WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
03 DekabrDekabrDekabr 2024 46 ko'rishlar

Qoʻqon davlat pedagogika instituti III Xalqaro Turkologiya Kongressida ishtirok etmoqda.

Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi, Turkiyaning Chankiri Karatekin universiteti, Ozarbayjon Milliy Ilmlar Akademiyasi hamkorligida shu yilning 2-4-dekabr kunlari Boku shahrida III Xalqaro Turkologiya Kongressi boʻlib oʻtmoqda. Kongressda Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov, Turkiyaning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Jahit Bagʻchi, Ozarbayjon, Turkiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻizistonning oliy taʼlim muassasalari rektorlari va vakillari, shuningdek, ilmiy muassasa va tashkilotlarning xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Kongressning asosiy maqsadi turk dunyosi milliy madaniyati va madaniy merosi kontekstida olib borilgan tadqiqotlar orqali moddiy va maʼnaviy merosning ahamiyati, madaniy merosni saqlash, ijtimoiy fanlarning madaniy merosga taʼsiri kabi masalalarni muhokama qilish, mamlakatlarning (Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbekiston) akademik muassasalari oʻrtasidagi ilmiy aloqalarning mustahkamlashdir.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan QDPI prorektori Nigora Qodirova III Xalqaro Turkologiya Konferensiyasining oʻtkazilishi tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etib, tadbir birligimiz va hamjihatligimizni mustahkamlashga hissa qoʻshishini aytib, bu borada olimlarning zimmasida katta masʼuliyat borligini taʼkidladi.

Bugun III Xalqaro Turkologiya Konferensiyasi oʻz ishini shoʻbalarga boʻlingan xolda davom ettiradi. Kongress doirasida til, adabiyot, folklor, madaniyat, tarix, sanʼat, siyosatshunoslik, ijtimoiy siyosat va migratsiya tadqiqotlari, sotsiologiya, ekologiya, xalqaro munosabatlar kabi turli mavzular muhokama qilinishi kutilmoqda.
 

Boshqa yangiliklar