirok etishdi. Ushbu kongress doirasida xorijiy yetakchi tashkilotlar va kompaniyalar bilan foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish, konchilik sohasi va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashinildi.

 

    

Shuningdek, Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy resurslar vazirligi Mineral resurslarni razvedka qilish va qidirish bosh boshqarmasi (MTA) Bosh direktori Vedat YANIK bilan davra suhbatida ishtirok etildi. Davra suhbati mobaynida Geologiya fanlari universiteti rektori M.U. Isoqov universitet faoliyati yuzasidan taqdimot qildi. Taqdimotda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan universitetda amaliyotga asoslangan darslar joriy etilganligini aytar ekan, universitet tasarrufidagi to‘rtta ilmiy-tadqiqot institutlarida talabalarning bevosita amaliyot o‘tashi, kelajakda geologiya sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishiga katta zamin yaratishi ta’kidlandi.

    

Shu kuni Geologiya fanlari universiteti rektori M.U. Isoqov Anqara universiteti rektori professor Necdet Ünüvar bilan 2022-yil 25-may kuni imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga asosan geologiya sohasida hamkorlikda mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish hamda universitetlar uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan bir qator yo‘nalishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    

Uchrashuv mobaynida Anqara Universiteti rektori professor Necdet Ünüvar O‘zbekistonda so‘ngi yillarda yoshlarga bo‘lgan e’tibor hamda ularning ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar O‘zbekistonning dunyo maydonidagi nufuzini yanada ortishiga xizmat qilayotganini, Universitetlarimiz o‘rtasidagi imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasidagi hamkorlik uzoq yillar davom etishiga va geologiya sohasida katta natijalarga erishishini umid qilishini ta’kidladi. Shuningdek, Anqara Universiteti rektori professor Necdet Ünüvar tomonidan Turk va xorijiy tillarni o‘rganish va tadqiqot markazi (Türkçe ve Yabancı Dil Uygulama ve Araştırma Merkezi - TÖMER) filialini Geologiya fanlari universiteti kampusida tashkil etish taklifini bildirdi.

    

Shuning bilan tomonlar o‘zaro yaxshi tilaklar bilan ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari bir-birlarini tabriklab, esdalik uchun sur’atga tushdilar.

Boshqa yangiliklar